Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/81
Sana02.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#306423
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
geografiyaning asosiy muammolari

                                          

             



 

Bizga ma'lumki, geografiya fani Yer yuzasi tabiatini, aholisi va uning xo'jalik 

faoliyatini o'rganadi.Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini 

baholash va bashorat qilish bilan  shug'ullanadi. 

Insoniyat paydo bo'lgan davrdan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va 

tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar murakkablashib bormoqda. Buning natijasida 

mahalliy, mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekologik muammolar va inqirozlar 

paydo bo'lmoqda. 

Ana  shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o'rganish, baholash va 

ularning sodir bo’lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o'rni va 

ahamiyati nihoyatda muhimdir. 

Mazkur muammolarni o'rganish va ularning yechimini topish davomida 

geografiya fanlari tizimida yangi yo'nalish, ya'ni amaliy geografiya fani paydo bo'ldi 

va u hozirgi paytda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning maqsadi 

tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgari shini 

bashorat qilishdan iboratdir. 

Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat: 



 

58 


1) xo'jalik maqsadlarida foydalanish nuqtayi nazaridan tabiiy  sharoit va 

resurslarni o'rganish va baholash; 

2) tabiiy geografik jarayonlarni o'rganish, baholash va bashorat 

3) inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgartirilishi jarayonini 

baholash va ba shorat qilish; 

4)umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolaraing yuzaga 

kelish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab 

chiqish; 

5) ishlab chiqarishni hududiy  tashqi qilish muammolari va aholi joylashuvi 

masalalarini yechish. 



 

Amaliy geografiya  fani geografiyaning  rivojlanib kelayotgan yangi 

tarmoqlaridan biri bo'lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. 

Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geografiyaning rivojlantirishga 

muhim hissa qo'shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg'oniy Nil daryosining suv sarfini 

o'rganish va bashorat qilish bo'yicha amaliy geografik  

ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab, 

Yerning asosiy o'lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo' shgan . 



 

Amaliy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o'rganishda turli tadqiqot 

bosqichlarida olib boriladi.   

Tadqiqot usullari bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi:

 

-tadqiqot muammosini  shakllantirish bosqichi;

 

-ilmiy farazni  shakllantirish, ya’ni tadqiqotni amalga oshirish uchun ma’lumotlar 

qanday usulda, qanday qilib to’planadi,  shuni aniqlashtirib olish; -ma’lumotlar 

to’plash; -to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash; -xulosa ba 

 bo shqalar

[16] 

.

  

        



Amaliy  geografiyaning  tadqiqot  usullariga  quyidagilar  kiradi:  sistemali, 

ekologik, landshaft va  ushbu usullarni yondashuv deb atash ham mumkin. 



 Geografik  tadqiqot  usullari  miqdoriy  (sistemali,statistik  va  matematik 

modellashtirirsh) va sifat (kuzatish, tajriba) kabi turlarga bo’linadi

[17] 

Sistemali usul (yondashuv). Mazkur usulda o'rganilayotgan hudud ma'lum bir 

sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir-biri bilan bog'langan qator kichik 

sistemalardan iborat bo'ladi,  ekologik usul (yondoshuv). Ushbu usulda ma'lum bir 

hudud yoki muammo o'rganilayotganda, unga tirik mavjudotlaming (o'simlik va 

hayvonot dunyosi), insonning atrof-muhit bilan bo'ladigan o'zaro aloqalari nuqtayi 

nazaridan qaraladi.  

Landshaft usuli (yondashuvi). Mazkur usul qo’llanganda, hudud ma'lum bir 

landshaft turlariga bo'lib o'rganiladi.    .             -     . 

Iqtisodiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik-statistik hisobla shlar  

orqali tabiiy  sharoitga, tabiiy resurslarga, aholi va xo'jalik korxonalariga baho 

beriladi hamda ularning o'zgarishi bashorat qilinadi. Masalan, aholi sonining o'sishi 

yoki kamayishi va h.k. 

Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi,    amaliy landshaftshunoslik 

fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi.  Shu bilan 

birgalikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabiatni muhofaza 

qilishda,atrof-muhitning tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida o'zgarishini ba shorat qili 



 

59 


shda bo shqa fanlar ham keng foydalanadi. 

___________________________________________________- 

16

Nicholas Clifford, shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography, 34-page 



 

17

Nicholas Clifford, shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography, 8-page

 

 



Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega 

bo'lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishi va uni yahshilashning 

umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy muammolari bilan  shug'ullanadi. 

 Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay

  

ekologik  sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada "ozon "tuynugi"ning 



maydoni qisqarib bormoqda, yo'qolib ketish arafasida turgan ko'plab o'simlik va 

hayvonlar saqlab qolinmoqda, ifloslangan daryo va ko'llar suvi tozalanib bormoqda.   

Sanoatning rivojlantirish natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta 

tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda. 

Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini  

ishlab chiqish, tabiat va jamiyatning o'zaro ta'sirini yahshilash, tabiiy ofatlarning 

oldini olish, hududlarning rivojlantirishni bashoratlash, yirik loyihalarni ekspertiza 

qilishning geografik-ekologik asoslab berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa 

amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan 

muammolarni yechishdagi ishtiroki ortib borishiga sabab bo'lmoqda.



 

 

Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga 



kelishi mumkin bo'lgan oqibatlami baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini 

olish muammolari bilan  shug'ullanadi. 

Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos

 

bo'lib xizmat qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini  



joylashtirishda, gidrotexnik inshootlarni (kanallar, to'g'onlar, suv omborlari va h.k.), 

yo'llarni loyihalashda, foydali qazilma konlarini qidirishda olib boriladi 

Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida 

vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda  

ularning oldini olish muammolari bilan  shug'ullanadi. 

         

Tibbiy  geografiya  geografik  muhitning,  ya'ni  tabiiy  va  ijtimoiy-  tashqii 

omillarning aholi salomatligiga ta'sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik 

tarqalishini o'rganadi.

 

           

Hozirgi  paytda  tibbiy-geografik  tadqiqotlar  ikkita  yirik  yo'nalishda  olib 

borilmoqda.  Birinchi yo'nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta'siri 

baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo'nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy 

o'choqlari aniqlanadi. 

 Bozor  munosabatlarigi o’tish  ilgari  mavjud  bo’lgan sotsialistik  ishlab 

chiqarishning qator g’oya va tushunchalaridan qat’iylik bilan voz kechishni talab 

qiladi. Endigi  sharoitda mulkchilikning turli  shakllarini vujudga keltirish va  shu 

asosda erkin raqobat muhiti va ko’p qatlamli  tashqiot tizimini joriy etish katta 

aqamiyatga ega. Xususiylashtirish va  mulkchilikning nodavlat   shakllarini 

rivojlantirish ko’proq va ildamroq qishloq xo’jaligida amalga oshiriladiki, bu ham 

bo’lsa mamlakatimiz iqtisodini bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos 

xususiyatini ifodalab beradi.   . 




 

60 


 

Bozor munosabatlariga o’tish davrida sanoatning ijtimoiy   tashqi etish  

shakllarida  sezilarli  o’zgarishlar  bo’lishi  aniq.  Jumladan, 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish