Mavzu: Fransiya va Ispaniyada Uyg`onish davri adabiyoti
Reja:
1. Fransiyada reformatsiya harakati
2. Dastlabki gumanistik qarashlar
3. Fransua Rable ijodi
Adabiyotlar:
103
Aim.uz
1.F.Boynazarov. Jahon adabiyoti. T., 2006.
2.Servantes. “Don Kixot”. T., 1991.
3.O.Qayumov. Chet el adabiyoti tarixi. T., 1996.
XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrlarda Fransiyada Uyg`onish davri hukm surdi.
Fransiya Uyg`onish davrining maydonga kelishida Italiyada yuz bergan Uyg`onish davri
samarali ta'sir ko`rsatdi. Fransiya qiroli Karl 8 1494 va uning merosxo`rlari tomonidan
Italiyaga qilingan harbiy yurishlari davrida frantsuzlar o`zlari uchun ko`p ma'naviy oziq
oladilar. Natijada Italiya uslubida ko`plab qurilish inshootlari qurila boshlandi. Parij, Lion
va Navrridagi qator shaharlar Frantsuz Uyg`onish davrining beshiklariga aylandi. Gilom
Byude 1468-1540 tomonidan yangi universitet ochildi. Bu oliygoh XIII asrdan boshlab
ishlab kelayotgan Sorbonni dorilfununidan o`zining yangicha o`qitish tuzumi bilan keskin
farq qilardi. Ma'lumki, Uyg`onish davri o`zining gumanizmi bilan alohida ajralib turadi.
Fransiya Uyg`onish davri gumanizmi ham o`ziga xos xususiyatlari bilan insonni ulug`lab,
uning orzu umidlari uchun kurash olib bordi. Insonparvarlik g`oyasi katolik cherkovining
notug`ri siyosatiga qarshi qaratilgan bo`lib, dinni isloh qilish uchun boshlagan
Reformatsiya kurashining bayrog`ini baland ko`tardi. F.Engels «Roman xalqlarida
arablardan o`tgan va yangidan kashf etilgan grek falsafasi bilan sug`orilgan quvnoq fikr
erkinligi tobora ko`proq tomir yoya boshladi; bu erkinlik esa 18 asr materializmini
hozirlab bordi»,-deganda frantsuz gumanistlarining ham harakatini ko`zda tutgan edi.
Xullas, frantsuz Uyg`onish davrining odimlashida antik dunyo adabiyoti va italiya hamda
boshqa Ovro`pa mamlakatlarida sal oldinroq yuz bergan Renessans samarali ta'sir
ko`rsatdi. XVI asrda o`zining yanada gullab yashnagan pallasiga kirgan frantsuz
Uyg`onish davrining Rable, Maro, Margarita Navarraskaya, Ronsar kabi qator yirik
vakillari frantsuz adabiyoti va gumanizmini baland chuqqiga ko`tardilar. Margarita
Angulemskaya frantsuz qiroli Frantsisk 1ning singlisi bo`lib, birinchi eri vafot etgandan
so`ng Navrra qiroli Genrix d Albrega turmushga chiqadi va Margarita Navrraskaya (1492-
1549) nomini oladi. U adabiy tugarak ochib, o`z atrofiga ko`plab adabiyot va madaniyat
vakillarini to`playdi. U ko`pgina «Dinsizlikda» ayblangan protestantchilarga homiylik
qiladi. Margarita turli adabiy janrlarda ijod qiladi. Uning «Xeptameron» degan
Bokkachchoning «Dekameron» asarita'sirida yozgan ajoyib-g`aroyib hikoyalarini o`z
ichiga olgan. Margarita hammasi bo`lib 72 hikoyani yozib ulgurgan, xolos. Bevaqt o`lim
unga «Dekameron»dagidek 100 hikoya yozishga imkoniyat bermagan.Agar «Dekameron»
da ko`prok ajoyib-g`aroyib, ba'zida esa ertaksimon voqealar aks etgan bo`lsa,
«Xeptameron» da ko`proq oilaviy maishiy tomondagi hayotiy hikoyalar bayon
etiladi.Margaritaning 5, 22, 31, 72 novellalarida monaxlar fosh etilsa, 2, 5, 6, 7,
novellalarida xalq ichidan chiqqan jasoratli ayollar hayoti tasvirlanadi.
«Xeptameron» Kotre kurortiga dam olish uchun borgan bir qancha erkak va ayollar
Fransiyaga qaytayotganida yul va ko`priklarni suv olib ketib, falokat yuz berishi voqealari
bilan boshlanadi. Falokatdan qutilib olgan 5 erkak va 5 ayol Natr-Dam de Serrans
abbatligida to`planishib hikoya aytish bilan kecha kunduzni o`tkazadilar. To yullar qurib,
ko`priklar tuzatilguncha ular bu yerda qamalib o`tirishga majbur bo`lishadi. Umuman, bu
hodisalar haqiqatan Margarita Navarraskaya va uning qarindosh-urug`larining kurortdan
qaytishida yuz berganligini adabiyotshunoslar ta'kidlashgan.
Margaritaning adabiy to`garagi a'zolaridan Kleman Maro (1496-1544), Bonaventura
Depere (1510-1544) kabi a'zolari ham Uyg`onish davrining ko`zga ko`ringan ijodkorlari
104
Aim.uz
sifatida tanildilar. Ular yaratgan «Lyuben og`a», «Tinchlik Kimvali» kabi asarlarida ham
satira, ham yumoristik lavhalarida ba'zi bir monaxlarning hatti-harakati tanqid qilinib,
adiblarning oddiy mehnatkashga xayrixohlik qilishi sezilib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |