G.Myurdal, angliyalik T.Balog, Fransiyalik F.Perru, braziliyalik
S.Furtado, amerikalik U.Lyuis va Xirshmanlar
ham ilgari surgan. Bu
iqtisodchilarning qiyosiy ustunlik nazariyasiga tanqidiy qarashlari
asosan uning metodologiyasiga qaratilgan. Ularni mazkur nazariyadagi
ikkita jihat qanoatlantirmagan.
Birinchidan, qiyosiy ustunlik nazariyasi muvozanatlik prinsipi
asosida qurilgan. Uning tarafdorlari tadqiqotida iqtisodiy jarayonlar
mayatnik harakatiga o‗xshatiladi, ya‘ni muvozanat kuchlarining
buzilishi ertami, kechmi uning avvalgi yoki ancha yuqori darajada qayta
tiklanishi bilan tugallanadi. Haqiqatda esa unday emas, deb hisoblaydi
yuqorida ko‗rsatilgan iqtisodchilar va muvozanatlik yondashuviga
kumulyativ (harakatning bir tomonga yo‗naltirilishi) prinsipini qarshi
qo‗yadi. ―Agar bir omil o‗zgarsa, deb yozadi G.Myurdal, unda ikkinchi
bir omilda albatta o‗zgarish bo‗ladi. Natijada o‗zaro ta‘sir ko‗rsatishning
kumulyativ jarayoni kuchaydi... yoki qandaydir bir omilning o‗zgarishi,
qanday sababdan bo‗lishidan qat‘iy nazar kumulyativ samaraning yalpi
ta‘siri tufayli barcha tizimni muayyan yo‗nalishda harakatga keltiradi‖.
Boshqacha qilib aytganda, buzilgan muvozanat avtomatik tarzda qayta
305
tiklanmaydi, balki nomuvozanatlikni kuchaytiruvchi va tizimda sifat
o‗zgarishiga olib keluvchi kuchlarni kelitirib chiqaradi.
T.Balogning ―Teng huquqli bo‗lmagan sheriklar‖ asarida
nomuvozanatlikning kuchayishi to‗g‗risida so‗z yuritiladi. Unda xalqaro
savdo jarayonida rivojlangan va qoloq mamlakatlar o‗rtasidagi
uzulishning kuchayib borishi, bunday savdo ishtirokchi mamlakatlar
iqtisodiyotini o‗zaro to‗ldirib borishiga ta‘sir ko‗rsatmasligi, balki
daromadlar va resurslarni jamg‗arish va taqsimlash imkoniyatlaridagi
kumulyativ tengsizlikning kuchayishini kelitirib chiqarishi ko‗rsatib
beriladi. Garchi xalqaro savdo natijasida jahon daromadlari ko‗payib
borishi mumkin bo‗lsada, shunga qaramay, kambag‗al hududlarning
qashshoqlashuvi kuchayib bormoqda. Ancha rivojlangan mamlakatlarga
kelsak, savdo ularning resurslarini ko‗paytirib, ustunligini yana ham
oshirmoqda.
T.Balogning
mulohazalarini
mantiqan
oxiriga
yetkazgan
S.Furtadoning fikriga ko‗ra xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik
huquqi shu darajaga borib yetdiki, rivojlanayotgan mamlakatlarni
xo‗jalik subyektlari sifatida gapirish biron ma‘no kasb etishi qiyin.
Xalqaro milliy korporatsiyalarning paydo bo‗lishi bilan qoloq
mamlakatlar o‗z mohiyatiga ko‗ra iqtisodiy suverenligini yo‗qotdi, jahon
kapitalistik xo‗jaligining ―qaram podsistemasiga‖ aylandi. Furtado qayd
qilib o‗tganidek: ―Qoloq iqtisodiyotda rivojlanish ko‗pincha xorijiy
korxonalarning keng tarqalishiga bog‗liq bo‗ladi va shu ma‘noda bunday
rivojlanish ―xalqaro‖ hisoblanadi. Ushbu xorijiy korxonalarning
faoliyati ko‗rilayotgan podsistema tashqarisida qabul qilinadigan
qarorlarga asoslanadi‖.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi metodologiyasi tanqidining ikkinchi,
asosiy yo‗nalishi iqtisodiyotning ijtimoiy o‗lchamiga qaratilgan. Xalqaro
mehnat taqsimotining neoklassik konsepsiyasi tarafdorlarli ham,
―mahsulotning hayotiy sikl‖ nazariyachilari ham xo‗jalik yuritishning
ijtimoiy masalalarini nazardan chetda qoladirishgan. Ijtimoiy masalalar
esa, tanqidiy yo‗nalish vakillarining ta‘kidlashicha, ―sof iqtisodiy‖
faoliyatga o‗ziga xos tarzda ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqorida aytilganlarni
U.Lyus quyidagi misolda tasdiqlab beradi.
Rivojlangan va Qoloq ikki mamlakat tayyor mahsulot va xomashyo
ayirboshlaydi, deb faraz qilamiz. Agar ―sof‖ neoklassik nazariya nuqtayi
nazaridan olib qarasak, unda ayirboshlash shak-shubhasiz o‗zaro
foydali, deb tan olinadi. Lekin kam rivojlangan iqtisodiyotning o‗ziga
xosligini hisobga olib salgina o‗zgartirish kiritsak, xulosa butunlay
306
boshqacha chiqadi. Ko‗pchilik qoloq mamlakatlarda juda past mehnat
unumdorligiga asoslangan ancha ko‗p natural xo‗jalik sektori amal
qiladi. U yerda ish haqi past bo‗lganligi sababli ortiqcha ishchi kuchi
eksport sektoriga doimo oqib o‗tadi. Shuning uchun rivojlanayotgan
mamlakatlar eksport sektorida unumdorlik qanchalik oshmasin, undagi
ish haqi darajasi baribir natural xo‗jalikdagi past mehnat unumdorligi
bilan aniqlanadi. Modomiki eksport sektor tadbirkorlarning foydasi,
U.Lyus bo‗yicha, xalqaro miqyosda tenglashar ekan, mehnat unum-
dorligining o‗sishi natijalaridan rivojlangan mamlakatlar iste‘molchilari
foyda ko‗radi. Birining ikkinchisi tomonidan ekspluatatsiya qilinishi
ko‗rinib turibdi.
Xo‗jalikni boshqarishning ijtimoiy jihatlari tahlili tanqidiy yo‗nalish
tarafdorlarining ta‘kidlashicha, o‗zaro tartib yondashuvini taqozo etadi,
ya‘ni iqtisodiy jarayonlarning huquqiy, siyosiy, madaniy an‘analar,
psixologiya va shu kabilar bilan o‗zaro ta‘sirini o‗rganish talab qilinadi.
Bunday metodologik ko‗rsatma ba‘zi bir ijobiy natijalarga erishishga
imkon berdi. Masalan, mustamlakachilik hukmronligi va mustamlaka-
chilikning yemirilishi davridagi jahondagi yetuk mamlakatlar siyosatini
konkret tadqiqot qilish asosida G.Myurdal, F.Perru va ularning
hamkasblari qaram mamlakatlarda aniq maqsadga yo‗naltirilgan
asimmetrik
(muvozanat
buzilgan)
iqtisodiyotni
shakllantirish
mexanizmini ochib berdi va shu bilan ―uchinchi dunyodagi‖ og‗ir,
mushkul ahvol uchun javobgarlikning bir qismi kimning bo‗yniga
tushishini ishonarli qilib ko‗rsatib berdi.
G.Zinger, T.Balog, S.Furtadolarning ―namoyish samarasi‖ atalmish
tahlili o‗zaro tartib yondashuvini unumli qo‗llashga yana bir misol bo‗la
oladi. Bu iqtisodchilarning kuzatishi bo‗yicha, qoloq mamlakatlarga
eksport qilinayotgan tovarlar bu yerda nafaqat iste‘mol buyumlari
vazifasini o‗taydi, balki yuqori rivojlangan mamlakatlar turmush tarzi
to‗g‗risida axborot tarqatish vazifasini ham o‗taydi va bu mahalliy
aholining ancha boy qatlamiga ―namoyish ta‘sirini‖ o‗tkazadi. Yer
egalari, burjuaziya va amaldorlar rivojlangan mamlakatlarning iste‘mol
andozalarini qabul qilishga kirishadi. Natijada avvalari ko‗p daromad
egalarining iste‘moli uchun import qilinadigan tovarlar endi mahalliy
sanoat tomonidan ishlab chiqarilishi kuchayadi. Shu bilan zaruriy
buyumlarni ishlab chiqarish uchun mo‗ljallangan kapital qo‗yilmalari
qisqaradi. Bunday jadal ―rivojlanish‖ nega ko‗pincha aholi turmush
darajasining pasayishiga olib kelishi shunday ko‗rinib turibdi.
307
Tanqidiy yo‗nalish vakillari qiyosiy ustunlik nazariyasining
kamchiliklarini ishonarli qilib ko‗rsatib bersada, ular mazkur nazariyaga
qarshi muqobil raqobatbob nazariya tavsiya eta olmadilar. Ularning
batafsil ishlab chiqilgan konsepsiyasi bo‗lmaganligi sababli, ulardan
faqat ayrim metodologik elementlarni, nazariy g‗oyalarni olish mumkin.
Masalan, G.Zinger bo‗yicha xomashyo va mehnatni iqtisod qiluvchi
yangi texnika yuqori rivojlangan mamlakatlar muammosini yechish
uchun mo‗ljallangan. Demak, uni rivojlanayotgan mamlakatlarda
qo‗llash ularning manfaatlariga javob bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |