: Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasi. tabiyi-
geografik o’rin tushunchasini.Geografik o’rin geostrategik mazmui. O’rganilayotgan
ob’ektning mikro, mezo va makro geografik o’rni borligi.Turli bosqichdagi o’rinlarni
20
bir-biri bilan bog’liqligi, mezogeografik o’rnidan foydalanish. Geografik o’rin
geostrategik mazmui.
Iqtisodiy geografik o’rin ham fanimizning asosiy tushunchalaridan biri
bo’lib,uni yaxshi tahlil qila olish (magzini.chaqish) o’rganilayotgan ob’ektni nima
uchun shu yerda joylashganligi, hozirgi holatga qanday erishganligi hamda unyng
kelajagi to’g’risida mukammal va to’liq ma’lumot beradi. Bu tushunchada, eng
avvalo, ob’ekt qaerda joylashganligi (o’rni), uning boshqa qo’shni ob’ektlar bilan
qanday munosabatda ekanligi muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, geografik o’rin bir necha hil hududiy bo’ladi. Masalan, shahar yoki
rayonning koordinatalarini (geografik uzoqlik va kengligi) aniqlash - bu ularning
matematik geografik o’rnidir. "Sverdlovsk shahri Urapda, Gazli Qizilqumda
joylashgan" - degan iboralar sof holda tabiiy geografik o’rinlar hisoblanadi. Ushbu
misolimizdan Sverdlovsk qadimgi Ural tog’ sistemasida joylashgailigi yoki qudratli
metallurgiya va mashinasozlikka ega bo’lgan iqtisodiy rayonda joylashganligi, Gazli
esa Qizilqum cho’lida o’rnaShganligi va Buxoro viloyatining "resurs"
shaharchalaridan biri ekanligi ma’lum bo’ladi.
Matematik geografik o’rin, tabiiy geografik o’rin, tashqi geofafik o’rin
tuShuichalari ayni bir mazmunga ega emas, shu bilan birga o’rganilayotgan rayon
yoki mamlakatning boshqa mamlakatlarga nisbatan tutgan o’rnini aniqlash bu uning
siyosyy geografik o’rni to’g’risida ma’lumotga ega bo’liShdir. SHahar yoki
rayonlarning harbiy-geografik o’rni to’g’risida ham so’z yuritish mumkin.
Shuningdek, ekologik geografik o’rin ham bor; u ma’lum hududning ekologik
jihatdan xavfli bo’lgan joylarga nisbatan joylaShganligini bildiradi. Masalan,
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati va qisman Buxoroning ekologik
geografik o’rni yaxshi emas. Ular global tus olgan Orol ekologik o’chog’iga yaqin
turishadi.
Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasini mukammal ravishda N.N.Baranskiy
ishlab chiqdi va fanga kiritdi. Keyinchalik bu nazariya I.M.Maergoyz,
V.V.Pokshiilevskiy, O.A.Konstantinov, R.M.Kabo, Yu.G.SauShkin, G.M.Lappo,
T.I.Raimov va boshqa olimlar tomonidan har tomonlama rivojlantirildi.
Iqtisodiy geografik o’rin deganda biz o’rganayotgan ob’ektning (qaysi bir
hududning - shahar, rayon yoki mamakatning) o’z atrofida, undan tashqarida
joylashgan geografik ob’ektlarga nisbatan tutgan o’rni va bu ob’ektlarni uning
rivojlantirishga tashqi jihatdan ta’sir ko’rsatishini tuShupamiz. Bundan quyidagi
asosiy fikrlar kelib chiqadi:
1. Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasida so’z, eng avvalo, uning tashqi
hududiy munosabatlari haqida boradi. Ob’ektning o’zi, uning ichki tuzilishi esa ayni
paytda ahamiyatga ega emas. Masalan, O’zbekistonning iqtisodiy geografik o’rni
to’g’risida so’z yuritilganda, uning yaqin va uzokda joylashgan geografik ob’ektlarga
nisbatan o’rganiladi, respublikaning o’zining ichki hududiy tuzilmasi (qaerda yirik
shaharlarning, magistral yo’llar yoki vohalar joylashganligi) bizni ayni paytda
qiziqtirmaydi.
2. Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasida tashqarida yotgan geografik
elementlarning faqat tashqi ta’siriga e’tibor qaratiladi. Ammo bu tashqaridagi
21
ob’ektlar dastlabki ko’rinishda tabiiy geografik bo’lsada, ular iqtisodiy geografik
ahamiyatga ega. Demak, iqtisodiy geografik o’rinda tabiiy geografik elementlarga
tashqi jihatdan baho berilar ekan. Shu bilan birga, bunday baho berish faqat geografik
o’rinning ijobiy tomonini qidiriSh emas, balki uning salbiy tomonlarini ham ochib
berishi lozim.
3.Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasida tashqi iqtisodiy aloqalarning o’ziga
emas, balki shu aloqalarni rivojlantirish uchun kerak bo’lgan imkoniyatlariga e’tibor
qaratiladi. Ma’lumki, bu imkoniyatlar to’la amalga oshirilgan yoki hali ulardan
foydalanilmagan bo’lish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, aloqalarning o’zi emas,
shu aloqa uchun imkoniyat qidiriladi, joyning salohiyati, funktsiyasi aniqlanadi.
4. Iqtisodiy geografik o’rin tarixiy tushunchadir. Bir vaqtlar noqulay bo’lgan
o’rin keyinchalik qulay va, aksincha, qulay bo’lgan o’rin poqulay bo’lib qolishi
mumkin. Masalan, Angren yoki Bekobod shaharlarningining iqtisodiy geografik
o’rni so’nggi yillarda ancha o’zgardi.
5. Tashqi geofafik o’rin shu ob’ekt atrofida yangi sanoat korxonalarni barpo
qilish, magistral yo’llarni o’tkazish, yirik foydali qazilma konlarini topish, rekreatsiya
zonaparini yaratish tufayli yaxshilanib boradi. Ayniqsa, bunday qonuniyat yirik
shaharlarningda yaqqol namoyon bo’ladi, chunki ular doimo o’z iqtisodiy geografik
o’rnini yaxshilashga intiladi.
6.Iqtisodiy geografik o’rin bir necha bo’laklardan (qismlardan) iborat.
Jumladan, shahar yoki rayonning agrogeografik, demografik, harbiy-geografik,
ekologik, gidrogeografik o’rinlari to’g’risida so’z yuritsa bo’ladi. Agrogeografik o’rii
deganda, ob’ektning yirik qishloq xo’jalik rayonlariga nisbatan tutgan o’rni,
transport geografik o’rnida asosiy magistral infratuzilma
,
elementlari, demografik
o’rin deganda esa aholining zich joylashgan rayonlarga nisbatan tutgan o’rni haqida
ma’lumot olinadi va h.k. Albatta, bu tushunchalar orasida transport geografik o’rin
ko’proq ahamiyatga ega, chunki joyning asosiy imkoniyatlari (funktsiyasi) aynan shu
transport-iqtisodiy aloqalar orqali amalga oshiriladi.
7.Iqtisodiy geografik o’rin bir necha bosqichli bo’ladi. O’rganilayotgan
ob’ektning mikro, mezo va makro geografik o’rni bor. Shu bilan birga, bu yerda turli
bosqichdagi o’rinlarni bir-biri bilan bog’liqligini ta’kidlash lozim. Shubhasizki,
shaharning aynan shu joyda vujudga kelishiga uping eng avvalo mikro-geografik
o’rni sabab bo’ladi. Agar bu o’rin qulay bo’lsa, shahar bu joyning real imkoniyatidan
foydalanib, asta-sekin yiriklashadi va mezogeografik o’rnidan foydalanishga o’tadi.
Shu bilan birga, iqtisodiy geografik-o’rni juda qulay bo’lmagan shaharlarning
davr o’zgarishi bilan haroba joylaridan qaytadan ko’tarila olmagan (Marv, Eski
Panjakent, Axsikent, Tuproqqala va h.k.) yoki bir necha bor o’z o’rnini o’zgartirgan
shaharlarning (Orenburg, Qozon, Qarshi va boshqalar) ham mavjud.
Angliyaning Buyuk Britaniyaga aylanishidagi sabablardan biri uning nihoyatda
qulay transport-geografik o’ringa ega ekanligidir. U dengiz transporti rivojlantirish
davomida o’zining geografik mavqeidan, ya’ni Atlantika va Shimoliy Muz okeani
o’rtasida joylashganligidan to’la foydalandi. Ayni bir paytda Germaniyaning
rivojlantirish biroz kechroq boshlandi. Buning sabablaridan biri, mamlakatning
Atlantikadan ichkaridaligida, uzoqligida edi.
22
Harbiy-geografik o’rin, ayniqsa, shaharlar uchun harakterlidir. Qadim
zamonlarda shaharlarning asosiy vazifalaridan biri-mamlakatni qo’riqlash, hujumdan
saqpash edi, shu sababli ular tepaliklarda, daryoning baland kirg’og’ida qalalar
qurilardi; bosib olingan yoki qo’shib olingan joylar yangi shaharlarning bilan
mustahkamlantirilardi (Vladikavkaz, Yekaterinburg, Krasnodar va h.k).
Shunday qilib, iqtisodiy-geografik o’rin tushunchasini yaxshi bilish shahar
yoki rayonlar xo’jaligini, uning tarkibi va yo’nalishini o’rganishda katga yordam
beradi. Bu xususda iqtisodiy geografik o’rin kategoriyasi tashqi rivojlantirishdagidek
o’ziga xos metod, tadqiqot usuli,
Do'stlaringiz bilan baham: