eng ma’noda budjet tizimi
– iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat
tuzilishining shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga
solinadigan markaziy va mahalliy budjetlar yig‘indisidan, shuningdek, har bir
budjet bo‘g‘iniga tegishli bo‘lgan soliq va yig‘imlar yig‘indisidan, xarajat
vakolatlari hamda budjetlararo transfertlar yig‘indisidan iboratdir. Tor ma’noda
budjet tizimi mamlakatda amal qiluvchi barcha darajadagi budjetlar yig‘indisidir.
Biz oldingi mavzuda hokimiyatning markaz va ma’muriy-hududiy birliklar
o‘rtasida taqsimlanishi darajasiga ko‘ra barcha davlatlar unitar, federativ va
konfederativ davlatlarga bo‘linishi, ularning xususiyatlarini ta’kidlab o‘tdik.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi unitar davlatdir.
Unitar davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |