Oqsil funksiyalari.
Bio mo lekulalar
orasida oqsillar funksiya larining xilma-
xilligi jihatidan birinchi o‘rinda turadi.
Plastik funksiya.
Oqsillar hujayraning
barcha membranali tuzilmalari asosini
tashkil etadi. Kollagen oqsili biriktiruvchi
to‘qimaning, keratin oqsili sutemizuvchilar
juni, tirnoqlari, qushlar patlari, elastin oqsili
pay, qon tomirlari devorining tarkibiga
kiradi. Hujayraning sitoskelet elementlari
tubulin oqsilidan tuzilgan.
Oqsillar xro-
mosomalar, ribosomalar tar kibiga ham
kiradi.
Fermentativ funksiya.
Fermentlar plas-
tik va energetik almashinuv reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini bajaradi.
Barcha fermentlar oqsil tabiatiga ega. Har bir ferment ma’lum bir modda
(substrat)ga ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum tipdagi reaksiyalarni tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |