Soliq solinadigan baza.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib
chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Agar soliq to‗lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‗ra, sud yoki
boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa,
bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari
daromadlar amalda olingan sanada O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilangan kurs bo‗yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |