Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/323
Sana02.01.2022
Hajmi2,09 Mb.
#308759
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   323
Bog'liq
Ш С Шойимова Таълим технологиялари 2020 303 б

4.
 
Qadriyatlarga yo’nalishni tashkil qilish (mas’uliyat, maqsad, 
reja):
 
a)
 
o’z munosabatini baholash;
 
b)
 
qadriyatli yo’nalishlar tizimini yaratish.
 
Ushbu  toifa  turli  qadriyatli  yo’nalishlarning  birlashishi,  ular 
orasidagi  qarama-qarshiliklarni  hal  etish  va  ularni  o’zlashtirish  orqali 
shaxsda kechadigan jarayonni bildiradi,  masalan,  o’z xatti-harakati va 
hulq-atvori uchun mas’uliyatni o’ziga oladi, kasbiy axloq me’yorlarini 
qabul qiladi, qadriyatlar tizimiga moslashadi va b.
 
5.
 
Qadriyatlarni tarqatish, faoliyatga tatbiq qilish (aks ettirish):
 
a)
 
umumiy ko’rsatmalar berish;
 
b)
 
qadriyatli yo’nalishlarni to’la o’zlashtirish va ularning faoliyatda
 
aks ettirilishi.
 


97
 
 
Mazkur  darajada  shaxs  o’zining  hulq-atvorini  qat’iy  aniqlab  beradigan 
e’tiqodi,  fikrlari  va  qarashlari  nuqtai-nazaridan  ma’lum  bir  qadriyatlar 
tizimiga  ega  bo’ladi,  masalan,  mustaqil  ishlashda  ishonch  va  qat’iyatni 
namoyon  qiladi,  kasbiy  axloq  tarafdori  ekanligini  ko’rsatadi,  shaxsiy, 
ijtimoiy  va  psixologik  adaptatsiyasini  namoyon  qiladi,  sog’lom  turmush 
tarziga rioya qiladi va h.k.
 
Bu  taksonomiya  subyekt  tomonidan  muhit  yoki  san’at  asarlaridagi 
estetik ildizlarni, ularning ta’siriga javob berish (1) orqali ongiga singdirib 
olish  (2),  baholash  (3)  va  bu  baholashni  tashkil  etish  (4),  qadriyatli 
yo’nalishlar  tizimi  va  dunyoqarashni  tanlay  olishni  aks  ettiradi.  Bu  yerda 
yaqqol ifodalangan ikkita umumiy darajani ajratib ko’rsatish mumkin:
 
a)
 
biror  ta’sirga  javob  berishni  tanlashga  tayyor  bo’lish  va  uni  qabul 
qilish darajasi;
 
b)
 
to’la  o’zlashtirish  darajasi.  U  qadriyat  yo’nalishini  baholash,
 
tashkil etish va mustahkamlashni qamrab oladi.
 
Affektiv (hissiy-emotsional) sohada o’qitishnatijalariga misol
 
tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:
 
-
 
ta’lim oluvchi kasbiy axloq normalarining zarurligini tan oladi; 
-
 
kasbiy  munosabatlarda  konfidensiallikka  rioya  qilish  zarurligini 
anglaydi; 
-
 
mustaqil ishlashga tayyorligini namoyon qiladi; 
-
 
guruhda barcha talabalar bilan yaxshi munosabat o’rnatadi; 
-
 
turli o’zgarishlar bilan bog’liqmuammolarini tushunadi; 
-
 
shaxsiy  e’tiqodi va axloq  talablari orasidagi qarama-qarshiliklarni  hal 
qiladi. 
Affektiv  soha  ta’limning  hissiy-emotsional  jihatlariga  bog’liqbarcha 
masalalarni:  bilim  va  ma’lumot  olishga  bo’lgan  xohishdan  tortib,  fikr  va 
qarashlar integratsiyasigacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi.
 
Tibbiy  ta’limda  ham  kognitiv  va  psixomotor  sohalar  kabi  affektiv 
sohaga  oid  maqsadlar  taksonomiyasi  katta  ahamiyatga  ega.  Tibbiy 
bilimlar,  amaliy  ko’nikma  va  malakalarni  yuqori  darajada  egallash 
bo’lajak tibbiyot xodimining kasbiy muvaffaqiyatini belgilaydi.
 


98
 
 
Shuningdek,  bunda  affektiv  soha,  ya’ni  ta’lim  oluvchining  o’qish 
jarayoniga,  o’qituvchiga,  guruhga  va  o’z-o’zini  anglashga  bo’lgan 
hissiy-emotsional  munosabati,  tarbiyaviy  yondoshuvi  ham  e’tiborga 
olinishi zarur.
 
Yuqoridagi  uch  xil  soha  komponentlari  o’zaro  bir-biri  bilan 
bog’liqdir,  vaziyatga  qarab  u  yoki  bu  komponentning  roli  ustuvorroq 
bo’lib,  o’zaro  moslik  bo’lmasligi  ham  mumkin.  Masalan,  ayrim 
talabalar  talabalik  burchi  va  oliy  o’quvyurti  tartib-intizomi  bilan  juda 
yaxshi  tanish  bo’lsalarda,  har  doim  ham  unga  rioya  qilavermaydilar, 
ya’ni  ularda  davomat  va  o’zlashtirish  bilan  bog’liqmuammolar,  xulq- 
atvor  bilan  bog’liqmuammolar,  tartibbuzarlik  kabi  holatlar  kognitiv, 
affektiv  va  psixomotor  sohalarda  uyg’unlik  yo’qligini  ko’rsatadi.  Bu 
bir  qarashda  so’z  va  ish  birligi  tamoyilining  turli  shaxslarda  turlicha 
namoyon bo’lishini eslatadi. Agar inson bila turib, ijtimoiy xulqqa zid 
harakat qilsa va bu ish bir necha bor takrorlansa, u bu holatga o’rganib 
qoladi va u ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ha m 
ijtimoiy-axloqiy  normalar  va  sanksiyalar  vositasida  bunday  qarama-
qarshilik  va  tafovut  bo’lmasligiga  talaba-yoshlarni  o’rgatib  borish 
lozim.  O’qitishjarayonida  ta’lim  oluvchilarning  qay  darajada 
bilimlarni  o’zlashtirishi,  hissiy-emotsional  holati,  irodasi,  ishonchi 
hamda  kasbiy  ko’nikma  va  malakalarni  egallashi  ko’p  jihatdan 
o’quvmaqsadlarini  to’g’ri  shakllantirishga  bog’liq.  Bu  texnologiya 
shaxsning kelajagi va kasbiy faoliyatining samaradorligini ta’minlashga 
yordam beradi.
 
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish