Tasviriy (deskriptiv) tilshunoslik oqimi
— tilni formal usullar
yordamida o'rganish oqimi. Bu oqimning turli ko'rinishlari mavjud.
Ulardan biri Amerika deskriptiv tilshunosligi bo'lib, uning ko'zga ko‘-
ringan namoyandlari: L.Blumfild, Z.Xarris, G.Glisson va boshqalar.
Kopengagen maktabi (Glossematika struktural oqimi
— datcha
“glossema” — “til” ma’nosidan) — Daniya tilshunosligidagi struktural
oqim. Bu maktab tilning ichki qurilishidagi umumiy xususiyatlami
tekshiruvchi metodlami taklif etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |