Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari
Odamlar o‗zida naqd pul bo‗lishini xohlashi tushunchasini J.M.
Keyns
“likvidlik ustunligi”
deb atagan. Agar yangi klassiklarda pul
zaxirasini jamg‗arish noratsional hisoblansa, J.M. Keyns bo‗yicha esa,
bunday jamg‗arma bo‗lajak xo‗jalik vaziyatini prognozlashtirib
bo‗lmasligi, xo‗jalik xatari mavjudligining muqarrar natijasidir. O‗z
ishlarining yurishmay qolishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik
kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Bundan tashqari yuqori likvidlik
moliyaviy aktivlar moliya bozoridagi «o‗yinda» muayyan ustunlik
berishi mumkin: qimmatli qog‗ozlarning kursi pasayganda ularni tezda
sotib olish uchun naqd pullar asqotadi.
Kishilarning o‗z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi
J.M.Keyns bo‗yicha quyidagi sabablarga bog‗liq:
– xarid qilish zarurligi (transaksion motiv);
– kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan);
240
– chayqovchilik sababi (motivi).
Birinchi ikkita sababni pulning miqdoriy nazariyasining Kembrij
varianti tarafdorlari ko‗rsatib o‗tgan. J.M. Keyns bo‗yicha birinchi ikkita
sababdan boshqa chayqovchilik motivi ham naqd pulga bo‗lgan talabni
kuchaytiradi. Odamlar qimmatli qog‗ozlarni sotib olish uchun ularning
kursi pasayishini kutadi. Bunday vaziyat odamlarni o‗z qo‗llarida ancha
likvidli mablag‗ – naqd pullarni ushlab turishga undaydi.
Foiz stavkasi past bo‗lganda qimmatli qog‗ozlar kursi yuqori
bo‗ladi. Foiz stavkasi ko‗tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasayadi.
Demak, chayqovchilik funksiyasi likvidligi foiz Me‘yoriga bog‗liq. Foiz
Me‘yori qancha past bo‗lsa, chayqovchilik motivi bo‗yicha naqd
mablag‗larga talab shuncha yuqori bo‗ladi. Foiz Me‘yori qancha yuqori
bo‗lsa, naqd pulga talab shuncha past bo‗ladi (yuqorida ko‗rsatilgan
sabablarga ko‗ra).
Shunday qilib, pulga bo‗lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil
topadi:
a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib
chiqadigan funksiya);
b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funksiyasi):
Dm = f (Y,R).
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi
sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog‗ozlar – jamg‗arma to‗plash-
ning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari bexatar
hisoblangan naqd ko‗rinishdagi o‗ziga xos sug‗urta fondi zarur.
Pul massasi va foiz stavkasi.
Keynscha modelda baholar
o‗zgaruvchan emas. Shuning uchun pul massasining ko‗payishi ishlab
chiqarish darajasiga baholarning o‗sishi orqali emas, balki foiz stavkasi
orqali ta‘sir ko‗rsatadi. Agar yangi klassiklar pul massasi makroiqtisodiy
jarayonlarga faqat «to‗g‗ri» ta‘sir ko‗rsatish mexanizmini, Viksell - ham
«to‗g‗ri» ham «egri» mexanizmlarini tadqiq qilgan bo‗lsalar, J.M.Keyns
esa e‘tiborni faqat «egri» mexanizmga qaratdi.
Foiz stavkasi ikkita sababga ko‗ra o‗zgarishi mumkin: yo o‗z
aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turgan kishilarning
psixologik kayfiyatidagi o‗zgarishlar oqibatida (pulga bo‗lgan talab egri
chizig‗ining siljishi), yoki pul massasining o‗zgarishi natijasida (pul
taklifi egri chizig‗ining siljishi). Agar foiz stavkasi R
1
darajada
o‗rnatilgan bo‗lsa (10.1-chizma), unda uning R
2
darajaga pasayishi faqat
pulga bo‗lgan talab egri chizig‗i chapga (D
2
) siljigandagina yoki pul
taklifi egri chizig‗ining o‗ngga (S
2
) siljishi natijasida sodir bo‗ladi.
241
Do'stlaringiz bilan baham: |