Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar


Kichik maktab Yoshidagi bolalarning emotsional



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana01.01.2022
Hajmi1,02 Mb.
#305910
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatl

 

5.5.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning emotsional                                     

xususiyatlari 

    


Kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilarning  hislari  o‘zining  ancha  barqarorligi, 

anglanganligi    bilan    maktabgacha  Yoshdagi  bolalarning  hislaridan  farq  qiladi,  bu 

hislar  anchagina  osoyishtalik  bilan  o‘tadi,  ancha  chuqur  va  kuchli  bo‘lib  qoladi. 

Kichik 


maktab 

Yoshidagi 

o‘quvchilarning  umumiy  emotsional  tonusida 

xushchaqchaqlik,  ruhiy  tetiklik  kayfiyati  ustunlik  qiladi.  Darslarda  va  tanaffus 

vaqtlaridagi  o‘yinlarda  ular  quvnoq  va  tetik  bo‘ladilar.  Bunday  holat    esa    kichik 

maktab Yoshidagi o‘quvchilarning emotsional hayotida norma  bo‘lib hisoblanadi. 

Kichik maktab Yoshidagi  bolalarning emotsional  hayoti ta’lim  va tarbiyaning ta’siri 

ostida  ancha      kengayadi.      Maktabgacha  Yoshdagi  bolalarning  hislaridan  farqli 

ravishda  kichik  maktab  davrida    hislarning  yo‘nalganligida  katta  tabaqalanish  yuzaga 

keladi.  Bu Yoshda oliy hislarning barcha turlari rivojlanishni boshlaydi. 

Kichik  maktab  Yoshidagi    o‘quvchilarning  his-tuyg‘ulari  ularning  faoliyatida 

namo yon  bo‘ladi  va  rivojlanadi.  Kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilar  o‘zlarining  har 

bir      faoliyat  natijalariga  baho  bera  oladilar.  Baho    kishida  qoniqish  va  qoniqmaslik 

hislarini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lib, bu hislar bolani yaxshi o‘qishga ruhlantiradi. 

Ba’zan    past  baho  olish  orqali  yuzaga  kelgan    salbiy  hislar  chuqurlashib, 



o‘qituvchining  noto‘g‘ri  reaksiyasi  va  kattalarning  doimiy  tanbeh  va  tanqidlari 

oqibatida      bolaning  xarakter  xislatiga  aylanib  qolishi  mumkin.  Boshlang‘ich  sinf 

o‘quvchilarining    faoliyatlari  uchun  ijobiy  baho  olishlariga  yordam  beruvchi  asosiy 

hislardan  biri  intellektual  hislardir.  Odamning  aqliy  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

hislar  intellektual  hislar  deb  ataladi.    Bilishga  qiziqish,  taajjublanish  va  hayron  qolish 

hislari,  ishonch,  ishonchsizlik  va  shubhalanish  hislari  intellektual  hislar  qatoriga 

kiradi. 

Bunday  hissiyotlar  har  xil  nazariy  va  amaliy  savollar  tug‘ilganida,  vazifa  va 

masalalarni   hal qilish chog‘ida,  biror yangilikni o‘zlashtirish  va  bilish chog‘ida  paydo 

bo‘ladi  va  his  qilinadi.    Kichik    maktab  Yoshidagi  o‘quvchilarning  intellektual  hislari 

bilish  jarayonida  rivojlanadi.O‘quv  faoliyatida  bolalar  katta  hajmdagi  bilimlar  va 

faktlarga  duch  kelib,  ular  bolalarda    taajublanish,  ishonchsizlik,  quvonch,  hislarini 

yuzaga  keltirib,  qiziquvchanlik,  urinchoqlik    va  shu  kabi  boshqa  hislarning 

shakllanishiga asos bo‘ladi. 

O‘qish  jarayonida  Yoshi  kattalashib,  tajribasi  orta  borgan  sari,  oqilona

 

urinchoqlik 

rivoj topa boradi. Bu his odamning ilmiy     tadqiqot ishlari bilan samarali shug‘ullanishini 

rag‘batlantiradi. 




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish