O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


  Davlat  budjetini  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarini



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/229
Sana01.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#305560
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

 

3.  Davlat  budjetini  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarini 

ko’rib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 

budjetnoma  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  palatalari  tomonidan 

ko’rib chiqiladi.  

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun 

Davlat  budjetini,  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarini  hamda  soliq  va 

budjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi. 



 

 

103 



      

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining navbatdagi yil uchun 



Davlat budjeti to’g’risidagi qarorlarini ijro etish uchun O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining qarori qabul qilinadi, unda: 

-

 

asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi; 



-

 

Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari; 



-

 

Davlat  budjeti  taqchilligining  eng  yuqori  miqdori  va  uni  qoplash 



manbalari; 

-

 



davlat maqsadli jamg’armalarining asosiy parametrlari; 

-

 



soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari miqdorlari; 

-

 



Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjetining,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlari, O’zbekiston 

Respublikasining  respublika  budjetidan  subventsiyalar,  o’tkazib  beriladigan 

daromadlar va dotatsiyalarning cheklangan miqdorlari; 

-

 

umumdavlat  soliqlari  tushumlaridan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 



budjetiga,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  budjetlariga  ajratmalarning 

normativlari;  

-

 

O’zbekiston  Respublikasining  respublika  budjeti,  Qoraqalpog’iston 



Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma 

kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlari; 

-

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg’armasining, 



Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  budjetining,  viloyatlar  viloyat 

budjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  budjetining  zaxira  jamg’armalari 

miqdorlari tasdiqlanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  asosiy 

makroiqtisodiy 

ko’rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga 

doir  qaroriga  muvofiq,  qaror  qabul  qilingandan  so’ng  bir  haftalik  muddatda 

tegishincha  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  xalq  deputatlari 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlari  tomonidan  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  budjetlari 

daromadlari hamda xarajatlarining hajmlari qabul qilinadi.  



 

 

104 



      

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  xalq  deputatlari 



viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlari  qabul  qilgan  qarorlarga  muvofiq 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 

hokimlari o’n ish kuni ichida: 

Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar 

mahalliy  budjetlarining,  tumanlar  va  shaharlar  budjetlarining  daromadlari  va 

xarajatlari hajmlarini, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjetidan, 

viloyatlarning  viloyat  budjetlaridan  va  Toshkent  shahrining  shahar  budjetidan 

subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalarning cheklangan 

miqdorlarini; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  budjetlari  tarkibiga  kiradigan  tumanlar  va  shaharlar  budjetlariga 

umumdavlat  soliq  tushumlaridan  ajratmalarning  normativlarini.  Umumdavlat 

soliqlaridan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar mahalliy budjetlari tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlariga 

ajratmalarning normativlari ayni shu soliqlardan Qoraqalpog’iston Respublikasi 

budjetiga,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  budjetlariga  ajratmalarning 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qarori  bilan  belgilangan  normativlaridan 

ortiq bo’lmagan miqdorlarda belgilanadi; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  budjetining,  viloyatlar  viloyat 

budjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  budjetining  zaxira  jamg’armalari 

miqdorlarini; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy budjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar budjetlari aylanma 

kassa  mablag’larining  yo’l  qo’yiladigan  eng  kam  miqdorlarini  tasdiqlash 

bo’yicha qarorlar qabul qiladi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 

shahar  hokimlarining  tegishincha  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjetini, 



 

 

105 



      

 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  budjetlarini  tasdiqlash  to’g’risidagi 



qarorlariga  muvofiq  xalq  deputatlari  tumanlar  va  shaharlar  Kengashlari 

tomonidan  tumanlar  va  shaharlar  budjetlarining  daromadlari  hamda  xarajatlari 

hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi. 

Xalq  deputatlari  tumanlar  va  shaharlar  Kengashlarining  qarorlariga 

muvofiq  tumanlar  va  shaharlar  hokimlari  tumanlar  va  shaharlar  budjetlarining 

daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo’yicha uch ish kuni ichida 

qarorlar qabul qiladi. 

Davlat  budjetining,  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining  asosiy 

parametrlari tasdiqlanganidan keyin O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 

-

 



Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  budjetlari  daromadlari  va  xarajatlari  hajmlarini,  shuningdek  ularga 

O’zbekiston  Respublikasi  respublika  budjetidan  beriladigan  subventsiyalar, 

o’tkazib  beriladigan  daromadlar  va  dotatsiyalar  hajmlarini  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari 

e’tiboriga — uch ish kuni ichida; 

-

 

budjet 



mablag’larini 

taqsimlovchilar 

va 

davlat 


maqsadli 

jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlar  uchun  belgilangan  daromadlar  va 

xarajatlarning hajmlarini ularning e’tiboriga — o’n ish kuni ichida etkazadi.  

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  budjetlari  tasdiqlangandan  keyin  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklarining  moliya 

boshqarmalari:  

-

 



tumanlar  va  shaharlar  budjetlarining  daromadlari  va  xarajatlari 

hajmlarini,  shuningdek  ularga  tegishincha  Qoraqalpog’iston  Respublikasining 

respublika  budjetidan,  viloyatlarning  viloyat  budjetlaridan  va  Toshkent 

shahrining  shahar  budjetidan  beriladigan  subventsiyalar,  o’tkazib  beriladigan 




 

 

106 



      

 

daromadlar  hamda  dotatsiyalar  hajmlarini  tumanlar  va  shaharlar  hokimliklari 



e’tiboriga — uch ish kuni ichida;  

-

 



Qoraqalpog’iston 

Respublikasining 

respublika 

budjetidan, 

viloyatlarning  viloyat  budjetlaridan  va  Toshkent  shahrining  shahar  budjetidan 

moliyalashtiriladigan  budjet  tashkilotlari  hamda  budjet  mablag’lari  oluvchilar 

e’tiboriga  ular  uchun  nazarda  tutilgan  budjetdan  ajratiladigan  mablag’lar 

hajmlarini — bir haftalik muddatda etkazadi. 

Tumanlar  va  shaharlar  budjetlari  tasdiqlanganidan  keyin  tumanlar  va 

shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan 

moliyalashtiriladigan  budjet  tashkilotlari  hamda  budjet  mablag’lari  oluvchilar 

e’tiboriga  ular  uchun  nazarda  tutilgan  budjetdan  ajratiladigan  mablag’larning 

hajmlarini bir haftalik muddatda etkazadi. 

O’zbekiston  Respublikasining  Favqulodda  Davlat  budjeti  O’zbekiston 

Respublikasining Prezidenti qaroriga ko’ra favqulodda holat sharoitlarida qabul 

qilinadigan budjetdir.  

Ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  favqulodda  holat  sharoitlarida  budjet 

sohasidagi vakolatlarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko’ra 

amalga oshiradi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  Davlat  budjetining  amal  qilishi 

davrida  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  O’zbekiston 

Respublikasi  Davlat  budjeti  to’g’risidagi  qarorlarining,  shuningdek 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesining,  xalq  deputatlari 

viloyatlar 

va 

Toshkent 



shahar 

Kengashlarining 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasining  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy  budjetlari 

daromadlari  va  xarajatlari  hajmi  haqidagi  qarorlarining  amal  qilishi  to’xtatib 

turiladi. 




 

 

107 



      

 

O’zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  Davlat  budjetining  amal  qilishi 



tugatilishi  bilan  Davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlari 

parametrlariga aniqlik kiritiladi. 

 

Amerika Qo’shma Shtatlaridagi davlat budjetini tayyorlash va qabul qilish 



jarayoni  ijro  etuvchi  va  qonun  chiqaruvchi  organlar  funksiyalari  bir  xil  siyosiy 

partiya yoki partiyalar koalitsiya(birlashma)si orqali boshqariluvchi Britaniyaga 

o’xshash parlamentar hukumatda qo’llaniladigan jarayondan farqlanadi. Bunday 

tizimlarda,  budjet  tasdiqi  fazasi  ma’lum  darajada  yo’naltirilgandir.  Umuman 

olganda  Parlamentlar  davlat  budjetini  o’zgartira  oladilar  lekin  ko’pincha  uni 

o’sib  ketishiga  to’sqinlik  qilinadi.  Partiyaviy  intizom  odatda  parlament 

tomonidan  amalga  oshirilgan  kichik  o’zgarishlarni  kafolatlaydi.  Farqli  o’laroq 

Amerika  Qo’shma  Shtatlarida  qonun  chiqaruvchi  organ  ijro  etuvchi  organ 

tomonidan  taqdim  etilgan  budjetdan  ahamiyatli  e’tiborda  tarqaluvchi  budjetni 

tasdiqlashi  mumkin.  Xalqaro  valuta  fondi  tomonidan  2005-yilda  o’tkazilgan 

tadqiqot qonun chiqaruvchi organi nisbiy budjetlashtirish qudratining shartlariga 

binoan  28  davlatni  ifodalaydi.  Bu  tadqiqot  AQSHni  Vestminister  davlatlari 

(jumladan  buyuk  britaniya  va  Avstraliya)  dan  ancha  oldinda  eng  yuqori 

darajadagi qonun chiqaruvchi organ budjet tizimiga ega davlat sifatida qayd etdi 

lekin  shuningdek  Germaniya,  Meksika  va  Ispaniya  kabi  davlatlarga  nisbatan 

kuchliroq edi [7]. 

 

 

 



 

 

 



 


 

 

108 



      

 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish