Noksimon mushak
(m. piriformis)
dumg‘aza suyagining
chanoq yuzasidan dumg‘aza chanoq teshiklarining lateral tomo-
nidan boshlanadi. U katta quymich teshigidan o‘tib, son suyagi
katta ko‘sti uchining medial yuzasiga birikadi. Bu mushak katta
quymich teshigini butunlay to‘ldirmaydi. Uning ustki va pastki to-
monlarida qon tomir va nervlar o‘tishi uchun teshiklar qoladi.
Faoliyati: sonni tashqariga buradi va uzoqlashtiradi.
5.
Ichki yopqich mushagi
(m. obturatorius internus)
yopqich
te shikning chekkasidan va yopqich pardaning ichki yuzasidan,
quymich suyagining chanoq yuzasidan boshlanadi. U kichik cha-
noq bo‘sh lig‘idan kichik quymich teshigi orqali chiqib, son suya-
gi katta ko‘sti chuqurchasiga birikadi. Bu mushak bilan birga ki-
chik quymich teshigi orqali ustki va pastki egizak mushaklar ham
o‘tadi.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: |