Jahon tillarida N + V konstruksiyasi alohida ahamiyatga
ega. Unda ot — ega, bajaruvchi shaxsni, fe’l — kesim, ish-
harakatni ifodalaydi va u predikativ
konstruksiya
deb ataladi.
Boshqa konstruksiyalarda ham ega va kesim shu tartibda
aniqlanadi, lekin uning tarkibidagi boshka bevosita tashkil etuv-
chilar o‘z vazifasiga ko‘ra tasnif etiladi. Jahondagi ba’zi tillarda
predikativ konstruksiyani hosil qilish fe’lning turiga bog'liq.
Xususan, ko'pgina kavkaz tillarida alohida
ergativ konstruksiya
mavjud bo'lib, unda bajaruvchi shaxsni ifodalovchi so'z ergativ
kelishikda bo'ladi va ikkinchi o'rinni ish-harakat о ‘mini ifo
dalovchi ot egallaydi. Ya’ni: К (erg) + N (bosh kel.) + V
Do'stlaringiz bilan baham: |