so‘zlashadigan nivx tili.
Tillaming geniologik tasnifidagi oila-guruh, kichik guruh va
nihoyat til shaklida berish shartli hisoblanadi. Chunki tillar
o'rtasidagi
genetic aloqalami chuqurroq o'rganish asosida
yangicha guruhlash mumkin bo'ladi. Hozirgi jahon tillari taxmi-
nan ikki yuzta til oilalaridan iborat bo'lsa, ulardan 22 tasi
Yevraziyaga (Ovrupo va Osiyoga), taxminan 20 tasi Afrikada,
qolganlari Amerika, Avstraliya, Yangi Gvineyaga to'g'ri keladi.
Tilshunoslik fanining rivojlanishi borasida til oilalari ham
qisqaradi, o'zgarishlar ro'y beradi. Bir necha til oilalarini bir-
lashtirib makrooila deb ataladi. Bunday makrooilaga bir-biri
bilan
qarindoshligi hali aniqlanmagan tillar ham birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |