Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo


 O’qitish jarayonini tashkil qilishda pedagogik-psixologik



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/323
Sana02.01.2022
Hajmi2,09 Mb.
#308759
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   323
Bog'liq
Ш С Шойимова Таълим технологиялари 2020 303 б

2.3. O’qitish jarayonini tashkil qilishda pedagogik-psixologik 
yondashuvlar
 
 
O’qitishjarayonida  pedagogik-psixologik  yondashuvlarning  asosi 
konstruktivizm  nazariyasi  (J.Dyui),  bola  intellektining  rivojlanishi 
nazariyasi (J.Piaje), eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi (L.S.Vigotskiy), 
intellekt 
ko’pligi 
nazariyasi 
(G.Gardner) 
hamda 
o’quvmaqsadlari 
taksonomiyasi (B.Blum) haqidagi ma’lumotlardan iborat bo’lib, ularni bilish 
va  amalda  foydalanish  har  bir  o’qituvchiga  o’z  pedagogik  mahoratini 
takomillashtirish uchun zarur.
 
Konstruktivizm  nazariyasi. 
K
onstruktivizm 
nazariyasi  amerikalik 
pedagog Jon Dyui tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, psixolog Jan Piaje shu 
yo’nalishdagi  tadqiqotlarni  davom  ettirgan.  Konstruktivizm  so’nggi  yillar 
davomida  pedagogikada  nazariy  hamda  amaliy  yo’nalish  sifatida 
ommalashdi.  Unga  ko’ra  ta’lim  o’quvchining  fikrlash  faoliyati  yordamida 
bilim yaratiladigan jarayon hisoblanib, hyech kim hech kimni  hech narsaga 
o’rgata olmaydi, o’quvchi o’zi o’rganishi kerak. Ta’lim odamlar o’z tajribasi 
asosida  bilimlarni  yaratadigan  faol  jarayon.  Odamlar  g’oyalarni  tayyor  
holda  olmaydilar,  ularni  yaratadilar.  J.Piajening  fikricha  “bola  o’z 
intellektining  me’mori”  bo’lib,  o’qituvchi  o’quvchilarning  o’qishiga 
yordamlashuvchi rahbar sanaladi.
 
J.Dyui 
nazariyasiga 
ko’ra 
esa, 
bolaning 
bilish 
faolligi, 
qiziquvchanligi  uning  to’liq  aqliy  rivojlanishi  va  ta’lim  olishi  uchun 
batamom yetarli deb hisoblanadi. Ta’lim jarayoni, asosan, bolaning mustaqil 
ta’lim  olish  va  mustaqil  takomillashuv  ko’nikmalari  rivojlanadigan  mehnat 
va o’yin faoliyati sifatida o’tishi kerak.
 
Bola tajriba va bilimni muammoli ta’lim muxitini tadqiq qilish, turli 
maketlar,  sxemalar  tayyorlash,  tajribalar  o’tkazish,  bahsli  savollarga 
javoblar  topish  va  umuman,  xususiydan  umumiyga  qarab  chiqish,  ya’ni 
bilishning  induktiv  metodini  qo’llash  jarayonida  “amalda  bajarish”  yo’li 
bilan o’rganishi lozim. Bu pedagogik konsepsiya “instrumental pedagogika” 
nomini olgan.
 


54
 
 
Bolaga  stixiyali  izlanishlar  yo’li  xos  va  bu  uning  uchun  eng  tabiiy 
yo’l.  Bola  mustaqil  tadqiqot  jarayonida  narsalar  va  hodisalarning 
xususiyatlari  va  qadriyatlarni  o’zi  uchunkashf  qilishi  zarur,  pedagog  esa 
faqat bolaning savollariga, agar savollar bo’lsa, javob berishi mumkin.
 
Bilimlarni  ta’lim  oluvchiga  tayyor  holda  berib  bo’lmaydi,    har  kim 
o’z  hayoti  davomida  o’zining  atrof-muhitni  tushunishini  konstruksiyalaydi. 
Aynan  shuning  uchun  har  kim  o’z  dunyoqarashi,  e’tiqodlari  bilan 
betakrordir.
 
Konstruktivizm bola tomonidan yangi bilimlarni o’rganish bo’yichao’z 
tajribasi, bilimlari bilan tashqi, noma’lum reallik orasidagi bilish ziddiyatini 
yengib o’tish jarayonini ifodalaydi.
 
Konstruktivist  o’qituvchi  dars  beruvchi  o’qituvchi  emas,    u  ta’lim 
oluvchilarning  muammoli  yo’naltirilgan  tadqiqot  faoliyatiga  konsultant, 
tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi.  U o’quvchilarning mustaqil 
aqliy  faoliyati  uchun    sharoitlar    yaratadi  va  ularning  tashabbuslarini  har 
tomonlama  qo’llab-quvvatlaydi.  O’quvchilar  esa  o’z  navbatida,  ta’lim 
jarayonining  to’la xuquqli ishtirokchilari bo’lib  qoladilar va ta’lim jarayoni 
hamda natijalari uchun o’qituvchibilan birga javobgar bo’ladilar.
 
O’qituvchi  dars  maqsadlarini  belgilashda tasniflang, asoslab bering, 
tekshirib  ko’ring,  umumlashtiring,  tahlil  qiling,  bashorat  qiling,  baholang, 
modelini  yasab  ko’ring  va  shu  kabi  faoliyat  atamalaridan  foydalanadi. 
Ta’lim  maqsadlarini  hamda  o’quv  muammolari  va  vazifalarini  shunday 
belgilash o’quvchilarning dars materiali bo’yicha  chuqurroq fikrlashi, ularni 
mazmunli 
bahs-munozaraga 
jalb 
qilish, 
o’z 
nuqtai-nazarlarini, 
mulohazalarini va taxminlarini aytish motivlarini shakllantiradi.
 
XX
 
asr  oxirida  ta’lim  oluvchilarning  ijodiy  qobiliyatlarini 
rivojlantirishga  mo’ljallangan  faol  muammoli  va  izlanishli  ta’lim metodlari 
va 
shakllarining 
ommaviy 
rivojlanishi 
munosabati 
bilan 
J.Dyui 
rivojlantiruvchya  tanqidiy  fikrlashni  shakllantirish  tamoyillari  va  metodikasini 
ishlab chiqdi. Ushbu tamoyillar quyidagilar:
 

 
ko’p  ma’nolilikka  ega  bo’lish  kerak,  ya’ni  tushunchalar, 
nazariyalarni  so’zlar,  rasmlar,  matematik  ifodalar  yordamida  bera  olish, 
istalgan konsepsiyani o’z so’zlari yoki simvollar bilan aniq bera olish zarur;
 


55
 
 

 
axborotni  zichlashtira  olish  va  umumlashtira  olish.  Samarali 
umumlashtirish  10  mingta  so’z  bilan  ifodalash  mumkin  bo’lgan  suratga 
o’xshaydi. O’quvchilarni  o’zlari uchun qulay va tejamli bo’lgan tuzilmalar, 
konseptual karta va sxemalar yaratishga o’rgatish kerak;
 

 
abstrakt fikrlay olish, konkret fikrlashdan chetlashgan holda;
 

 
istalgan hodisaning bosh, yetakchi tamoyillarini topish.
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish