qipchoq shevalarida urug" deb ishlatiladi.
Lug'at tarkibidagi fan va texnika sohalarida ishlatiluvchi
so'zlar terminlar deb, ulami o'rganuvchi soha esa
terminologiya
deyiladi. Bunday so'z-terminlar nutqda ko'pincha ekspressiv
bo'yoqqa ega bo'lmaydi. Ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lishi va
bo'lmasligiga ko'ra so'zlar tasnif qilinadi. Ekspressiv bo'yoqqa
ega bo'lmagan so'zlar neytral so'zlar deyiladi. Bunday so'zlarga
kelmoq, istamoq, kitob, qalam kabi kundalik hayotda
qo'llanuvchi so'zlar kiradi. Ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lgan
so'zlar stilistik ma’noda qo'llangan so'zlar deb ham ataladi.
Bunday so'zlarga oy, kun, chashma, qosh, yer, nazar tashla-
moq, chehra kabi so'zlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |