10
birinchi guruxda (1) jahon mamlakatlari va xalqaro, ya’ni alohida mamlakatlararo
mehnat taqsimoti ajratiladi. Barcha mamlakatlar orasidagi iqtisodiy munosibatlar
jahon xo’jaliktizimi va bozorini vujudga keltiradi, alohida mamlakatlarning iqtisodiy
integratsiya jarayonlari esa yirik mintaqalar iqtisodiy hamkorligi va bozorlarni
shakllantiradi.
3
Chunonchi, 1957 yilda tashkil qilingan Umumiy bozor—hozirgi kunda
o’zining tarkibini muntazam ko’paytirib borayotgan, 27 ga yaqin mamlakatni
birlashtiruvchi Yevropa Ittifoqi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shuningdek,
dastavval 1967 yilda asos solingan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining hududiy
uyushmasi (ASEAN, hozir u 10 davlatni birlashtiradi) yoki 1989 yilda ta’sis etilgan
Osiyo-Tinch okean iqtisodiy hamkorligi, SHimoliy Amerika erkin savdo uyushmasi
(NAFTA) ham shular jumlasidandir. Xuddi shunday, hududiy-iqtisodiy ittifoq
kelajakda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi doirasidaham shakllapishi mumkin.
Davlat ichidagi (2) mehnat taqsimoti quyidagi bosqichlardan tashqi topadi:
2.1. Yirik iqtisodiy rayonlararo mehnat taqsimoti;
2.2.Viloyat va boshqa turdagi ma’muriy-hududiy birliklar o’rtasidagi mehnat
taqsimoti;
2.3. Viloyat ichidagi mehnat taqsimoti .
2.4. Mahalliy mehnat taqsimoti.
Bu darajadagi hududiy mehnat taqsimotining tarkibiy tuzilishi mamlakatlar
maydonining katta-kichikligi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga ham bog’liq. Jumladan,
sobiq Ittifoq va jahon sotsialistik tizimiiing barham topishi hududiy mehnat
taqsimotining barcha bosqichlariga o’z tasirini ko’rsatdi,sotsialistik mamlakatlar
o’rtasidagi iqtisodiy munosibatlar (o’zaro iqtisodiy yordam kengashi), Umumittifoq
mehnat taqsimoti yo’qoldi.
Siyosiy tizimning tubdan o’zgarishi, tashqiotni tashqi etish va boshqarishda
markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlik, sotsialistik rejalashtirish tizimidan ochiq va
erkin bozor munosabatlariga o’tish o’ziga xos, muvaqqat muammolarni yuzaga
keltirdi. Masalan, sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasidagi (gorizongal) iqtisodiy
aloqalarning buzilishi oqibatida barcha respublikalar-yangi mustaqil davlatlar ayrim
qiyinchiliklarga duch keldi. Ayniqsa, bu muammo yuqori darajada rivojlangan,
sanoatlashgan respublikalarda keskin tus oldi, chunki mazkur hududlardagi sanoat,
asosan og’ir sanoat tarmoqlari ko’p jihatdan tashqi omillarga, mamlakatlararo
iqtisodiy integratsiyaga bog’liq bo’lgan. Qisman bunday qiyinchiliklarni
O’zbekistondagi yirik sanoat markazlarida ham ko’rish mumkin. Ma’lumki, hozircha
Toshkentdagi yirik mashinasozlik korxonalari, CHirchiq, Angren sanoatining
rivojlanish holati uncha yaxshi emas.
Hududiy mehmat taqsimoti qaysi bir ma’noda o’ziga xos
iqtisodiy geografik
jarayon
sanaladi; uning natijasida yangi yerlar o’zlashtiriladi, yangi xo’jalik
tarmoqlari shakllanadi, tashqiotning tarmoqlar va hududiy tarkibida o’zgarishlar yuz
beradi, shahar va iqtisodiy rayonlar, o’sish kutb va markazlari vujudga keladi. Aynan
shuning uchun ham
hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy geografiya fanining
3
Hagget ‘. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.
11
fundamental tushunchasi hisoblanadi.
CHunki, bu fanning qolgan barcha
tushunchalari bevosita yoki bilvosita hududiy mehnat taqsimotidan kelib chiqadi.
Xulosa qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimotining quyidagi jihat yoki
xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:
- hududiy mehnat taqsimoti tashqi geografiya fanining
asosiy tushunchasi;
- uning shaklanishi va rivojlantirish mamlakat yoki rayonlar
etukligini belgilovchi ko’rsatkich;
- hududiy mehnat taqsimoti rivojlantirishda tabiiy sharoitning turli tumanligi,
tabiiy resurslarning hududiy birikmalari katta ahamiyatga ega;
- hudududiy mehnat taqsimoti muayyan hududda muayyan
mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi;
- hududiy mehnat taqsimotida ixtisoslashuv asosiy omil hisoblanadi va
u, albatta, ichki va tashqi bozorda tovar almashinuvini nazarda tutadi;
- hududiy mehnat taqsimoti rivojlantirishda transportning o’rni katta va bu
bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni ham amalga oshiradi;
- hududiy mehnat taqsimoti milliy va mintaqaviy iqtisodiotning
diversifikatsiyalashuviga olib keladi;
- hududiy mehnat taqsimoti tashqi rayonlar shakllanishining
moddiy negizi sanaladi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: