Qat‟iy belgilangan paritet va kurslar nazariyasi
Bu nazariya tarafdorlari (J.Robinson, J. Bikerdayk, A.Braun,
F.Grexem) qat‘iy belgilangan paritet rejimini qo‗llashni taklif qilishgan.
Bunda to‗lov balansi muovazanatini saqlash uchungina kursning
o‗zgarishiga yo‗l qo‗yilgan. Ularning fikricha, valyuta kursining
o‗zgarishi – to‗lov balansini tartibga soluvchi samarali vosita emas,
chunki tashqi bozordagi narxlarning o‗zgarishiga valyuta kursining
o‗zgarishi yetarlicha ta‘sir qilmaydi. Bu nazariya Bretton-Vuds tizimi
prinsiplarida o‗z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |