O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

«fiziokratizm  tizimi  qanchalik 
nomukammal bo„lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g„oyalar 
ichida  haqiqatga  eng  yaqini  edi»,
  –  deb  aytgan.  Bu  ta‘limotning 
merkantilizmni  inkor  qilishi,  mehnat  bilan  yer  boylikning  asosi 
ekanligini tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklovlarini bekor qilishni 
taklif  etishi nihoyatda muhimdir.  Fiziokratlarning  boylik  tezisi  ayniqsa, 
uni  yaratishdagi  mehnatning  ahamiyati  diqqatga  sazovor:  boylik  –  bu 
jamiyat  mehnati  bilan  har  yili  yaratilgan  iste‘mol  qiymatlari 
yig‗indisidir. Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan.  
 
Kapital  va  uning  ikki  qismga  ajratib  ko‗rsatilishi  (asosiy  va 
aylanma),  takror  ishlab  chiqarish  jarayonining  tahlil  qilinishi,  erkin 


107 
 
sohibkorlik  to‗g‗risidagi  g‗oyalar,  jamiyatning  sinflarga  ajratilishi 
iqtisodiy ta‘limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir.  
 
Qishloq 
xo‗jaligini 
rivojlantirish 
uchun 
erkin 
bozor 
munosabatlariga 
o‗tish  va  dehqonchilikdan  olinadigan  soliqni 
kamaytirish zarurligi, yagona soliq tizimiga o‗tish kerakligi to‗g‗risidagi 
fikrlar  nihoyatda  qimmatlidir.  Chunki  sohibkor  va  tadbirkorlar  shaxsiy 
manfaatdorlik  bo‗lgan  sharoitda  ishlab  chiqarishni  tez  rivojlantirishga 
intiladilar.  Hozirgi  zamon  tili  bilan  aytganda,  fiziokratlar  sof  bozor 
munosabatlarining unsurlarini asosan to‗g‗ri hal etib berdilar. 
 
Xalq  xo‗jaligi  tarmoqlari  o‗rtasida  muayyan  mutanosiblik bo‗lgan 
sharoitda  takror  ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  jarayonining  uzluksiz 
davom  etishi  mumkinligi  aniqlab  berildi.  Bu  muammoni  hal  etishda 
fiziokratlar 
tomonidan 
mamlakatdagi 
uch 
sektor 
o‗rtasidagi 
munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda ayniqsa, hozirgi davrda 
bunday  sektorlar  juda  ko‗p  bo‗lib,  ular  o‗rtasidagi  aloqalar  Nobel 
mukofoti  sohibi  V.  Leontevning  «xarajatlar  -  ishlab  chiqarish» 
balansidan tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday balans 
tarmoqlararo  balans,  deb  yuritiladi  va  makroiqtisodiy  tahlilda  va 
umuman  iqtisodiyotda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Undagi  g‗oyaning 
kurtaklari  fiziokratlar  asarlarida  yaratilgan  bo‗lib,  u  klassik  iqtisodiy 
maktab  ta‘limoti  zanjirining  ajralmas  qismi  sifatida  muhim  o‗rin 
egallaydi.  
 
Shu  bilan  birga  hozirgi  zamon  iqtisodiy  ta‘limotlari  nuqtayi 
nazaridan  fiziokratizm  g‗oyalari  o‗z  ahamiyatini  tezda  yo‗qotdi  va 
o‗tkinchi  xarakterga  ega  bo‗ldi.  Chunki  jahon  ijtimoiy  va  iqtisodiy 
hayotidagi  o‗zgarishlar  nisbatan  mukammal  g‗oyalarning  ishlab 
chiqilishi  zarurligini  taqozo  etdi  va  bu  amalda  ro‗y  berdi.  Ayniqsa, 
boylikni  faqat  dehqonchilik  bilan  bog‗lab  tushuntiruvchi  fiziokratizm 
g‗oyalari  sanoat  inqilobi  natijasida  yuz  bergan  o‗zgarishlar  tufayli  tez 
unutilayozdi.  Bu  holat  iqtisodiyot  osmonidagi  yorqin  yulduzning 
so‗nishini eslatadi.  
Fiziokratlar  Kenening  iqtisodiy  jadvalini  o‗zlarining  nazariy 
yutuqlarining  gultoji,  deb  hisoblashadi.  Iqtisodiyotdagi  turli  tarmoqlar 
o‗rtasidagi  pul  daromadlari  tasviri  va  sof  mahsulotning  yillik 
aylanmasini  yaqqol  tasvirlab  bergan  Kene  jadvali  iqtisodiyot  rivojida 
yirik  metodologik  olg‗a  siljish  sifatida  tan  olinadi.  Fiziokratlar 
iqtisodiyotning  turli  tarmoqlari  o‗rtasidagi  bog‗liqlikni  nazariy  jihatdan 
o‗rganish  bilan  chegaralanmay  ularning  o‗lchamini  –  miqdorini 
aniqlashga harakat qilishgan.  


108 
 
Bu  iqtisodiy  jadval  iqtisodiyotning  turli  sektorlaridagi  o‗zaro 
bog‗liqlikni  ko‗rsatib  bergan.  Keyingi  merkantilistlarning  ba‘zilari  bu 
bog‗liqliklarni  o‗rganib  chiqdi  va  ularning  ta‘siridagi  umumlashma 
Adam  Smit  izlanishlariga  asos  bo‗ldi  hamda  bozor  iqtisodiyoti 
ta‘limotini to‗ldirdi.  
Fiziokratlar  nazarida  hukumatning  ko‗plab  qarorlaridan  eng 
omadsiz  qarori  Fransuz  g‗alla  eksportiga  qo‗yilgan  taqiq  edi.  Ularning 
fikricha, bu qaror Fransiyada g‗alla narxini past darajada ushlab turdi va 
shuning  uchun  qishloq  xo‗jaligi  rivojiga  to‗siq  bo‗ldi.  Fiziokratlar 
manufakturaning  rivojlanishini  taxmin  qila  olishmaganligi  sababli 
hukumatning  aralashmaslik  siyosati  Fransiya  qishloq  xo‗jaligida  feodal 
iqtisodiyotning  kichik  xo‗jaliklari  yiriklashib,  bamisoli  rivojlanishga 
olib keladi, degan xulosaga kelishgan. Shu sababli Fransiya iqtisodining 
boyligi  va  qudrati  o‗sadi.  Merkantilistlar  sof  mahsulot  ayriboshlash, 
xususan  ayriboshlashning  xalqaro  shakllari  natijasida  yuzaga  keladi, 
shuning uchun siyosat qulay savdo balansini ta‘minlashga yo‗naltirilgan 
bo‗lishi kerak, deb ta‘kidlashadi.
19
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish