"Hattoki, dunyodagi eng asosiy budjet tizimi 3 ta funksiyadan tashkil topgan.
Robert Antony 3 ta alohida ma’muriy jarayon, strategic rejalashtirish, boshqaruv
nazorati va jarayonli nazoratga aniqlik kiritadi.
Strategik rejalashtirish tashkilotning maqsadini ishlab chiqish, bu
maqsaddagi o’zgarishlar, bu maqsadga erishish uchun mablag’lar
sarflanishi va ularni joylashtirish jarayoni;
Boshqaruv nazorati ushbu resurslarning tashkilotlar
tomonidan maqsadli joylashtirilganligi va ishlatilganligiga ishonch hosil
qilishdan iborat.
Operativ nazorat maxsus vazifalarning samarali amalga oshirilganligiga
ishonch hosil qilish jarayoni.
Budjet tizimida rejalashtirish maqsadni shakllantirish, muqobillarini
baholash va dasturni tasdiqlashni qamrab oladi. Boshqaruv tasdiqlangan dasturni
mavjud resurslar orqali samarali amalga oshirishni taqazo etadi. Nazorat budjetni
baholash, ajratmalar ajratish, ijro etish va audit jarayonida namoyon bo’ladi.
Hisobot, taqiqlar va boshqaruv siyosati budjet tashkilotlari bilan bog’liq turli xil
nazorat turlaridir
.”
4
Davlat budjetining ahamiyatli tomoni shundaki, u moddiy ishlab chiqarish
sohalarini moliyalashtirish bilangina chegaralanib qolmaydi. Balki, Budjet
mablag’lari noishlab chiqarish sohalariga (ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va
boshq.) ham yunaltirilishi mumkin. Ijtimoiy-madaniy sohalardagi korxona hamda
tashkilotlarni moliyalashtirish Budjet va Budjetdan tashqari fond mablag’lari
hisobiga amalga oshiriladi.
“Budjet tushunchasi O’rta asrlarda qirollik yerlaridan mablag’lar yig’ib
olinishi bilan rivojlanishni boshladi. Ikki yoqlama yozuv kitobi ilk bora 1543-1588
4
Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace
USA, 2016.
33
yillarda ishlatila boshlangan. Britaniyaliklar pul ajratishning qonuniy tizimini
1688-yilda joriy etishgan. Hisobvaraq huquqi (“the Bill of Rights”)ga ko’ra 1689-
yilda parlamentning ruxsatisiz soliqlar undirilishi mumkin bo’lmagan. Amerika
mustamlakamalari tomonidan parlamentga vakil ko’rsatilmagan va ularga soliq
solishni joriy qilish noqonuniy sanalgan. Bu Jonatan Mehyu tomonidan 1750-
yilda kiritilgan “Vakilsiz soliq yo’q” degan shiorga asos solinishiga olib kelgan.
Moliya bo’yicha qonuniy asos rivojlantirilgan va faqat bu Angliyada amalga
oshirilgan. Qirol Jon boshqaruvi davrida xarajatlar o’rniga yillik foydani nazorat
qilish boshlangan. 1787-yilda buxgalteriya va hisobot tizimi o’rnatildi. 1866-
yildagi audit departamenti qonuni va 1866-yilda Jamiyatlar Uyi (the House of
Commons)da mahalliy buxgalterlar qo’mitasi konstitutsiyasi muhim davriy
rivojlanishga asos bo’ldi.”
5
Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan AQShda natijaviylikka
yo‘naltirilgan Budjetlashtirish amaliyotini joriy etish qariyb 50 yil oldin amalga
oshirilgan. AQShning natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirish amaliyoti
konsepsiyasini joriy etish bosqichlarini quyidagicha taqsimlash mumkin:
Maqsadli-dasturiy Budjet islohotlari, 1949-1962 yillar;
«Rejalashtirish-dasturlashtirish - Budjetlashtirish» tizimi, 1962-1971 yillar;
«Maqsadlarni boshqarish», 1972-1975 yillar;
«Nol asosli Budjetni ishlab chiqish», 1977-1981 yillar;
«Davlat muassasalari faoliyatini baholash haqida»gi (GPRA) AQSh qonuni
1993-yilda qabul qilindi va aynan mazkur qonun bugungi kunda natijalarni
boshqarish amaliyotining asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
5
Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace
USA, 2016.
34
Mazkur GPRA qonuni davlat Budjet siyosatining bir necha maqsadlarini
oydinlashtirdi. Qonunning asosiy bandlari AQSh natijaviylikka yo‘naltirilgan
Budjetlashtirish amaliyotining maqsadlarini uyg‘unlashtiradi, rejalar va hisobotlar
tizimini tartiblashtiradi, natija larga eltuvchi resurslarning samara doirasini belgilab
beradi.
Rossiya Federatsiyasining
NYB
ni joriy etish borasida to‘plangan tajribasi
o‘tish davriga xos davlatlar uchun diqqatga sazovor. Mamlakat hukumati «2004-
2006 yilda Rossiya Federatsiyasida Budjet jarayonini qayta qurish Konsepsiyasi»ni
qabul qilishi bu boradagi dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi. Bu konsepsiya Budjet
amaliyoti uchun yangi bo‘lgan natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirishni keng
doirada tatbiq etish imkonini yaratadigan quyidagi asosiy jihatlarda, ya’ni:
davlat Budjetining rejalashtirish natijalarida va federal sub’ektlar
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan yig‘ma bayonnomada;
federal va mahalliy (har bir bo‘g‘inga bo‘ysunuvchi muassasalar)
maqsadli Budjet dasturlarida;
o‘rta muddatga mo‘ljallangan istiqbolli moliyaviy rejada;
Rossiya Federatsiyasining xarajat majburiyatlari Reyestrida namoyon
bo‘ladi.
Hisobotlar doirasida maqsadli Budjet dasturlari davlat hokimiyat organlari
faoliyati strategiyalarini aniqlab olib, ishlar borishini muvofiqlashtiradi.
Muvofiqlashtirilgan hisobotlar va dasturlar orqali
NYB
tizimidagi makro va
mikrodarajadagi xarajatlar hamda ularning natijalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik
shakllantiriladi. Istiqbolli moliyaviy reja tuzish orqali Budjet xarajatlarining hajmi
va tarkibining rejalashtirilishiga erishiladi.
Bozor munosabatlari rivojlangan Budjet tizimini boshqarish hamda ularning
natijalarini ta’minlash natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirish tizimi orqali
amalga oshiriladi. Davlat Budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy
etish bugungi kunda Budjet islohotlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
qolmoqda. Budjet tizimini samarali boshqarish zaruriyati Budjetmablag‘laridan
35
to‘g‘ri foydalanishda bosh mezonga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Budjettizimidagi o‘tkazilayotgan tub islohotlar davlat Budjeti ijrosini
natijaviyligini ta’minlash hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatda davlat Budjeti ijrosining natijaviyligini
ta’minlash maqsadida ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijaviylikka
yo‘naltirilgan Budjetlashtirish amaliyotini joriy etish ham olib borilayotgan
islohotlardan biri hisoblanadi.
O‘rta muddatli Budjetni rejalashtirishga o‘tish keyingi yillarda rivojlangan
davlatlar va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida olib borilayotgan Budjet
islohotlarining muhim elementlaridan hisoblanadi. O‘rta muddatli Budjet
strategiyasiga o‘tish quyidagi zaruriyat bilan belgilanadi:
bir yildan ortiq davrga mo‘ljallangan davlat dasturlarini moliyalashtirish va
amalga oshirish davlat dasturlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy
resurslar bilan bog‘lanishni talab qiladi;
ichki va tashqi resurslarning, jumladan investitsion resurslarning
konsolidatsiyalanishi;
davlat moliyasini rejalashtirish va boshqarish tartibini takomillashtirish
orqali investitsion xarajatlarning bo‘lajak joriy xarajatlar bilan bog‘lash
imkoniyati yaratiladi;
davlat xarajatlari samaradorligini oshirish;
Budjet jarayonining prognozi va shaffofligini ta’minlash.
O‘rta muddatli Budjet strategiyasi doirasida Budjet siyosatining yo‘nalishlari
va chora-tadbirlari moliyalashtirish vositasiga aylanadi va o‘rta muddatli
ustuvorliklarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Navbatdagi moliyaviy yil
uchun Budjet har yili yangilanadigan va bir yil oldinga suriladigan o‘rta muddatli
(odatda 3 yilga mo‘ljallangan) moliyaviy rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
Budjet
siyosatining uzluksizligini, Budjet mablag’lari taqsimlanishining
prognozini ta’minlaydi va shu bilan birga, davlat siyosati maqsadlari hamda ularga
erishish sharoitlariga muvofiq tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Bunda o‘rta
36
muddatli Budjet ijro hokimiyati organlarining prognoz tahliliy hujjati maqomini
olishi mumkin.
Bizning fikrimizcha, O‘zbekistonda o‘rta muddatli rejalashtirishga o‘tish
shart sharoitlarini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
Natijaviylikka
yo‘naltirilgan
budjetlashtirish
budjet
xarajatlarini
optimallashtirishga, ularni davlat siyosatining ustuvorliklariga bo‘ysundirishga,
iqtisodiyotning davlat sektori samaradorligini oshirishga qaratilgan. Natijaviylikka
yo‘naltirilgan Budjetlashtirish elementlarini nisbatan tez (5-10 yil) va keng
miqyosda asosan, Jahon banki, shuningdek, boshqa donorlar ko‘magida joriy
etishga urinishlar va uning Budjet islohotlarining boshqa yo‘nalishlari bilan birga
borishi yoki ulardan ilgarilab ketishi so‘nggi yillarda qator rivojlanayotgan
mamlakatlarda kuzatildi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham moliyaviy yilga mo‘ljallangan
natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirish amaliyotini keng joriy etishning
istiqbol rejalari ishlab chiqilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda bir necha
milliy dasturlar va hukumat qarorlari mavjud bo‘lib, ularni natijaviylikka
yo‘naltirilgan Budjetlashtirish amaliyotiga muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Ko‘zlangan uzoq muddatli strategik rejalar hamda hukumat qarorlarini
to‘laqonlik bilan amalga oshirish kelajak ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi.
barqaror iqtisodiy o‘sish va uning o‘rta va uzoq muddatli
istiqbolda saqlanib qolishi zarurligi;
farovonlikni oshirishning o‘rta muddatli strategiyasini ishlab
chiqish va o‘rta muddatga mo‘ljallangan boshqa milliy
dasturlarning mavjudligi;
yangi Soliq kodeksining qabul qilinishi va o‘rta muddatli
istiqbolga mo‘ljallangan soliq siyosati konsepsiyasini ishlab
chiqish.
37
Quyidagi
3-rasmda
milliy dasturlarni natijaviylikka yo‘naltirilgan
Budjetlashtirish amaliyotiga moslashtirishning namunaviy shakli keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |