Transkripsiya (RNK sintezi).
Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi.
Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil
sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o‘tadi.
26-rasm.
Transkripsiya.
Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK
tomonidan o‘tkaziladi. DNK qo‘sh zanjirining bir qismi yoziladi va zanjir-
larning birida komplementarlik asosida (A–U, G–S) RNK-polimeraza fermenti
yordamida i-RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma’noga
ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi, shu matritsali
zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi axborot
DNKdan i-RNKga ko‘chirilishi
transkripsiya
deyiladi (26-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |