i-miz-da-gi. Bunda -lar — ko'plik shaklini ko'rsatuvchi
qo‘shimcha, -i — egalik shaklini ifodalovchi qo'shimcha, -miz
— shaxs-son qo‘shimchasi, -da — o‘rin-payt va -gi — chiqish
kelishiklari qo‘shimchalari hisoblanadi.
“Paxtakor” so'zidagidek -kor suffiksi yordamida yasalgan
bunyodkop, lavlagikor kabi shaxsning kasbini ifodalovchi so‘zlar
mavjud.
Binobarin, -kor suffiksi yordamida yasalgan so‘zlar guruhi
va ulami har biridagi umumiy ma’no grammatik ma’no
hisoblanadi. So‘zlaming grammatik ma’nosini ifodalay oluvchi
maxsus til vositalari qatoriga otlarda qo'llanuvchi kelishik, son,
egalik, shaxs, son, mayi kabilarni ifodalovchi qo'shimchalar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |