yonlar va so‘z ma’nolarining ko'chish qonuniyatlari asosida
o'zgaradi. So'z ma’nolarining o'zgarishi ularning nutqda
qo'llanishiga bog'liqdir.
So'z ma’nolarining o'zgarish usuli uch xil: so'z ma’nola
rining ko'chishi, so'z ma’nolarining kengayishi, so'z ma’nola
rining torayishi.
Til lug'at tarkibining taraqqiyotida semantik usul yana
quyidagi ko'rinishlarga ega:
1) omonimlaming hosil bo'lishi: batareya (texnik termin —
elektr batareyasi), batareya (harbiy termin — minomyot
batareyasi), dasta (biror narsaning ushlagichi) — dasta (ansambl
ma’nosida);
2) turdosh va atoqli otlar munosabati. Bunda turdosh otlar
o'z ma’nosini toraytirib, atoqli otlarga aylanadi. O'zbek tilidagi
Anor, Ra’no, Muhabbat, Bolta, Tesha, Temir kabi atoqli otlar
Do'stlaringiz bilan baham: |