100
Noallel genlarning polimer ta’siri
.
Allel bo‘lmagan genlarning polimer
tipi komp lementariya va epistazdan tubdan farq qiladi. Agar komplementar
irsiylanishda belgi asosiy, to‘ldiruvchi gen allellari ta’sirida paydo bo‘lsa,
epistazda belgiga bir allel gen bevosita, ikkinchi allel bo‘lmagan gen bilvosita
ta’sir qilsa, polimeriyada bir-biriga allel bo‘lmagan genlar bir yo‘nalishda
belgiga ta’sir ko‘rsatib uni rivojlantiradi. Polimer irsiylanish kumulativ va
nokumulativ polimeriyaga ajratiladi.
Kumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F
2
da fenotip
bo‘yicha nisbat 1:4:6:4:1 bo‘ladi. Odamlarda teri rangining irsiylanishini olish
mumkin, bu belgi ikki juft noallel genning kumulativ ta’siriga bog‘liq holda
yuzaga chiqadi (56-rasm).
Nokumulativ polimeriyada genotipda polimer genlardan birorta dominant
alleli bo‘lsa ham belgi yuzaga chiqadi. Dominant allellar
soni belgining yuzaga
chiqish darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Nokumulativ polimeriyada ikki juft
♂
♀
A
1
A
2
A
1
a
2
a
1
A
2
a
1
a
2
A
1
A
2
A
1
A
1
A
2
A
2
A
1
A
1
A
2
a
2
A
1
a
1
A
2
A
2
A
1
a
1
A
2
a
2
A
1
a
2
A
1
A
1
A
2
a
2
A
1
A
1
a
2
a
2
A
1
a
1
A
2
a
2
A
1
a
1
a
2
a
2
a
1
A
2
A
1
a
1
A
2
A
2
A
1
a
1
A
2
a
2
a
1
a
1
A
2
A
2
a
1
a
1
A
2
a
2
a
1
a
2
A
1
a
1
A
2
a
2
A
1
a
1
a
2
a
2
a
1
a
1
A
2
a
2
a
1
a
1
a
2
a
2
56-rasm.
Genlarning o‘zaro 1:4:6:4:1
nisbatda polimer
ta’siri.
noallel gen ishtirokida F
2
da fenotip bo‘yicha nisbat 15:1 bo‘ladi. Masalan,
jag‘jag‘ o‘simligida qo‘zoqcha mevasi uchburchak va tuxumsimon shaklda
bo‘ladi. Agar qo‘zoqchasi uchburchak jag‘jag‘ bilan qo‘zoqchasi tuxumsimon
101
shakldagi jag‘jag‘ chatishtirilsa, F
1
avlodda qo‘zoqcha mevalarning uchburchak
shakli hosil bo‘ladi, F
2
duragaylarining
15
/
16
qismi uchburchak,
1
/
16
qismi esa
tuxumsimon shakldagi mevaga ega bo‘ladi.
Pleyotropiya.
Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri
pleyotropiya
deyiladi.
Genlarning pleyotrop ta’siri biokimyoviy tabiatga ega: bitta gen nazorati ostida
hosil bo‘ladigan bitta oqsil – ferment nafaqat bitta
belgining yuzaga chiqishiga,
shuningdek, boshqa turli xil belgi va xususiyatlarga ham ta’sir etib, ularda
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Genlarning pleyotrop ta’siri birinchi marta
G. Mendel tomonidan aniqlangan, bunda u to‘q qizil gulli o‘simliklarning
barg qo‘ltig‘ida qizil dog‘larni, urug‘ po‘sti esa kulrang yoki qo‘ng‘ir rangda
bo‘lishini kuzatgan. Bunday belgilarning rivojlanishi bitta irsiy omil (gen)
ta’sirida amalga oshadi.
Odamda retsessiv irsiy kasallik – o‘roqsimon anemiya uchraydi. Gemo -
g lobin molekulasida aminokislotalardan birining o‘rin almashib qolishi eritrotsit
shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan
bir vaqtda yurak-qon tomir, nerv,
ovqat hazm qilish, ayirish sistemalarida chuqur o‘zgarishlar yuzaga chiqadi.
Mazkur kasallik bo‘yicha gomozigota organizm bolalikda nobud bo‘ladi.
Shunday qilib, «gen belgining rivojlanishini belgilaydi» degan ibora
ma’lum darajada shartlidir, chunki genning ta’siri boshqa genlarga bog‘liq.
Genlarning o‘zaro ta’siri yuzaga chiqishiga tashqi muhit omillari ham ta’sir
ko‘rsatadi. Genotip o‘zaro ta’sirlashadigan genlar sistemasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: