Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/81
Sana02.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#306423
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
geografiyaning asosiy muammolari

merkantilizmga 

qarshi ochiq, 

erkin savdo,  ya’ni 

fritredizm 

g’oyasini oldinga surishgan. Bu g’oyaning asosiy 

mohiyati har bir mamlakat yoki mintaqa o’zida nisbatan qulay va arzon mahsulotlari 

chetga chiqarib, bu yerda ishlab chiqarish harajatlari ko’p va qimmat mahsulotlarmi 

sotib olishdan, import qilishdan iboratdir. Bunday fikrlash asosida 

mutlaq va nisbiy 

(siyosiy) kulaylik yoki afzallik 

yotadi. Xuddi shunga o’xshash g’oya ishlab chiqarish 

omillari nuqtai nazaridan shved iqtisodchilari E.Xeksher va B.Olinlar tomonidan ham 

yaratilgan. Buning ma’nosi-har bir mamlakat o’zida arzon omil mahsulotini chiqarib, 

qimmat omil mahsulotini chetdan keltirish demakdir. 

Ko’rinib turibdiki, hududiy mehnat taqsimoti har bir joyning o’zida qulay va 

arzon bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini anglatadi. Ixtisoslashuv 

esa yaratilgan mahsulotning miqdor va sifat jihatidan yaxshi, uni mahalliy bozorlarni 

qondirgan holda boshqa mintaqaviy, xalqaro va jahon bozoriga chiqarish 

imkoniyatini nazarda tutadi yoki raqobatbardoshligini bildiradi. Aynan shu ma’noda 

xududiy mehnat taqsimoti tashqi savdo yuritishning asosi bo’lib xizmat qiladi, savdo 

esa, iqtisodchilar fikricha, har qaiday boylikning yaratuvchisidir. Yuqorida keltirilgan 




 

ilmiy goyalar bo’yicha bunday hududiy mehnat taqsimoti, mintaqalararo va xalqaro 



savdoda har ikki tomon ham yutadi. 

Hududiy mehnat taqsimoti  mamlakat  va  rayonlar  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotining muhim ko’rsatkichi, belgisi bo’lib xizmat qiladi.   

Avvallari,  hududiy mehnat taqsimotining shakllanishida asosan ichki 

omillarga, "Butunittifoq yoki umumittifoq" imtiyozlarga urg’u berilardi. Hozir esa bu 

jarayonni, eng avvalo, bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda  tashqi qilish talab 

etiladi. Demak, hududda faqat nima yetishtirish qulayligi emas, balki yaratilgan 

mahsulotling bozor talabiga mosligi, sifati, haridorgirligi, raqobatbardoshligi 

muhimdir. 

Albatta,"bozorbop"mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ichki imkoniyatlar, 

shart-sharoitlar, qulay investitsiya muhiti ham mavjud bo’lishi kerak. Aks holda 

hudud-mamlakat yoki mintaqaning iqtisodiy faolligi yuzaga kelmaydi. Bu xususda, 

avvalambor, tabiiy sharoit va tabiiy boyliklarning ahamiyati katta. Biroq, ta’kidlash 

joizki, tabiiy boyliklarning miqdori emas, ularning turli-tumanligi hududiy mehnat 

taqsimotini keng rivojlantirishga imkon beradi. Binobarin, tabiiy boyliklarning 

hududiy birikmalari, majmualari mamlakatda xo’jalikni har tomonlama  tashqi 

qilishga sababchi bo’ladi. 

Hududiy mehnat taqsimoti rivojlantirishning yana boshqa bir omili 

transportdir. Transport iqtisodiy muhitning «qon tomiri», harakatlantiruvchi kuchi, 

tashqi miqyosda esa mahsulot ayirboshlash, savdo-sotiq yurgizishning asosiy 

shartidir. Shuningdek, hududiy mehnat taqsimotida ishchi kuchi, mamlakatning 

geosiyosiy va geoiqtisodiy o’rni, ekologik holati, siyosiy barqarorligi, investitsiya va 

infratuzilma, fan-texnika taraqqiyoti kabi omillar ham ahamiyatlidir. 

Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, hududiy mehnat taqsimotini amalga 

oshirishda ham tashqi, ham ichki sharoitlar muhim rol o’ynaydi va faqat bu ikki 

tomonning o’zaro muvofiqlashgan holatidagiia u yaxshi iqtisodiy samara beradi. Shu 

bilan birga, hududiy mehnat taqsimoti mahalliy-ichki ijtimoiy va iqtisodiy 

muammolarni hal qilish, mamlakatning jahon hamjamiyati, xalqaro mehnat 

taqsimotida faol qatnashish maqsadlari ham bir-biri bilan uzviy bog’liq holda amalga 

oshirishi kerak. 

Yuzaki qaraganda, hududiy mehnat taqsimoti o’z mohiyatiga ko’ra mamlakat 

yoki jahon xo’jaligini hududiy bo’laklarga ajratadi, regionlashtiradi, chunki hududlar 

rivojlantirish, ixtisoslashuvi individuallashadi, "qo’shnisida" yoki ko’pgina boshqa 

joylarda rivojlanmagan sohalarga ustuvor ahamiyat beriladi. Ammo bunday tor 

darajada qarash masalaning faqat bir tomonini ifodalaydi, xolos. Sababi-hududiy 

mehnat taqsimoti mamlakat va rayonlar xo’jaligini ajratish asosida ularning o’zaro 

iqtisodiy aloqalariga,  integratsiya jarayonlariga erishiladi.  Bu har qanday 

taraqqyyotning qonuniyatidir, qolaversa, hudud xo’jaliklari tarqoq, qovushmagan 

(amorf) mamlakatda milliy  tashqiot bir butun, yagona tizim shaklida bo’lmaydi. 

Xalqaro miqyosda esa jahon xo’jaligi ham vujudga kelmaydi, globallashuv jarayoni 

kechmaydi. 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish