1.2.
Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi
Dastlab “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi AQSh olimlari tomonidan
kiritilgan (birinchi bor amerikalik psixolog B.Skinner tomonidan
qo’llanilgan bo’lib, u ta’lim texnologiyalari tushunchasini pedagogika va
psixologiyaning eng ilg’or bilimlarini ta’limda uyg’unlashtirish hamda
unumli
foydalanish, deya izohlagan)
va 1940-yillardan 50-yillar
o’rtasigacha o’quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan
foydalanishni ifodalagan.
O’tgan
asrning
50-yillari
o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim
texnologiyasi” atamasida dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan.
60-yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda
pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi,
natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya,
Fransiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilish ikki yo’nalishda belgilandi.
Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan
o’qitish vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar (technology in
education).
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa o’quv jarayonini tashkil etish
samaradorligini oshirish va pedagogik g’oyalarning texnikaning keskin
rivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday
qilib 1-yo’nalish “o’qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, biroz
keyinroq yuzaga kelgan 2-yo’nalish “o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv
jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi.
70-yillarda “pedagogik texnologiya” atamasi qo’llanilib, u avvaldan
loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi
o’quv jarayonini ifodalagan.
11
70-yillarning boshlarida turli xildagi o’quvuskunalarini va o’quv
vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz
o’qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo’lmas edi.
60-yillar o’rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya,
Yaponiya, Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik
texnologiyalar masalalari bilan shug’ullanuvi jurnallar nashr etila
boshlandi, keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va
markazlar shug’ullana boshlaydi.
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning
kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratish tushunilgan.
Texnologiya tushunchasi Amerika va G’arbiy yevropada ta’limni
isloh qilinishi bilan bog’liqravishda kirib keldi. B.Blum, D.Kratvol,
J.Kerroll,
J.Blok,
B.Skinner,
P.Ya.Galperin,
V.I.Davidov,
N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur.
O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko,
V.Guzeyev,
V.Slastenin,
M.V.Klarin,
B.Lixachev,
N.F.Talizina,
L.M.Fridman, T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi
aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.
Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko’rsatadiki, aksariyat o’qitish
texnologiyalari bo’sh texnologiyalanganligi bo’yicha qolib ketmoqda. Bir
qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, amaliy tomoni u
qadar oydinlashtirilmagan.
Vaqt o’tishi bilan ularni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida
mazmuni ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa ta’lim
texnologiyasi tushunchasining zamonaviy, ilmiy asoslangan yagona ta’rifini
belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikr va
mulohazalar asoslab berildi.
O’qitish texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar, rivojlantiruvchi
texnologiyalar, tarbiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalari iboralari
turli davrlarda va turli manbalarda qo’llanilgan bo’lsa-da, barchasi
umumiy maqsadni ko’laydi, ya’ni bunda ta’lim maqsadlariga erishish va har
tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni
doimiy ravishda rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish tizimi va
loyihasi tushuniladi.
12
Pedagogik texnologiya – barcha tashkiliy qismlar va ularning
bog’liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash hamda nazorat qilish yo’li bilan
pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli
yondashuvni joriy etishni ifodalaydi.
Nima uchun bugungi kunda ta’lim texnologiyalarining nazariy
asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zarurati tug’ildi? Birinchidan,
an’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og’zaki usullarga
tayangani tufayli “axborotli o’qitish“ sifatida tavsiflanadi, chunki o’qituvchi
faoliyati faqat o’quvjarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli
bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda.
Ikkinchidan, ilmiy- texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida
axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ulardan o’qitish
jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek
yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash, malakali mutaxassislarni
yetishtirish kabi talablar tizimi texnologik yondashuvni joriy etishni taqozo
etmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasida ro’y berayotgan tub
burilishlar har bir ta’lim muassasasida didaktika sohasini jonlantirishni,
ta’lim samaradorligini oshirishni, raqobatbordosh kadrlarni tayyorlashni
talab etadi, yangilikni joriy etish yo’li esa har doim murakkab va uzoq.
Ishonch bilan aytish mumkinki, ta’limni texnologik asosga qurish sifat
darajasini
oshirishga, natijalarni kafolatlash
tizimiga
o’tishga,
o’z-o’zini
takomillashtiruvchi mexanizmlarni
yaratishga xizmat qiladi. Ta’lim texnologiyasi - shunday bilimlar sohasiki,
ular yordamida XXI asrda ta’lim sohasida katta burilishlar yuz beradi,
o’qituvchifaoliyati yangilanadi, talaba- yoshlarda mustaqil va ijodiy
fikrlash, bilimga intilish, o’z ustida ishlash, izlanish, o’z-o’zini rivojlantirish
tizimli ravishda shakllanadi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar
va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda
bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik
jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlariga bosqichma bosqich
ta’sir etish natijasida sifatli mahsulot yaratish borasidagi ishchining
13
faoliyatidir. Ya’ni: ta’lim texnologiyasi - bu o’qituvchi(tarbiyachi)
ning o’qitish(tarbiya) ning turli xil vositalari yordamida o’quvchi (talaba)
larga muayyan sharoitda samarali ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat
mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv
shakllantirish jarayonidir.
O’qitish texnologiyasi ko’proq xususiy metodika bilan o’xshash
ma’noni anglatadi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi
aniq o’ q uv materiallarini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya
atrofida ifoda etadi.
Ba’zan metodikani texnologiyadan ajrata olmaydigan, ular bir narsa
deb e’tirof etadigan amaliyotchi o’qituvchilar uchrab turadi.
Metodika – o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha
tavsiyalar majmuasidan iborat desak, ta’lim texnologiyasi – o’qituvchining
kasbiy faoliyati samaradorligini oshiruvchi va ta’limda yakuniy natijani
kafolatlaydigan, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xatti-harakatlar
yig’indisidir. Tanlangan metodni qayta ishlash, unda texnologiyaga xos
xususiyatlarni shakllantirish asosida texnologik darajaga ko’tarish mumkin.
O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab pedagogik adabiyotlarda ta’lim
texnologiyasi tushunchasining mohiyati ancha keng talqin etila boshlandi.
Yaponiya olimi T.Sakomoto tomonidan “O’qitish texnologiyasi – bu
o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l- yo’riqlar tizimi bilan bog’liq
bilimlar sohasi” deb izohlanadi. Rus olimi N.F.Talizina fikri bo’yicha:
“Pedagogik texnologiya – belgilangan o’quvmaqsadlariga erishishning
oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiriladi. I.Ya.Lernerning
fikricha, Pedagogik texnologiya – o’quvchilar harakatlarida aks etgan
o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan
maqsadni ifodalashni taqozo etadi. Ko’rinib turibdiki, ta’lim texnologiyasi
belgilangan maqsad va mazmun asosida o’quv jarayonini loyihalash sifatida
tashkil etilgan. Bu bir jihatdan to’g’ri bo’lsa, boshqa tomondan chuqurroq
tahlil etilganda, bunday yondashuvda oquvchi shaxsi e’tibordan chetda
qolmoqda. Bu holatni yoki kamchilikni akademik V.P.Bespalko aniqladi va
ta’lim texnologiyasi – bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda
pedagogik fa oliya t muvaffaqiyatini kafolatlay oladigan ta’lim oluvchi
14
shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir, deb ta’riflaydi. Loyihalangan
tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o’qituvchisidan katta pedagogik
tajriba talab etmaydi, lekin ushbu tayyor texnologiyadan foydalanish
samarasi o’qituvchining egallagan texnologik bilim, ko’nikma, malakalariga
bog’liq. Agar o’qituvchi texnologik loyihani mazmuni va maqsadini chuqur
anglasa, texnologiyalardan o’z o’rnida va to’g’i foydalanishni bilsa, yakuniy
natija, albatta, kafolatlanadi. Natijada novator pedagogning boy va ko’p
yillik tajribasidan yosh pedagoglar uchun foydalanish imkoni tug’ladi.
Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi nuqtai nazaridan
qaralganda, nazariya va amaliyot bir-biriga bog’liqbo’lmagan holda talqin
etilganligini
ko’rish
mumkin.
Natijada
o’qitish
jarayonini
takomillashtirishga yoki o’quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga
qaratilgan u yoki bu ilg’or metodikalar texnologiya darajasiga ko’tarila
olmay asta sekinlik bilan o’z mavqyeini yo’qotib pedagogika nazariyasidan
uzoqlashib borgan. Masalan, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo’lgan
“Dasturlashtirilgan ta’lim” yoki 70-80-yillardagi “shatalovchilik harakati”
kabilar.
Bugungi
kunda
mamlakatimizdagi
pedagogik
soha
mutaxassislarining ilmiy salohiyati ta’lim texnologiyalari mohiyatini ochib
berishga yetadi. Ta’lim texnologiyalarini pedagogik fanning alohida
tarmog’i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga
yo’naltirilgan ta’lim yo’nalishi deb qarash ham ma’qul emas. Ta’lim
texnologiyasi bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish
doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi
yo’nalishga buradi: “o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va
sarqitlardan to’la xalos bo’lgan, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida
yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali
kadrlar tayyorlash” - deb belgilanadi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi
butunlay yangilanadi, unga mos h olda ta’lim mazmunida ham, pedagogik
jarayonda ham yangilanish ro’y bermoqda, yangi texnologiyalar kirib
kelmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va unga o’zining ma’lum
xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborot-kommunikatsion,
audio-vizual vositalar mavjudki, ular ta’lim texnologiyalarini real
15
voqyelikka aylantiradi.
Ta’lim texnologiyalari boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar
bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini
oshirishga ta’sir ko’satishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuski,
bu jarayon h ozirgi ta’lim tizimida juda qiyin kechyapti, haqiqiy
kompyuterli ta’lim texnologiyalari o’zining ilmiy ishlanmasini kutyapdi:
“Kompyuterlarning shu kundagi qo’llanishi
-
ekstensivlik xolos: an’anaviy o’quv kurslari shunchaki ekran
monitoriga joylashtirilyapti”. Bu yerda ta’lim texnologiyalari va axborot
texnologiyalari o’rtasida o’zaro munosabatni oydinlashtirish lozim bo’ladi.
Keyingi vaqtlarda ba’zi bir olimlar (informatika sohasi vakillari) ta’lim
texnologiyalarini axborotlashtirishga kiritish yoki tenglashtirish (ba’zan
ustun qo’yish) ni yoqlamoqdalar. Bu urinishlar to’g’ri emas. O’quv-tarbiya
jarayonini texnologiyalashtirish tarixiy (ayniqsa, XX asr ikkinchi
yarimidan boshlab) voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi
inqilobiy “burilish”, uning muhim bosqichidir. Ta’limda axborot
texnologiyasi - bu “o’quvchi- kompyuter” o’rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya ta’lim texnologiyalarining tarkibiy qismi,
texnik vositalarining mukammallashgan zamonaviy turi sifatida ta’lim
jarayonida qo’llanila boshladi. Kelajakda iqtisodiy muammolar hal etilib,
o’quv yurtlari kompyuterlar va dasturli texnikalar bilan yetarli darajada
ta’minlanadi. Shundagina axborotli texnologiya asosida o’quvchi
(talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyatlari
tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |