Abu Rayhon Muhammad
ibn Ahmad
al-Beruniy
(973-1048).
48
belgilash―ga doir bo‗lib, kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer
aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan.
Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga
qiziqqanlar va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan.
Miloddan avval
oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk
olimlar Yer dumaloq va shar
shaklida, degan fikrni aytganlar.
Bagʻdodda tashkil topgan ―Donishmandlik uyi‖ nomli oʻsha davrning
fanlar akademiyasida O‗rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy,
Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib
borganlar. Beruniy ham shu ―Donishmandlik uyi‖ning aʼzosi boʻlib, u
yerda 7 yil ishlagan. Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar― uning Joʻrjon saroyida xizmat qilgan
davrida yaratiladi. 1000-yili tugallangan bu asar muallifning koʻp qirrali
olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi.
Muallifning ilmiy adabiyotlarda
qisqacha
―Geodeziya‖deb
yuritiladigan ―Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun
joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash‖ nomli astronomiya va
geografiyaga
bagʻishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi.
Beruniyning ―Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar‖ asari
ham 1029-yilda Gʻaznada yoziladi. Oradan bir yil oʻtgandan soʻng u
oʻzining ―Hindiston‖ nomi bilan tanilgan ―Hindlarning aqlga sigʻadigan
va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash‖ kitobini
yakunlaydi. Bunda
Beruniy hozirgi Amerika qitʼasining mavjudligini Kolumbdan bir necha
asr avval ilmiy asoslab bergan.
Olim yashagan davrdagi munosabatlar,
ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi,
sug‗orish inshootlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi.
Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo‗lishi va uni
qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg‗unlashib
ketadi. Uning fikriga ko‗ra kishilar o‗z zaruriy ehtiyojlarini qondirish
uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar
turli-tuman va ko‗p bo‗lganligi uchun insonlar birlashgan holda turarjoy
va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u
davlatning paydo bo‗lishini ham ehtiyoj tufayli, deb o‗ylagan. Eng
muhim g‗oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan
yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim
bo‗lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan
belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o‗ziga xos bo‗ladi va inson
ahli ularga rioya qilmog‗i darkor, aks holda nizom va bir xillik yo‗qolsa,
49
tartib ham yo‗q bo‗ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand. Olimning
fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish
mumkinki, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson
avvalo, halol mehnati bilan ulug‗lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi
ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o‗rganmoq
uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va
takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib,
ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini
ko‗rsatib berdi. Binokor, ko‗mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari
mehnatini og‗ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat zahmatkashlari
mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o‗qish eng kerakli mehnat ekanligini
isbotlaydi. Shunga ko‗ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar
ko‗payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar
uchun bo‗lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati
usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi).
Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga
qarshi bo‗lgan, chunki bunday mehnatning samarasi pastdir. Meros
bo‗lib avloddan avlodga o‗tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniy og‗ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya‘ni konda ishlovchilar, yer
ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar ularga berilishi kerak bo‗lgan
imtiyozlar va ish haqi to‗g‗risida «Minerologiya» asarida keng mulohaza
yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yerostidagi kon ishlariga alohida e‘tibor
beriladi, yerosti konlarini mustahkamlash (falokatning oldini olish
uchun), yerosti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib
chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon
atrofida konchilar qishlog‗ini barpo etish zarurligi ko‗rsatiladi.
Yerosti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat,
ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab
va og‗ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish
asosida yo‗lga qo‗yilmog‗i kerak,deydi olim. Xuddi shu o‗rinda Beruniy
ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar
kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning ahvoli,
shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g‗oyalarni
ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog‗lanadi.
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa
narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o‗lchab beruvchi usta bo‗lib,
uning oldida billurning mayda va katta bo‗lakchalari to‗plangan. U ana
50
shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi
buyum yasashni o‗ylab o‗lchab, belgilab chiqadi. Shundan keyin uni
yasovchi hunarmandga beradi, bu usta birinchi usta aytganidek qilib
buyumlarni yasay boshlaydi.
Olim shu yerda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko‗rsatadi.
Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan
rag‗banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta‘kidlanadi. Bu aslini
olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi o‗zidir. Uningcha, ayniqsa,
yerga ishlov berib, rizq-ro‗z yaratuvchilarga mehribon bo‗lish kerakligi
ko‗rsatiladi. Ana shu g‗amxo‗rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi
va yer hosildor bo‗ladi, moddiy ne'matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat
manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam
Smit tomonidan to‗laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar esa tiriklik
asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo‗ladi, deydi
olim (bu yerda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi
ko‗tariladi).
Agar kishilar to‗q bo‗lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning
vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o‗rtasida haqiqatni, kuchli
bilan kuchsiz o‗rtasida tenglikni o‗rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi
olim. Mehnatning ixtiyoriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o‗rtasida xulq-
atvor, hurmat-e‘tibor uchun muhim va zarurdir. Shuningdek, uning
asarlarida bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri – tanlash
va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.
Beruniy o‗gitlaridan:
Har bir yangi narsada lazzat bor.
Ne‘matning qadri u yo‗qolgandagina bilinadi.
Bugunning chorasini ko‗rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi
aqllidir.
Asalarilar ham o‗z jinsidan bo‗laturib ishlamay, uyadagi asalni
bekorga yeb yotadiganlarini o‗ldirib tashlaydilar.
Ikkala da‘vogar rozi bo‗lishibdi-yu, qozi rozi bo‗lmabdi.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‗am-g‗ussa
bo‗lmaydi.
Haddan ortiq g‗azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf
obro‗ni ketkazadi.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |