qabul qilinadi. Davlat tili ommaviy axborotda, matbuotda, sud
va prokuraturada, barcha davlat tashkilotlari, o'quv maskanlari
va boshqa muassasalarda qo'llanadi. Tilni xalq yaratgan va
uning adabiy va davlat tili sifatida qo'llovchi ham xalqdir.
Davlat tilining erkin rivojlanishini va uning xalq xo'jaligining
turli sohalarida qo‘llanishini ta’minlash til siyosatining asosiy
vazifasi hisoblanadi.
Adabiy tilning ma’lum situatsiyada qo'llanuvchi varianti
uning funksional stili deb ataladi. Funksional stillar til
shunoslikning ifodali vositalarini o'rganuvchi bo'limi bo'lmish
stilistikada o'rganiladi. Tilning funksional stillari: rasmiy-ish
stili, kundalik og'zaki nutq stili, ilmiy-texnik stil, diniy stil, badi
Do'stlaringiz bilan baham: |