Buyrakning fiksatsiyasi. (mahkamlanishi).
Buyrakning o’z o’rnidan jilmay joylashuviga sabab bo’luvchi omillarga qorin bo’shlig’i
ichidagi bosim; buyrak fastsiyasi; buyrak o’rindig’i; buyrak qontomirlarini kiritish mumkin.
Buyrakni mahkamlovchi omillarning sustligida buyrakning pastga tushushi yoki qimirlab,
harakatlanib turishi mumkin. Normada ikki buyrakning bo’ylama o’qlari yuqori medial tomonga
qiyshiq yo’nalgan bo’lib, ma’lum burchak ostida kesishadi.
Buyrakning tuzilishi.
Buyrak bo’ylama yo’nalishda kesilganda, buyrak kosachalari, buyrak jomi joylashgan
uning kavagi,
sinus renalis
va buyrakning xususiy moddasi ko’rinadi. Buyrakda ikki xil modda
cortex renalis
, buyrakning po’stloq moddasi va buyrakning miya moddasi
medulla renalis
farqlanadi.
Buyrakning po’stloq moddasi, uning periferik qismini egallab, 4 mm gacha qalinlikda
bo’ladi. Miya moddasi esa, piramida shaklida bo’lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |