«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


QAMNDOSH-URUG‘CHILIK  VA  BEGONALIK



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/80
Sana01.01.2022
Hajmi6,78 Mb.
#305710
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Bog'liq
o'zbek xalq maqollari (2005)

QAMNDOSH-URUG‘CHILIK  VA  BEGONALIK

Basharam  —  shajaram.

Begona  bilan  quyon  ovlama,

Ovlasang  ham,  yoningga  boylama.

Begona  —  sangi  devona.

Begona  so‘z  beradi,  bo‘z  bennaydi.

Begonaning  dang'illama  saroyidan 

0 ‘zingning  kulbayi  vayronang  yaxslii.

Begonaning  oti  o ‘zguncha,

Ovuldoshingning  toyi  o ‘zsin.




Bemehr  qarindoshdan 

M ehr  bilgan  yot  yaxshi.

Besh  barmoqning  birini  tishlasang,  bari  og‘rir.

Bir  ko’rgan  —  tanish,

Ikki  ko'rgan  —  oshna,

Uch  ko'rgan  —  qarindosh.

Bir tog‘a  yetti  ota  o ‘miga  o'tar.

Bir  —  tugishgandan,  bir  —  tutingandan.

Boja  bojaga  bo‘z  bermaydi,  so‘z  beradi.

Boja  bojani  ko'rsa,  avj  olar.

Boldiz  boldan  shirin.

Borsang  —  qarindosh,

Bormasang  —  begona.

Bosh  yorilsa  —  bo‘rk  ichida,

Q °‘l  sinsa  —  yeng  ichida.

B oladan  qarindosh  boim as.

G o‘ja  tuysang,  mayda  tuy,

Qaynotangning  tishi  yo‘q.

Qayga  borsang,  shunda  bor,

Qaynonangning  ishi  yo‘q.

Do‘st  safarda  bilinar,

Og‘a-ini  —  kulfatda.

Yeb-ichganda  yot  yaxshi,

Qayg'u  kunda  —  qarindosh.

Yetti  bojani  bir  ЫУп  yer.

Yolg'izlikda  yor  yaxshi,

M unglashganda  —  qarindosh.

Yomon  qarindoshga  yalinguncha,

Qora  qozoningga  yalin.



Yordami  yo'q  qarindoshdan 

Yetti  yot  begona yaxshi.

Yot  —  yeguncha,  qarindosh  —  o ‘lguncha.

Yot  yoqadan  olar,

It  —  etakdan.

Yot  otgan  toshdan jigar  otgan  uvada  qattiq  tegar.

Yot  seni  yotqizar,

G'am-kulfatga  botqizar.

Yot  uyida  yotiq  bo'l.

Yotga  yalinguncha,

Yon-veringga  yahn.

Yotga  yaqinlashma,

Eling  bilan  yovlashma.

Yotdan  yomon  kelmasin,

O'zingdan  yomon  chiqmasin.

Yotniki  yondan  o'tar,

O'zingniki  —  jondan.

Yotning  yonida  yog'i  yo'q.

Yog'  yeganda  yot  yaxshi,

Qon  yutganda  —  qarindosh.

Yog'ochning  ponasi  o'zidan.

Jar  yo'l  bo'lmas,

Begona  —  el.

Jigar  —  jigar,  digar  —  digar.

Jiyan  eshikdan  kirsa,

Yetti  bo'ri  teshikdan  kirar.

Jon  tortmasa,  qon  toitar.

Jon  qarindosh  mol  qarindosh  emas.

Joni  boshqaning  tani  boshqa.

Inisi  boming  irisi  bor.




It  qilig'mi  egasi  bilar,

Jiyan  qilig‘ini  —  tog'asi.

Kasal  oshdan,

Davo  —  qarindoshdan.

Kelsa  xotin  urug'i,

Topiladi  yo‘rig‘i.

Kelsa  eming  urug‘i,

Bo‘lar  yurak  burug'i.

Kishining  bolasiga  kishmish  bersang  ham   turmas.

Kuzgi  oftobga  qizingni  qo‘y,

Yozgi  oftobga  keliningni  qo‘y.

Manglayingga  uradigan  toshing  ham   o ‘zingdan  bo‘lsin.

Ovsin-ajin  yig'ilsa,

Ajina  bazmi  qurilar.

Ovsinim  —  ajinim,

Ko'rganda  kelar  g'ijinim.

Ovsinlar  inoq  bo‘lsa,

Og‘a-inilar  chinoq  bo‘lmas.

Oziqli  ot  horimas,

Qarindoshli  qarimas.

Oltmish  kulon  ot  bo‘lmas,

Tug‘ishganing  yot  bo'lmas.

Onangni  kaftingda  tutsang,

Singlingni  boshingda  tut.

Onangni  sirtda  saqlasang,

Singlingni  kaftda  saqla.

Ota-bola  —  bir bog‘,

Biri  —  gul,  biri  —  bog'bon.

Ota-bola  urishar,

Og'a-ini  yulishar.

Ota  —  xazina,  aka-uka  —  tayanch,

D o'st  esa  —  har  ikkovi.




Otadoshim,  otga  min,

Otasi  boshqa,  otdan  tush.

Otangni  sog'insang,  tog'angni  ko‘r.

Otga  ayil  botganin 

Egar  bilmas,  ot  bilar.

Og'a-inining  ozganin 

0 ‘zlari  emas,  yot  bilar.

Oshnachilik  —  bir  yilchilik,

Qudachilik  —  ming  yilchilik.

Og'a-ini  arazli  bo‘lsa  ham,

G ‘arazli  boim as.

Sigiming  shoxiga  ursang,

Sug‘urnmg  tanasi  titrar.

Sigirning  shoxiga  ursang,  tuyogl  zirqirar. 

Singan  q o ln in g   oglrligi  bo‘yinga  tushar.

Sopol  chinni  boim as,

Begona  —  ini.

Terak  tomiriga tayanar,

Odam  —  tuglshganlariga.

Tim oqni  etdan  ayirib  boim as.

Tol  yog‘och  madang  boim as,

Begona  dadang  boim as.

Tutingan  tuglshgandek  boim as.

Tutuni  boshqaning  to ‘shagi  boshqa. 

Tuxumi  birning  bari  bir.

Tuqqan  jigarning  ozori  bor,  bezori  yokq.

Tuqqan  tuqqan  bilan  topishar,

Yotga  balo  yopishar.

Tugishgan  omonlikda  emas,

Yomonlikda  bilinar.




Tug‘ishmagan  topishmas. 

Tug‘ishmaganning  tubi  tosh.

To‘ng  ayirgan  moy  yer,

Qarindosh  ayirgan  loy  yer.

To‘yar  oshni  ko‘z  taniydi,

Oshnani  —  ko‘ngil.

Uzoqdagi  onadan 

Yaqindagi  qaynona  yaxshi.

Uyi boshqa  —  mungi  boshqa.

Uyi  boshqa  g‘am  bilmas,

Tanasi  boshqa  —  dard.

Umringdan  uch  kun  qolsa  ot  ol,

Bir  kun  qolsa  —  xotin.

Urishganing  o ‘z  og‘ayning  boisin. 

Urug‘-aymog‘im  —  quyuq  qaymog‘im 

Xeshlik  —  xushlik.

Xolam  bildi  —  onam   bildi.

Xotin  olma,  qayin  ol,

Borar joyga  tayin  ol.

Xotin  olmoq  eshak  savdosi  emas.

Xotin  qarindoshi  —  ilon  boshi,

Er  qarindoshi  —  savat  boshi.

Sherikchilik  —  bir  yilchilik, 

Qudachilik  —  ming  yilchilik.

Chiqqan  qizdan

Ota  uyidagi  supurgi  ham  qo‘rqar.

Eli  boshqa  el  boim as,

Etakni  kessang  yeng  boim as.

Enasi  tepgan  qulunning  eti  og‘rimas.



Erga  berdim  —  emgak  oldim.

Eshikli  b o ldin g   —  beshikii  bonding.

Yaxshi  yerga  bersang  qizni,

Silay-silay  sulton  qilar.

Yomon  yerga  bersang  qizni,

U ra-ura  ulton  qilar.

Yaxshi  odam  yot  bo'lmas.

Yaqin  erintirar,

Uzoq  chopintirar.

Yaqin  qiz  —  o ‘g‘il  hisobi,

Uzoq  qiz  —  o ‘lik  hisobi.

Yaqindagi  tishlashar,

Uzoqdagi  kishnashar.

Yaqinlikning  belgisi  —

Kelib-ketib  turgani.

Uzoqlikning  belgisi  —

Sira  kelmay  yurgani.

О 'gay  ota  non  bermas,

N on  bersa  ham,  jon  bermas.

O'gay  ota  o'kirar,

Yuragidan  bo'kirar.

0 ‘gayning  oti  qursin,

Saksovulning  o ’ti  qursin.

O 'z  gavroning  o'zingga  qattiq  tegmas.

O 'z  tovug'im  chaqirsa,

Qayga  qarab  qichqiray.

0 ‘z  uyini  yoritmagan  chiroq 

0 ‘zganikida  m ash’al  bo'lmas.

O 'z  yuragingga  sig‘magan  sir, 

0 ‘zganing  yuragiga  sig‘mas.




0 ‘z  —  olguncha,  yot  —  yeguncha.

O'zga  o ‘zingdek bo‘lmas,

Yot  —  yaqiningdek.

0 ‘zimdan  chiqqan  baioga,

Qayga  boray  da’voga.

0 ‘zing  tug‘may  ul  (o‘g11)  boim as, 

Sotib  olmay  qul  boim as.

Q ‘zingdan  o lg an n i  o ‘zaging  bilar.

O'zingni  yomonlasang,

Yotning  mehri  ketar.

O'zingniki  o'zagingni  uzar.

0 ‘zingning  otingga  chiq, 

O'zganikidan  tush.

0 ‘ng  q o lim ,  s o l  q o lim ,

Ikkovi  ham  o ‘z  qo lim .

Qayirsam  —  etagim,

Shimarsam  —  yengim.

Qaynim  —  qaymoq  yoglm , 

Qaynsinglim  —  yurak  dogim .

Qayning  kelsa,  ketmon  chop, 

Qayrilmasa,  mayrilsin.

Qaynog!a  qayin  b o iar,

Qaynini  mayin  b o iar.

Qaynsingil  —  yarim  kundosh.

Qayinsingil  —  yarim  qaynona, 

Qaynegachi  —  butun  qaynona.

Qarindoshdan  qarz  olma, 

Qarindoshga  qiz  berma.

Qarindoshdan  qorishgan  afzal.



Qarindoshim  —  qora  qozonim,

Urug£im  —  unli  chuvolim.

Qarindoshimda  bo‘lguncha,  chirog‘donimda  bo‘lsin.

Qarindoshing  kelsa-kelsin,

Bo‘z  xaltasi  kelmasin.

Qarindoshing  o ‘lsa-o‘lsin,

Qadrdoning  o ‘lmasin.

Qarindoshing  qarindosh  emas,

Kasbdoshing  —  qarindosh.

Qarindoshingga  qarz  berma,

Bersang  so‘rama.

Qarindoshingni  yomonlab,

Qaydan  tuqqan  topasan.

0 ‘z  otingni  yomonlab,

Qaydan  tulpor  toparsan.

Qarindoshingni  oshga  chaqir,  choshga  chaqirma.

Qarindoshini  siylagan  xoli  qolmas,

T o‘rkunini  siylagan  to ‘rga  o ‘tmas.

Qarinaoshli  qarimas.

Qarindoshniki  qorong‘u  kunda  belgili.

Qarindoshning  tovushi  qorong‘ida  belgili.

Qiz  ammaga  o ‘xshar,

0 ‘g‘il  —  tog‘aga.

Qizli  uy  qudasiz  bo‘lmas.

Qilday  tomir  bo‘lsa,  tuqqaniga  tortar.

Qovunning  yomoni  —  p o ‘la,

Xotinning  yomoni  —  bo‘la.

Qozilashgan  qarindosh  bo‘lmas.




Qozonga  qaragan  qarindosh  emas,

Qarashgan  —  qarindosh.

Qozoni  boshqaning  qayg'usi  boshqa.

Qon  yig‘laganda  qarindosh,

Yog‘  yalaganda yot  yaxshi.

Qon  qarindosh  —  jon  qarindosh.

Qorong‘ida  qichqirsang,

Qarindosh  tovush  berar.

Quda-andalik joyingdan 

Qulunli  biyangni  ayama.

Quda  bo‘lguncha,  ko‘p  sinash,

Quda  boigach,  ko‘p  siylash.

Quda-andaning  moli  bir.

Quda  bonding  — judo  bo‘lding.

Quda  bo‘lmoq  —  qiyin,

Judo  bo‘lmoq  —  oson.

Quda bo‘lsang,  qul  bo‘lsa  ham,  siyla.

Qudamning  qudasi  —  yumurtaning  sho‘rvasi.

Qudang  qul  bo‘lsa,  quldek  bo‘l.

Qudachilik  —  mingyilchilik.

Qo‘yindan  to ‘kilsa,  qo‘njiga.

Hayvonotda bo‘ta  soz,

Odamzotda boja  soz.

Har  kim  har  nima  deydi,

Qiz  otasi  bir  nima  deydi.




Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish