Book · November 019 citations reads 2,471 authors



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

interiorizaiya
  deb 
nomlanadi,  aksincha,  aqlda  shakllangan  g'oyalarni  bevosita    tashqi  harakatlarga 
yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi 
ksteriorizaiya
 deb yuritiladi.  
  Faoliyat  turlari  ongning  bevosita  ishtiroki  darajasiga  ko'ra  ham  farqlanadi. 
Ayrim xatti- harakatlar boshida har bir harakatni jiddiy ravishda, alohida-alohida 
bajarishini va bunga butun diqqat-e'tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin 
vaqt  o'tgach,  ongning  ishtiroki  kamayib,  ko'pgina  qismlar  avtomatlashib  boradi.
   
  Buyuk  mutafakkir  Abu  Nasr  Farobiy  shaxs  kamolotida  faoliyatning  mo'him 
o'rnini  alohda    qayd  etib,  uning    turlarini  bir  necha  bosqichlarga  ajratadi  va 
amalga  oshirish  usullari,  vaqt  va  fazoviy  ta'rifi,  fiziologik  mexanizmlari 
to'grisidagi  g'oyani  ilgari  suradi.  Bugungi  kunda  zamonaviy  pedagogikada  
insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan   tarbiyalash  masalalari    ustida 
tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda.  Ushbu izlanishlar  samarasi   har  tomonlama 
barkamol  shaxsni  shakllantirishga  mo‘ljallangan  strategiyalardan  iborat  bo‘lib, 
shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri -  bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon 


60 
 
etish, aqliy jihatdan  
 rivojlanish,  yoqtirgan  kasbi  bo'yicha    mehnat  qilish 
huquqini ro'yobga  chiqarishga mo‘ljallangan.   
 Ta'lim  xizmatlarining  iste'molchisi  sifatida  shaxsga  Davlat  tomonidan  
ta'lim  olish  va  kasb-hunar  tayyorgarligi  ko'rish  kafolotlanadi.  Ta'lim  jarayonida 
shaxs  Davlat    ta'lim  standartlarida  ifoda  etilgan  talablarni  bajarishi  shart.  Ta'lim 
xizmatlarining  amalga  oshiruvchi    sifatida  shaxs  munosib  darajada    malaka 
darajasini  olgach,  bilim  va  tajribalarni  ta'lim  jarayonida  yosh  avlodga    o'rgatish, 
moddiy  ishlab  chiqarish,  ilm-fan,  madaniyat  va  maishiy  xizmat  sohalarida 
faoliyat ko'rsatish  bilan shug'ullanadi. 
Har  bir  odam  faqat  ta'lim,  ijtimoiy  tarbiya  va  ma`naviy  kamolot,    kasb-
hunar  o'rganish tizimi vositasidagina  shaxs bo'lib shakllanadi.  
Natijada  shaxsning  ijtimoiy  kamol  topishi-  uning  jamiyat  uchun  foydali 
funkiyalarni bajarishi, o'z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy anglab, boshqalar 
bilan teng, mustaqill munosabatlarga kirishuvi yuz beradi. 
Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o'rni va roli, huquq va majburiyatlari  
qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib bayon etilgan.  
Pedagogikadagi eng asosiy  kategoriyalardan yana biri – 
tarbiyadir.
  
       Tarbiya  – 
uzoq muddatli,  ko‘p  xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi 
o‘rtasidagi  qo‘shaloq  jarayon  bo‘lib,    tarbiyalanuvchida 
aniq  maqsad  hamda 
ijtimoiy-tarixiy  tajriba  asosida 
muayyan sifatlar,  ko‘nikmalar shakllantiriladi va 
rivojlantiriladi
21
.    Tarbiyachi  o'zi  hohlagan  sifatlarni  tarbiyalanuvchilar  ongiga 
singdirish  uchun  ularning    ruhiyatiga  ma'lum  maqsadga  ko'ra  tizimli  ta'sir 
ko'rsatadi. 
       Jahon    pedagogikasida  «tarbiya»  atamasi  keng  qamrovli  tushuncha 
sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. 
Tarbiyani  kattalar  (o'qituvchilar,  murabbiylar  va  ota-onalar)ning  bolalarga  ta'sir 
ko'rsatish  jarayoni  sifatida tushunish eng ko'p  tarqalgan  tendeniyadir. Bu o'rinda 
kattalar  to'g'ri,  deb  hisoblaydigan,  baholaydigan  ideallar,  maqsadlar,  vazifalar, 
                                                           
21
 Абдуллаева Ш.А. Педагогика.-Тошкент: Фан, 2009.- 17-бет. 


61 
 
normalar  va  talablarga  muvofiq  tarzda  ta'sir  ko'rsatish  ko'zda  tutiladi.Tarbiyani 
bunday  tushunish  haqiqatga  yaqinroq,  biroq  u  bir  tomonlama  xususiyatga  ega 
bo'lib, mazkur  jarayonning  faqat  muayyan  qismini  aks  ettiradi, xolos. Tarbiyaga 
bunday ta'rif  berishda bolaga kattalarning ta'siri yo'n altirilgan ob'ekt sifatidagina 
qaraladi.Zamonaviy  pedagogika    tashabbuskor  va  mustaqil  shaxslarni 
tarbiyalashni  nazarda  tutib,  tarbiyalanuvchiga  pedagogik  jarayonda  faol  harakat 
qiluvchi  sub'ekt rolini beradi. 
         Islom  madaniyatining    tarkibiy  qismi-tasavvuf  (sufizm)  falsafasida  inson 
ma'naviyatining,  ruhiyati  o'ziga  xos  uslublar  orqali  aks  ettirilgan.  Hazrat  Abu 
Hamid Al-G'azzoliy, Attor, Aqmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin 
Naqshband, Najmiddin Kubroning ta'lim  -tarbiyaga, xulq axloqiga oid qarashlari, 
Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», «Kitob al musiqi al kabir», «Katta 
musiqa», «Ritmlar tartibi xaqida»,  Beruniyning «Masud Qonuni», «Hindiston», 
«Qadimiy  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»,  «Saydona»,  «Axloq  xaqida 
risola»sidagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar, 
 Abu  Ali  ibn  Sinoning  «Tadbiri 
manozil», «Axloq xaqida risola», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Xay ibn 
Yakzon», «Tib qonunlari»,  
Alisher  Navoiyning:  «Makorim  ul-axloq», 
(«Mukarram  xulklar»),  «Badoiy  ul-bidoya»,  («Go'zallikning  boshlanishi»), 
«Navodir  un-Nihoya»,  («Nodirliklar  nihoyasi»),  «Xazoyin  ul-Maoniy», 
(«Ma'nolar  xazinasi»)  asarlarida  insonni  tarbiyalash  g'oyalari  hozirgi  zamon 
g‘oyalari bilan hamohandir. 
  Abdulla Avloniy, Maxmudxuja Beqbudiy, Xamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla 
Qodiriy, Abrauf Fitrat, Cho'lpon asarlaridagi ma'naviy-ma'rifiy qarashlar bugungi 
kunda  ham  o'z  ahamiyatini  yo'qotgani    yo'q.  Buyuk  ma'rifatparvar  ziyolilarning 
g'oyalari  milliy  g'oya  va  istiqlol  mafkurasining  teran  tomirlari  bo'lib  qolaveradi. 
Demak, tarbiyada pedagogik muhit muhim ahamiyat kasb etadi 
 


62 
 
 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelida  shaxs  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh 
subekti va obekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi sifatida ta'riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-
axlohiy  jihatdan  tarbiyalash,  uning  har  tomonlama  rivojlangan  shaxs  sifatida 
namoyon  bo‘lishiga  erishishni  nazarda  tutadi. Mazkur  ijtimoiy  talabning  amalga 
oshirilishi  har  bir  fuqaroning  bilim  olish,  ijodiy  qobiliyatini  namoyon  etish, 
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat 
qilish huquqni kafolatlaydi. 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish