Xemosintez
. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi
S. N. Vinogradskiy
kashf etgan. Xemotrofl ar anorganik moddalardan organik moddalarni
sintezlashda, anorganik moddalarning oksidlanish reaksiyalarida hosil bo‘lgan
energiyadan foydalanadi. Xemoavtotrof organizmlarning hujayralarida
anorganik birikmalar oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiya ATFning fosfat
bog‘lari energiyasiga aylanadi, ATF organik moddalarning sinteziga sarfl anadi.
Xemosintezlovchi bakteriyalarning bir necha turlari ma’lum.
Temir bakteriyalari
ikki valentli temirni uch valentli birikmalargacha
oksidlab, hosil bo‘lgan energiya hisobiga uglerodning anorganik birikmalaridan
organik moddalarni sintezlaydi.
4 FeCO
3
+
O
2
+ 6H
2
O = 4Fe(OH)
3
+
4CO
2
+ energiya
Do'stlaringiz bilan baham: |