Koridorli moliyalashtirish
– bu pensiya rejasining moliyalashtirish koeffitsienti bo’lib
bir xil diapazonda qolsa, aktuar asosda aniqlangan pensiya jamg’armasiga kiritiladigan hissalar
stavkasi muttasil qoladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish
- davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik
shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar
tashkilotlarga aylantirishdir.
Ish bilan samarali bandlik
– bu aholining ish bilan bandlikka ehtiyojining mavjud ish
o’rinlariga muvofiq kelishining sifat xususiyati bo’lib, iqtisodiy nuqtai nazardan mehnat
resurslaridan eng oqilona foydalanishni, ijtimoiy jihatdan mehnat faoliyatining inson
manfaatlariga eng muvofiq kelishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |