CHet el yuridik shaxslari- rezidentlar va norezidentlarga bo‗linadi. Rezidentlar
O‗zbekistondagi yuridik shaxslar kabi soliqqa tortiladi. O‗zbekiston Respublikasida
faoliyat ko‗rsatuvchi norezident yuridik shaxslar:
-
doimiy muassasa orqali faoliyat ko‗rsatuvchi;
-
doimiy muassasa bo‗lmasdan faoliyat ko‗rsatuvchi yuridik shaxslarga bo‗linadi.
Birinchi guruhdagilarning O‗zbekistonda olgan daromadlari ularning soliq
idoralariga taqdim etadigan deklaratsiyalari orqali soliq idoralari tomonidan hisoblab
chiqilib soliqqa tortiladi.
Ikkinchi guruh norezidentlarning O‗zbekiston hududidagi korxona va
tashkilotlardan olgan daromadlari manbaida jami daromaddan hech qanday
chegirmasiz soliqqa tortiladi (ushlanib qolinadi).