O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti


O’quvchilarga tilning lug’at tarkibini o’rgatishda lug’at



Download 287,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.12.2019
Hajmi287,37 Kb.
#30629
1   2   3   4
Bog'liq
4-sinf oqish darslarida tilning lugat tarkibini orgatish


O’quvchilarga tilning lug’at tarkibini o’rgatishda lug’at 

ustida ishlash yo’llari. 

 

So'z  tilning  ma'no  bildiradigan  asosiy  birligidir.  So'z  va  so'z  birik-masi 



aniq  narsalarni,  mavhum  tushunchalarni,  hissiyotni  ifodalaydi.  Tilda  mavjud 

boigan  barcha  so'z  va  iboralarning  yig'indisi  lug'at  tarkibi  yoki  leksiko  deyiladi. 

Leksikologiya 

o'zbek 


tilining 

lug'at 


tarkibini 

o'rganadigan 

bo'limdir. 

Leksikologiya  lug'at  tarkibidagi  so'zlarning  nutqda  ma'no  ifodalash  xususiyati, 

qo'llanish  faolligi,  boyib  borislii,  ba'zi  so'zlarning  eskirib,  iste'moldan  chiqib 

ketishi,  ma'no  ko'chish  hodisasi  kabilarni  o'rganadi.  Shu  sababli  leksikologiya 

lug'at ustida ishlash metodikasining  lingvistik  asosi hisoblanadi. 

Har  qanday  nutqiy  bayon  grammatik  jihatdan  o'zaro  bog'langan, 

mazmunga  mos  so'z  va  so'z  birikmalarining  ma'lum  izchillikda  joy-

lashtirilishidan  tuziladi.  Kishining  lug'ati  qanchalik  boy  va  rivojlangan  bo'lsa, 

uning  nutqi  ham  shunchalik  boy bo'ladi; o'z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga 

keng  imkoniyat  yaratiladi.  Shuning  uchun  lug'atning  boyligi,  xilma-xilligi, 

harakatchanligi  metodikada  nutqni  muvaffaqiyatli  o'stirishning  muhim  sharti 

hisoblanadi. 

O'quvchi  lug'atining  boyishiga,  birinchi  navbatda,  uni  o'rab  olgan  muhit, 

tabiat,  kishilarning  hayoti,  o'qish  faoliyati,  kattalar  va  tengdoshlari  bilan  bo'lgan 

muloqatlari  asosiy manba vazifasini  bajaradi. 

Bola  tabiat  va  insonlar  bilan  munosabatda  bo'lishi  natijasida  so'z,  ibora 

tasviriy  ifoda,  maqol,  hikmatli  so'zlarni  o'rganadi,  ularni  o'z  so'zlariga 

aylantiradi. 

Badiiy  asarlar  o'quvchilar  lug'atini  va  nutqini  boyitishda  eng  ishonarli 

manba  hisoblanadi.  O'qish  darslarida  badiiy  asarlar  bilan  tanishish,  tahlil  qilish 

jarayonida  o'quvchilar lug'ati  ma'lum  mavzular  bo'yicha ham boyib boradi. 

Masalan,  yil  fasllariga  oid  mavzular  bilan  tanishish  jarayonida  tabiatdagi 

o'zgarishlar,  qushlar,  jonivorlar,  hayvonot  olami,  dov-daraxtlar,  maysa-giyohlar 

bilan  bog'liq  tushunchalari  shakllantiril-sa,  ma'naviyat,  yaxshilik  va  yomonlik, 



do'stlik  mavzularidagi  asar-larni  o'rganish  orqali  insoniy  munosabatlar,  ahloq-

odob yuzasidan muayyan xulosalarga  keladi. 

Matnni  o'qish  jarayonida  so'zning  ma'nosi  tushuntirilmaydi.  Agar  unga 

zarurat  sezilsa,  o'quvchilar  diqqati  matn  mazmunidan  chalg'itilmay,  qisqa  izoh 

berib o'tib ketiladi. 

Ko'chma 


ma'noda 

ishlatilgan 

so'zlar 

matn 


o'qilgandan 

keyin 


tushuntiriladi.  Chunki  ularning  ma'nosi matn mazmunidan  yaxshi tushuniladi. 

Bundan  ko'rinib  turibdiki,  o'quvchilarning  o'rganishi  ko'zda  tutilgan 

bilimlarni  egallashlarida,  ularni  amaliyotda  qo'llashlarida  tilning  lug'at  boyligini 

o'zlashtirishlari  va uni  o'z mulklariga  aylan-tirishlari  muhimdir. 

Boshlang'ich  ta'limda  lug'at  ustida  ishlashning  umumiy  yo'l-yo'riqlari, 

yo'nalishlari,  manbalari  haqida  metodik  tavsiyalar  ishlab  chiqilgan  bo'lsa-da, 

ularni  hali  qoniqarli  ahvolda deb bo'lmaydi. 

Lug'at  ustida  ishlash  uchun  maxsus  dars  ajratilmaydi.  U  barcha 

predmetlarni  o'rganishda,  asosan,  ona  tili  va  o'qish  darslarida  dars -lik 

materiallarini  o'rgatish bilan  bog'liq holda olib boriladi. 

Ona  tili  darslarida  lug'at  ustida  ishlash  o'quvchilar  nutqini  o'stirishga, 

savodxonligini  shakllantirishga,  so'z  boyligini  boyit-ishga,  nutq  madaniyatini 

yuksaltirishga  qaratilganligi  sababli  bu  ish  maktablarda  1-sinfdan  boshlanadi  va 

butun o'quv jarayonida davom ettiriladi. 

Maktabda  nutq  o'stirishning  muhim  vazifalaridan  bin  lug'at  ustida 

ishlashni  yaxshilash,  tartibgasolish,  uning  asosiy  yo'nalishlarini  ajratish  va 

asoslash, o'quvchilarning  lug'atini  boyitish jarayonini  boshqarish hisoblanadi. 

Maktabda  lug'at  ustida  ishlash  metodikasi  to'rt  asosiy  yo'nalishni  ko'zda 

tutadi: 

1.O'quvchilar  lug'atini  boyitish,  ya'ni  yangi  so'zlami,  shuningdek,  bolalar 

lug'atida  bo'lgan  ayrim  so'zlarning  yangi  ma'nolarini  o'zlash-tirish.  Ona  tilining 

lug'at  boyligini  bilib  olish  uchun  o'quvchi  o'z  lug'atiga  har  kuni  8—10  ta  yangi 

so'zni,  shu  jumladan,  ona  tili  darslarida  4—6  so'zni  qo'shishi,  ya'ni  shu  so'zlar 

ma'nosini  o'zlashtirishi  lozim. 



2.O'quvchilar  lug'atiga  aniqlik  kiritish.  Bu  o'z  ichiga  quyidagi-larni  oladi: 

1)  o'quvchi  puxta  o'zlashtirmagan  so'zlarning  ma'nosini  to'liq  o'zlashtirish,  ya'ni 

shu  so'zlarni  matnga  kiritish,  ma'nosi  yaqin  so'zlarga  qiyoslash,  antonim  tanlash 

yo'llari  bilan  ularning  ma'nosiga  aniqlik  kiritish;  2)  so'zning  kinoyali  ma'nosini, 

ko'p  ma'noli  so'zlarni  o'zlashtirish;  3)  so'zlarning  sinonimlarini,  sinonim 

so'zlarning  ma'no  qirralarini  o'zlashtirish;  4)  ayrim  frazeologik  birliklarning 

ma'nosini  o'zlashtirish. 

3.Lug'atni  faollashtirish,  ya'ni  o'quvchilar  ma'nosini  tushunadi-gan,  ammo 

o'z  nutq  faoUyatida  ishlatmaydigan  nofaol  lug'atidagi  so'zlarni  faol  lug'atiga 

o'tkazish.  Buning  uchun  shu  so'zlar  ishtirokida  so'z  birikmasi  va  gaplar  tuziladi, 

ular  o'qiganlarni  qayta hikoyalash,  suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi. 

4.Adabiy  tilda  ishlatilmaydigan  so'zlarni  o'quvchilar  faol  lug'atidan  nofaol 

lug'atiga  o'tkazish.  Bunday  so'zlarga  bolalarning  nutq  muhiti  ta'sirida  o'zlashib 

qolgan  adabiy  til  me'yoriga  kirmaydigan,  ayrim  adabiy  asar  va  so'zlashuv  tilida 

qo'llanadigan sodda so'z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'zlar kiradi. 

Adabiy  til  me'yori  degan  tushunchani  o'zlashtirgach,  o'quvchilar  yuqorida 

izohlangan  so'zlar  o'rniga  adabiy  tildagi  so'zlardan  foydalana  boshlaydilar. 

Adabiy  tilga  oid  malakalari  mustahkamlangan  sayin  shevaga,  jargonga  oid 

so'zlar,  so'zlashuv  tilida ishlatiladigan sodda so'z va iboralar o'quvchilarning faol 

lug'atidan  chiqib keta boshlaydi. 

O'quvchilar  lug'ati  quyidagi  manbalar  asosida  boyitiladi  va  tako-

millashtiriladi: 

1.  Atrof-muhitni:  tabiatni,  kishilarning  hayoti  va  mehnat  faoliyati, 

bolalarning  o'yini  va  o'qish  faoliyatini,  kattalar  bilan  munosabatni  kuzatish. 

Tabiat  qo'yniga,  turli  joylarga,  muassasalarga  ekskursiya  vaqtida  bolalar  narsa 

va  hodisalarni  kuzatish  bilan  ko'pgina  yangi  nom  va  iboralarni  o'rganadilar.  Bu 

ekskursiyalar 

yuzasidan 

o'tkazilgan 

suh-bat 


vaqtida 

ularning 

bilimi 

chuqurlashtiriladi,  ayrim  so'zlar ma'nosiga aniqlik  kiritiladi. 



O'quvchilar  lug'atini  va  nutqini  boyitishda  eng  ishonarli  manba  badiiy 

asarlar  hisoblanadi.  O'qish  darslarida  o'quvchilar  Oybek,  H.Olimjon,  M. 



Shayxzoda,  G'.G'ulom,  H.  Hakimzoda,  Zulfiya,  X.To'xtaboyev,  P.  Mo'min,  Q. 

Muhammadiy,  Sh.Sa'dulla,  Z.Diyor,  N.Fozilov,  T.  Adashboyev,  A.  Obidjon 

kabi  ko'pgina  so'z  ustalarining  asarlarini  o'qiydilar.  O'zbek  tilini  yuksak  badiiy 

obrazlar  yordamida  o'zlashtiradilar.  O'qish  darsida  bolalar  lug'ati  ma'lum 

mavzularga  oid  so'zlar  hisobiga  ham  boyiydi.  Ular  lug'atiga  axloqiy 

tushunchalarni  ifodalovchi  yoqimtoy,  shirinso'z,  mehribon,  haqcpniy,  botir, 

mard,  ja-sur,  mehnatsevar  kabi  ko'pgina  so'zlar  qo'shiladi.  Matn  ustida  ishlash 

jarayonida  ko'p  ma'noli  so'zlar,  sinonimlar,  ko'chma  ma'noda  ishla-tiladigan 

so'zlarni, ba'zi frazeologik  birikmalarni  bilib  oladilar. 

Bolalar  mustaqil  o'qishga  o'rganganlaridan  keyin  ular  lug'atiga  ki-tob, 

gazeta,  jurnal  materiallari  katta  ta'sir  qiladi.  Shuning  uchun  ham  sinfdan  tashqari 

mustaqil  o'qish  va  unga  rahbarlik  shakllari  o'quvchilar  lug'atini  boyitishning, 

nutqini  o'stirishning  eng muhim  manbalaridan  hisoblanadi. 

Maxsus  mashqlar  yordamida  grammatika  va  imloni  o'rganish  darslari 

ko'pgina  so'z  va  atamalarni  o'zlashtirishga  yordam  beradi,  o'quvchilar  predmet, 

belgi,  harakat,  sanoq,  tartib  ifodalaydigan  so'zlarni  bilib  oladilar.  Bu  darslarda 

o'quvchilar  lug'ati  tartibga  solinadi,  so'z  turkumlarini  o'rganish  jarayonida 

guruhlanadi,  so'z  tarkibi,  so'z  yasalishi,  so'zlarning  o'zgarishini  o'rganish  bilan 

esa  lug'atga  aniqlik  kiritiladi;  ular  o'rgangan  so'zlaridan  o'z  nutqlarida  foydalana 

bosh-laydilar,  natijada  lug'atlari  faollashadi.  O'quvchilar  lug'ati  maxsus  lug'aviy-

mantiqiy  mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga  tushadi. 

Bulardan  tashqari,  kinofilm  va  tele  ko'rsatuv  matnlari,  o'qituvchi  va 

boshqa  maktab  hamda  maktabdan  tashqari  muassasalar  xodimlari-ning  nutqlari 

ham  o'quvchilar  lug'atini  boyitish  va  takomillashtirish  manbalari  hisoblanadi. 

Lug'atni 

boyitishda 

turli 

lug'atlar 



juda 

foydali 


qo'llanmadir. 

Boshlang'ichsinfo'quvchilari  uchun  „Imlo  lug'ati"  mavjud.  O'qituvchi  ma'lumot 

uchun  ham,  material  tanlash  uchun  ham  turli  lug'atlardan  (o'zbek  tilining 

sinonimlar,  antonimlar,  frazeologik  lug'atlaridan,  turli  terminologik  lug'atlardan) 

muvaffaqiyatli  foydalanadi. 


So'zlarning  ma'nosini  tushuntirish  o'quvchilar  lug'atini  boyi-tadi,  nutqini 

o'stiradi.  Boshlang'ich  sinflarda  o'qitiladigan  fanlar-ning  atamalari  ham 

tushuntirilishi  lozim  bo'lgan  so'zlar  qatoriga  kiritiladi.  Atamalarning  ma'nosini 

tushuntirish  mazkur  so'z  anglatgan  tushunchani  yaxshi  fahmlab  olishga  yordam 

beradi.  Masalan,  predmet  atamasining  ma'nosini  tushuntirish  bilan  o'quvchilar 

predmet  keng  ma'noda  qo'llanishini,  tabiatdagi  barcha  narsa,  hodisa, 

tushunchalar  predmet  deyilishini  bilib  oladilar.  Bu  ot,  sifat,  son,  fe'l  kabi 

atamalarni  tez fahmlab  olishda ularga  yordam beradi. 

So'zning  ma'nosini  tushuntirish  juda  kam  vaqt  olishi  va  darsning  asosiy 

mavzusidan  o'quvchilar  diqqatini  chalg'itmasligi  kerak.  Bu-ning  uchun 

o'qituvchi  har  bir  darsga  tayyorlanish  jarayonida  ma'nosi  tushuntirilishi  lozim 

bo'lgan  so'zlarni,  uni  tushuntirishning  eng  qulay  usullarini  va  darsning  qaysi 

o'rnida tushuntirishni  belgilab  oladi. 

O'qish  kitoblaridagi  matnlarda  birinchi  marta  uchragan,  bolalar  ma'nosini 

bilmaydigan  ayrim  so'zlar matnni  o'qishdan oldin tushuntiriladi. 

Matnni  o'qish jarayonida so'z ma'nosini tushuntirishga chek qo'yish kerak. 

Agar  biror  so'zni  matnni  o'qish  vaqtida  tushuntirish  zaruriyati  tug'ilsa,  matn 

mazmunidan  o'quvchilar  diqqatini  chalg'itmagan  holda  shu  so'z  ma'nosi 

qisqacha tushuntiriladi. 

Ko'chma  ma'noda  ishlatilgan  obrazli  so'zlar  va  badiiy  nutq birlik-lari matn 

o'qilgandan  keyin  tushuntiriladi,  chunki  ularning  ma'nosi  matn  mazmunidan, 

kontekstdan  yaxshi  tushuniladi.  Ayniqsa,  masallar  o'qilganda,  undagi  allegorik, 

ko'chma  ma'noda  ishlatilgan  so'zlarni  asarni  o'qishdan  oldin  yoki  o'qish 

jarayonida  tushuntirib  bo'lmaydi. 

Metodikada so'zlarni tushuntirishning  quyidagi  usullaridan  foydalaniladi: 

1.  So'zni  kontekst  asosida  tushuntirish.  Bunda  o'quvchilar  tushun-

maydigan  so'z  ularga  tushunarli  so'zlar  qo'llangan  gap  (yoki  matn)  yordamida 

tushuntiriladi. 

2.  So'z  ma'nosini  lug'atdan  va  o'qish  kitoblarida  matn  ostida  be-rilgan 

izohdan  foydalanib  tushuntirish.  Bunda  o'quvchilarni  izohdan  mustaqil 



foydalanib,  so'z  ma'nosini  mustaqil  tnshnnib  olishga  o'rgatish  muhim 

ahamiyatga  ega. 

3.  So'z  ma'nosini  shu  so'zning  ma'nodoshiyordamida  tushuntirish. 

Masalan,  sabo — shabada, mudofaa — himoya, sozanda — musiqochi, diyor — 

vatan,  inshoot  —  bino,  samo  —  osmon  kabi.  So'zni  sinonim  tan-lash  bilan 

tushuntirganda,  shu so'zning stilistik  (uslubiy)  ahamiyatini  ham ko'rsatish zanir. 

4. Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z 

bilan 


ifodalangan 

tushunchaga 

(uning 

antonimiga) 



taqqoslash 

orqali 


tushuntirish.  Masalan,  ishchan  tushunchasini  dangasa  tushunchasiga,  rostgo  'y 

so'zini yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. 

Ko'chma  ma'noda  ishlatilgan  so'z  va  so'z  birikmalari,  tasviriy  vo-sitalar, 

maqollar  ham taqqoslash usulidan foydalanib  tushuntiriladi. 

5.  So'zni  o'ziga  yaqin  tushuncha  ~  boshqacha  ifoda  etish  bilan 

tushuntirish.  Bunda  tushuntiriladigan  so'zning  izohi  qisqa  va  aniq  bo'lishi  kerak. 

Masalan,  o'zboshimchalik  —  o'z  xohishicha  ish  tutish,  ishni  o'zi  xohlaganicha 

bajarish;  mutaxassis  — biror hunar egasi; shim qor~ uzoq uchadigan ko'zi o'tkir 

qush;  mesh  -~  mol  terisidan  tikilgan  idish;  guidon  -  gill  solib  qo'yiladigan  idish 

va boshq. 

Ba'zi  so'zlar  ularning  vazifasini  izohlash  orqali  tushuntiriladi.  Masalan, 

kombayn  —  bir  vaqtning  o'zida  donni  o'radigan,  yanchadi-gan,  tozalaydigan 

qishloq  xo'jalik  mashinasi;  ekskavator  —  bir vaqtning o'zida erni qazib tuproqni 

yuk  mashinasiga  ortadigan  mashina;  aero-drom  -  samolyotlar  turadigan,  uchib 

ketadigan  yoki kelib  qo'nadigan joy va hokazo. 

6.  So  'zni  predmetning  asosiy  belgisini  izohlash  orqali  tushuntirish. 

Masalan,  yantoq  —  suvsiz  joyda  o'sadigan  ninasimon  tikanli  o'simlik;  akula  - 

okeanlarda  yashaydigan  juda katta yirtqich  baliq. 

7.  Axloqiy,  mavhum  tushunchalarni  ifoda  etuvchi  so'zlarning  ma'nosini 

misollar  yordamida  tushuntirish.  Buning  uchun  o'quvchilar  o'rgangan  badiiy 

asardan  axloqiy  fazilatga  ega  bo'lgan  asar  qahra-monining  qilgan  ishlari  tahiii 

qilinadi. 



Xulosa  qilib  aytganda,  so'z  ma'nosini  tushuntirish  ustida  ishlash 

o'quvchilar lug'atini  boyitadi, nutqini  ravonlashtiradi. 

Lug'at  ustida  ishlash  onat  tili  darslarida  ham,  o'qish  darslarida  ham  reja 

asosida izchil  olib borilishi  lozim. 

Boshlang'ich  sinflar  uchun  izohli,  imlo  lug'atlarining  yaratil-maganligi 

lug'at  ustida  olib  boriladigan  ishlarni  to'g'ri  uyushtirishda  ba'zi  qiyinchiliklarni 

keltirib  chiqarmoqda.  Agar  lugat  ishi  qat'iy  reja  asosida  izchil  amalga  oshirilsa, 

o'quvchilardan  ortiqcha  mehnat  talab  qilmaydi.  Bunga  erishish  uchun  qunt, 

e'tibor, qat'iyatlik  va sabot bilan ishlash  zarur. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

4-sinf o’qish darslari va darsligining umumiy tavsifi. 

 

O'qish  darslari  o'z  mohiyati,  maqsad  va  vazifalariga  ko'ra  boshlang'ich 

ta'lim  tizimida  alohida  o'rin  tutadi.  Barcha  predmet  darslarini  o'qish  faoliyatisiz 

tasavvur  qilib  bo'lmaydi.  Chunki  matn-ni  tushunib,  bir  maromda,  to'g'ri  va 

ifodali  o'qishni  o'rgatish  bilan  o'qish  darslari shug'ullanadi. O'qish darslari orqali 

o'quvchilarning  DTS  bo'yicha  o'zlashtirishlari  ko'zda  tutilgan  bilimlarni  hamda 

o'quv-biluv  ko'nikma  va  malakalarni  egallashlariga  yo'l  ochiladi.  Aynan  o'qish 

ta'limida  insonning,  avvalo,  o'zligini,  qolaversa,  olamni  an-glashga  bo'lgan 

intilishlariga  turtki  beriladi.  Shuning  uchun  "O'qish  kitobi"  darsligiga  ona  tabiat, 

atrofimizni  o'rab  turgan  olam,  Vatanimiz  tarixi  va  bugungi  qiyofasi,  kattalar  va 

bolalar  hayoti,  mehnat,  istiqlol  va  milliy-ma'naviy  qadriyatlar,  xalqlar  do'stligi 

va  tinchlik  kabi  turli  mavzular  kiritilgan.  Mazkur  mavzularga  oid  badiiy  va 

ilmiy-ommabop  asarlar  ta'limiy,  axloqiy  xarakterda  bolib,  ular  o'quvchilarning 

aqliy  kamoloti  va ma'naviy  axloqiy tarbiyasiga  qaratilgan. 

"O'qish  kitobi"da  o'qishning  barcha  bosqichlariga  oid  mavzular  berildi. 

Uning  o'ziga  xos  xususiyati  o'quvchilarni  badiiy  adabi-yotning  sehrli  olamiga 

olib  kirish,  dunyoqarashlarini  milliy  istiqlol  mafkurasi  asosida  to'g'ri 

shakllantirishga  qaratilishi  bilan  belgilana-di.  Tanlangan  mavzular  o'quvchilarga 

kundalik  hayot,  mustaqillikni  mustahkamlash  va  insoniy  munosabatlar  bo'yicha 

bilim  va  tarbiya  berishni  ta'minlaydi.  Ularning  ichida  istiqlol,  vatan,  ma'naviyat 

va  tabiat  haqidagi  mavzular  alohida  ajralib  turadi.  Ulardan  ko'zlangan  maqsad 

o'quvchilarning  o'zlikni  anglash,  istiqlol,  vatan  va  tabiat  bilan  bog'liq 

tuyg'ularini  uyg'otishdir. 

Tabiatga  oid  mavzular  yordamida  o'quvchilar  tabiatdagi  o'zgarishlar,  yil 

fasllarining  almashinuvi,  hayvonot  olamiga  doir  bilimlarni  egal-laydilar.  Ular 

o'quvchilarni  kuzatuvchanlikka,  tabiatni  sevishga,  unga  nisbatan  to'g'ri 

munosabatda bo'lishga o'rgatadi. 

"O'qish  kitobi"  darsligidagi  materiallarning  sinfdan  sinfga  o'tgan  sari 

mavzu  jihatdan  ham,  mazmun  jihatdan  ham  kengaya  borishi  hisobga  olingan.  1-


sinfda  o'rgatilgan  "Ajdodlarimiz  —  faxrimiz",  "Ilm  —  aql  chirog'i",  "Bizning 

bahor",  "Kumush  qish"  kabi  mavzular  2—4-sinflarda  ham  davom  ettiriladi. 

Natijada  o'quvchilarning  oldingi  bilimlari  to'ldiriladi  va boyitiladi. 

Darslikdagi  har  bir  mavzu  uchun  tanlangan  matnlarning  janriy  rang-

barangligiga,  poetik  mukammalligiga,  o'quvchilarning  bilim  da-rajasi  va  yosh 

xususiyatlariga  mos kelishiga  alohida e'tibor qaratiladi. 

Ijtimoiy-tarixiy  mazmundagi  mavzular  Vatanimiz  o'tmishi,  xalq-imiz 

hayoti,  mardonavor  kurashi,  ulug'  siymolar  amalga  oshirgan  ishlar,  tarixiy 

sanalar  to'g'risida  muayyan  tasavvur  beradi.  Beruniy,  Amir  Temur,  Alisher 

Navoiy,  Bobur  va  boshqa  ajdodlarimiz  haqi-dagi  matnlar  shular  jumlasidandir. 

Bu  xildagi  asarlar  o'quvchilarni  faqat  o'tmishimiz  bilan  tanishtirib  qolmasdan, 

Vatan  oldidagi  far-zandlik  burchi  va  mas'uliyatini  teran  anglashga  ham  yordam 

beradi. Ularda Vatanga  muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi. 

Vatanimiz  o'tmishi  haqida  hikoya  qilingan  asarlar  bilan  tanish-ish  va 

ularni  tahlil  qilish  jarayonida  o'quvchilar  o'tmish  bilan  bugungi  kunni  taqqoslash 

imkoniga  ega  bo'ladilar.  Jamiyat  taraqqiyoti  xususida  qisqacha  bo'lsa-da, 

tushuncha  hosil  qiladilar.  Bu  borada,  ayniqsa,  mil-liy  istiqlol  bilan  bog'liq 

mavzudagi  asarlar yordam beradi. 

Badiiy 

asarlar 


matni 

ustida 


ishlash 

jarayonida 

ularning 

janriy 


xususiyatlaridan  tashqari,  mavzusi  ham  nazarda  tutilgan  holda  metodik  isnlar 

tasnkil  qilinadi.  Masalan,  tabiat  tasviriga  oid  matnlar  ustida  ishlashda  tabiat 

bag'riga 

sayohat 


uyushtirilib, 

bolalar 


kuzatu-vchanlikka 

o'rgatilsa, 

vatanparvarlikka 

oid 


asarlar 

tahlili  vatanning  dongdor  kishilari  bilan 

uchrashuvlar  yoki  mavzuga  daxldor  kino-filmlar  namoyishi  vositasida  amalga 

oshirilsa,  dars samaradorligi  yanada ortadi. 

Umuman  "O'qish  kitobi"  darsligidagi  barcha  mavzular  o'quvchilarga 

ta'lim-tarbiya  berish  bilan  birga,  ularning  og'zaki  va  yozma  nutqini  to'g'ri 

shakllantirishga  yordam berishga, nutq madaniyatini  tarbiyalashga  qaratilgan. 


O'quvchilarning  darslik  yordamida  o'zlashtiriladigan  bilim,  ko'nikma  va 

malakalarining  kelajak  hayotda  zarur  bo'lishini  tush-unib  yetishlari  nazarda 

tutilgan. 

Darslikda  o'qish  darslari  oldiga  qo'yiladigan  quyidagi  didaktik  vazifalar 

alohida  inobatga olingan: 

1.  O'quvchilarda  yaxshi  o'qish  sifatlari:  to'g'ri,  tez,  ongli,  ifodali  o'qish 

malakalarini  shakllantirish. 

2.  O'quvchilarni  kitobdan  foydalanishga,  undan  kerakli  bilimlarni  olishga 

o'rgatish,  kitobga  muhabbat  uyg'otish,  ularni  oddiy  kitobxondan  chuqur 

mulohaza  yurituvchi,  ijodkor kitobxon darajasiga  ko'tarish. 

3.  O'quvchilarning  atrof-muhit  haqidagi  bilimlarini  kengaytirish  va 

boyitish hamda ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish. 

4.  O'quvchilarni  axloqiy,  estetik  jihatdan  yetuk  kishilar  qilib  va  mehnatga 

muhabbat ruhida  tarbiyalash. 

5.  O'quvchilarning  bog'lanishli  nutqini  va  adabiy  estetik  tafak-kurini 

o'stirish. 

6. O'quvchilarning  xayolot olamini  boyitish. 

Shuni  unutmaslik  kerakki,  har  bir  vazifani  bajarishning  aniq  metodik 

usullari  mavjud.  Ammo  ular  boshqalari  bilan  o'zaro  bog'liq holda o'qish darslari 

va sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari  jarayonida  hal  qilinadi. 

Yaxshi  o'qish  sifatlarini  egallash  maktabda  o'qitiladigan  barcha 

predmetlarni  muvaffaqiyatli  o'zlashtirishni  ta'minlaydi. 

O'qish  metodikasi  ilmida  o'qish  malakasini  shakllantirish  so'zlarni 

bo'g'inlab  o'qish  malakasini  shakllantirishdan  boshlanishi  qayd  etiladi.  So'ngra 

so'zlar  sidirg'a  o'qitiladi.  Ma'lumki,  so'zlar  ko'rish  orqali  idrok  qilinadi. 

So'zlarning  ma'nosini to'g'ri talaffuz  qilish  orqaligina  aniqlash  mumkin. 

To'g'ri  o'qish  matndagi  so'zlarni  tovush  jihatidan  xatosiz  va  bir  maromda 

ravon  o'qishdir.  Adabiy  talaffuz  me'yorlariga  qo'yiladigan  barcha  talablar 

o'quvchilarning  to'g'ri  o'qish  ko'nikmalarini  shakllantirishga  ham  taalluqlidir. 


O'qiganda  tovush  va  so'zlarni  tush-urib  qoldirmay,  o'rnini  almashtirmay,  yangi 

tovush qo'shmay, so'z urg'ulariga rioya qilgan  holda o'qish to'g'ri o'qish sanaladi. 

O'qituvchi  o'quvchilarning  so'zlarni  to'g'ri  talaffuz  qilislariga  hamda 

ma'nosini  anglashlariga  alohida e'tibor qaratishi  lozim. 

Ko'p  bo'g'inli,  tuzilishi  jihatidan  murakkab  hamda  oldin  eshitil-magan  va 

ma'nosi tushunarsiz  so'zlarni izohlash  talab etiladi. 

Matndan  o'qilishi  qiyin,  tuzilishi  murakkab  bo'lgan  so'zlarni,  birik-ma  va 

gaplarni  aniqlash,  matnning  yaxshi,  o'rta  va  yomon  o'qiydigan  o'quvchilarga 

o'qitiladigan  qismini  oldindan belgilab  chiqish zarur. 

Urg'uni  noto'g'ri  qo'yib  o'qish  so'zlarning  ma'nosini  tushun-ishga  xalal 

beradi. 

4-sinfda 

o'quv 

materiali  hajmi  nisbatan  katta.  Shuning  uchun 



o'quvchilarni  to'g'ri  va  ravon,  tez  va  ifodali  o'qishga  o'rgatishda,  asar  voqealari 

o'rtasidagi  bog'liqlikni  aniqlashda  turli  topshiriqlar  asosida  tanlab  o'qishga  katta 

e'tibor  beriladi.  Badiiy  matnlar  maz-muni  asosida  reja  tuziladi,  to'liq  va 

qisqartirib, shaxsini  o'zgartirib  qayta hikovalatiladi. 

Hozirda  amalda  qo’llanilayotgan  4-sinf  o’qish  kitobi  S.Matchonov, 

A.SHojalilov,  X.G’ulomova,  SH.Sariev  va  Z.Dolimovlar  hammuallifligida  2007 

yilda  chop  etilgan.  Darslik  271  sahifadan iborat bo’lib, 14 ta bo’limni o’z ichiga 

oladi.  O’qish  kitobiga  epik  turning  hikoya,  rivoyat,  qissa  (parcha);  lirik  turning 

she’r,  liro-epik  turning  doston,  adabiy  ertak;  halq  og’zaki  ijodining  ertak, 

topishmoq,  maqol,  qo’shiq,  doston  kabi  hilma-xil  janrlari  kiritilgan.  Bundan 

tashqari  darslikdan  mavzu  yuzasidan  savol  va  topshiriqlar,  bo’lim  yuzasidan 

savol  va  topshiriqlar  hamda  mavzular  uchun  ishlangan  rasmlar  o’rin  olgan  va 

darslik so’ngida lug’at ham ilova  qilangan. 

4-sinf o’qish kitobi quyidagi  bo’limlarni  o’z ichiga oladi: 

1.  ―Istiqlolim  – istiqbolim‖. 

2.  ―O’zbekiston – vatanim manim‖. 

3.  ―Oltin kuz‖. 

4.  ―Ma’naviyat  – qalb quyoshi‖. 



5.  ―Xalq og’zaki ijodi‖. 

6.  ―Kumush qish‖. 

7.  ―Vatanimiz  o’tmishda‖. 

8.  ―Nima yaxshi-yu,  nima  yomonx‖. 

9.  ―Hayvonot olamida‖. 

10.  ―Zumrad bahor‖. 

11. ―YAshasin tinchlik,  bor bo’lsin do’stlik‖. 

12.   ―Ajdodlarimiz  – faxrimiz‖. 

13.  ―Jahon bolalar adabiyoti‖. 

14.  ―YOz - o’tadi soz‖. 

―O’qish  kitobi‖  ning  asosiy  vazifasi  bolalarda  xalq  og’zaki  ijodiga, 

adabiyotga  qiziqish  uyg’otish,  kitobni  sevish,  undan  mustaqil  foydalana  olish 

ko’nikmalarini  shakllantirish,  ma’naviy  barkamol  insonni  tarbiyalashdan 

iboratdir.  Albatta  ular  matn  ustida  ishlash  ya’ni  asarni  o’qish  orqali  amalga 

oshiriladi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 287,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish