davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga yilning har choragida
maqsadli jamg’armalari budjetlariga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar
102
davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining daromadlari va xarajatlari
balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va
iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi.
Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar qonun hujjatlariga
muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Budjet tizimini boshqarishda yuqori va quyi budjetlar o’rtasidagi
munosabatlarni tashkil qilish va tartibga solish muhim ahamiyatga ega. Bu
munosabatlarni qonun bilan tartibga solish maqadida Budjet kodeksida
daromadlarni budjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida qayta taqsimlash yo’llari, qaysi
daromadlarni qaysi budjet bo’g’iniga tushishi, qaysi xarajatlar qaysi Budjetdan
amalga oshirilishi belgilab berildi. Bu budjet munosabatlarini tartibga solishda
muhim qonuniy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Xorij davlatlari misolida ko’radigan bo’lmak, Amerika Qo’shma Shtatlarida
budjet tizimini boshqarish bir muncha farq qiladi, bunga asosiy sabab ularning
shtatlarga bo’linganligi va shtatlarning mustaqil budjet siyosatini yuritishidadir.
AQSh shtatlari budjetining har bir shtatda budjet siyosatining mustaqil tarzda
yuritilishi, ya’ni shtatlarning daromadlari va xarajatlarini o’zlari qabul qilishlari va
shtatlarda daromadlar manbalarni o’zlari shakllantiradilar. Shtatlar budjeti
AQShning oliy organi, ya’ni Kongressga yillik hisobotlarini topshiradilar va
Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-
iqtisodiy organi sifatida O’zbekiston Respublikasining moliyaviy narx siyosatini
hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish
faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasining vazifalari va funktsiyalarini
amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini
103
ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni,
valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni
ta’minlaydi.Moliya vazirligi respublika budjeti ham daromadlar, ham xarajatlar
bo’yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga
safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo’limlari
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
Moliya vazirligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri yoki o’zi tashkil etadigan organlar orqali
muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.
Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik
O’zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga
oshirishning birligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: