Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/323
Sana02.01.2022
Hajmi2,09 Mb.
#308759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323
Bog'liq
Ш С Шойимова Таълим технологиялари 2020 303 б

KIRISH
 
 
Ma’lumki,  O’zbekiston  Respublikasida  ta’lim  va  kadrlar  
tayyorlash  tizimini  isloh  qilish  hamda  uni  rivojlangan  davlatlar 
darajasiga ko’tarishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi  sifatida 
katta e’tibor berib kelinmoqda. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash 
tizimi  sifati  har  qanday  davlatning  zamon  talablariga  hamohang 
ravishda  innovatsion  rivojlanishida  hal  qiluvchi  va  muhim  omil 
sanaladi.  Fan,  texnika  va  texnologiyaning  tobora  taraqqiy  etib 
borayotgani ta’lim sohasidagi tegishli o’zgarishlarni taqozo etadi.
 
O’zbekiston  Respublikasida  oliy  ta’limni  tizimli  isloh  qilishning 
ustuvor  yo’nalishlarini  belgilash,  zamonaviy  bilim  va  yuksak 
ma’naviy-axloqiy  fazilatlarga  ega,  mustaqil  fikrlaydigan  yuqori 
malakali  kadrlar  tayyorlash  jarayonini  sifat  jihatidan  yangi 
bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim 
texnologiyalariga  asoslangan  holda  ijtimoiy  soha  va  iqtisodiyot 
tarmoqlarini  rivojlantirish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  2019  yil  8  oktyabrdagi  PF-5847-sonli  “O’zbekiston 
Respublikasi  oliy  ta’lim  tizimini  2030  yilgacha  rivojlantirish 
konsepsiyasini  tasdiqlash  to’g’risida”gi  farmoni  qabul  qilindi. 
Bu 
esa  o’z  navbatida  pedagog  kasbining  yanada  murakkablashuvi, 
mas’uliyati va vazifalarining ortishiga olib keladi. Chunki ommaviy 
ta’limning  bugungi  sharoitida  yangi  raqamli  avlod  bilan  ishlash, 
ularni  rivojlantirish,  jahon  talablariga  mos  qilib  kasbga  tayyorlash 
zamonaviy  o’qituvchidan  yuksak  texnologik  bilim,  salohiyat  va 
mehnatni talab qiladi.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning  “Yana
 
bir  muammoni  hal  etish  o’ta  muhim  hisoblanadi:  bu  pedagoglar  va 
professor-o’qituvchilar  tarkibining  professional  darajasi,  ularning 
maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot 
masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol
 


4
 
 
ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur”, – degan fikrlari  katta
 
ahamiyat kasb etadi
1
.
 
Bugungi ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi va  shiddatli axborot 
oqimi  davrida  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  paydo  bo’lgan  “Ta’lim 
texnologiyalari”  fani  mazkur  muammoni    hal    etadi.    Ommaviy 
ta’lim  sharoitida  ta’lim  texnologiyalari  –    har    bir    bosqichi  va  har  
bir  elementi  jiddiy  ishlab  chiqilgan,  asoslangan,  loyihalashtirilgan, 
kafolatlanuvchi  sifatli  yakuniy  natijaga  mo’lljallangan  pedagogik 
jarayonni tuzish va amalga oshirish imkoniyatini beradi.
 
Ta’limning  yangi  modelini  amaliyotga  tatbiq  etish  o’quv 
jarayonini  texnologiyalashtirish  bilan  bog’liq.  Shuning  uchun  ham 
Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturida  “O’quv-tarbiyaviy  jarayonni 
ilg’or  pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta’minlash”  uning  asosiy 
vazifalaridan biri sifatida belgilangan
2
.
 
Ta’lim taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch – bu o’zida didaktik 
masalalar va ta’lim texnologiyalarini  mujassamlashtirgan  pedagogik 
tizim  hisoblanadi.  Ta’lim  texnologiyasining  muvaffaqiyatli 
loyihalanishi  va  yakuniy  natijaning  kafolatlanishi  o’qituvchining 
didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasiga, ularni to’g’ri 
belgilash, tanlash va samarali qo’llay olishga bog’liqdir.
 
Barchaga ma’lumki, zamonaviy ta’lim talabalar uchun informativ, 
qiziqarli  va  maroqli  bo’lsa,  kutilayotgan  o’qitish  maqsadlariga 
erishish  mumkin.  Ta’lim  oluvchilarni    faqatgina    davr    talabiga  
javob  bera  oladigan  faol  o’qitishusullari,  shakllari,  vositalarini 
qo’llash, innovatsion yondashuv va hamkorlik orqali motivlashtirish 
mumkin.  Shu  sababli  ham,  ilg’or  pedagog  olimlar,  novator 
professor-o’qituvchilar  v  a  amaliyotchilar  ilmiy  asoslangan  ta’lim 
texnologiyalarini o’z faoliyatlarida keng qo’llashga intilmoqdalar.
 
 
 

SH.M.Mirziyoyev  “Таnqididy  tаhlil,  qat’iy  tartib  intizom  va    shaxsiy 
javobgarlik  har  bir    rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo’lishi    kerak”. 
Тоshkent 2017, 45-bet. 
2
  O’zbekiston  Respublikasi    Каdrlar  tayyorlash  milliy  dasturi/  Тоshkent; 
“Sharq”, 1997 yil 


5
 
 
Mazkur  darslikda  “Ta’lim  texnologiyalari”  fanining  tuzilmasi  va 
mazmuni  bayon  etilgan,  uning  asosini  O’zbekiston  Respublikasida  va 
xorijiy  mamlakatlarda  bajarilgan  ishlanmalar  tashkil  etadi.  Darslikning 
tuzilishi, mavzularning bayon etilishida tanlangan stilistik  uslub,  yangidan 
kiritilgan  ma’lumotlar  uning  talabalar  tomonidan  maqbul  tarzda  idrok 
etilishiga imkon beradi. Ushbu darslikni pedagog va talabalarga taqdim eta 
turib,  kitob  ma’lum  darajada  tibbiy  ta’limda  o’quvjarayonining 
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
 
Mualliflar  guruhi  kitobxonlar,  talaba  va  magistrlar,  professor - 
o’qituvchilar  tomonidan  bildiriladigan  har  qanday  fikr  va 
mulohazalarni  qabul  qiladi  va  keyingi  nashrlarda,  albatta,  ularni 
inobatga oladi.
 
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish