4-mavzu
Yuridik shaxslardan olinadigan soliklar.
178
infratuzilmani rivojlantirish solig‗i to‗g‗risida tasavvur hosil qilish.
.
Fanlararo va fan ichidagi bog„liqlik.
Solik va solikka tortish fani
―Soliq nazariyasi‖,
«Iqtisodiyot nazariyasi», «Moliya» va «Pul kredit va banklar» kabi iqtisodiy fanlar
bilan uzviy bog‗liq.
Nazariy qism.
Foyda solig‗i
Foyda solig‗i to‗lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:
O‗zbekiston Respublikasining rezidentlari;
O‗zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan
yoki hosil bo‗lish manbai O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
daromadlarni oladigan O‗zbekiston Respublikasi norezidentlari.
Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i to‗lovchilar bo‗lmaydi:
notijorat tashkilotlar ;
Hisobot davri quyidagilardir:
qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun —
yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‗lovchilar uchun
— bir oy.
QKSning amaldagi stavkasi:
20%
QKSdan hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi:
QKSng hisob-kitobi soliq bo‗yicha hisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati
organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot
davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik
moliyaviy hisobot topshirilgan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‗lovchilar
tomonidan —har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo‗yicha esa — yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim
etiladi;
.
Aksiz solig‗i
Aksiz solig‗ini to‗lovchilar:
Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qat‘i nazar,
yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig‗i to‗lovchilari hisoblanadi.
Aksiz solig‗i to‗lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:
O‗zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‗i solinadigan tovarlarni (aksiz
to‗lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
O‗zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‗lanadigan tovarlarni import
qiluvchilar;
179
oddiy shirkat aksiz to‗lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat
shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi
(ishtirokchisi).
Aksiz to‗lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‗yicha aksiz to‗lanadigan tovarlar
ishlab chiqaruvchi bo‗lmagan shaxs O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
qaroriga binoan aksiz solig‗ini to‗lovchi etib belgilanishi mumkin.
Aksiz solig‗idan hisob-kitobni taqdim etish tartibi:
Aksiz solig‗ining hisob-kitobi soliq bo‗yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq
xizmati organlariga:
aksiz solig‗i to‗lovchilar bo‗lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan —
yilning har choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‗lovchilar
tomonidan — har oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay
taqdim etiladi.
Aksiz solig‗ining to‗lash tartibi:
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay — joriy oyning birinchi o‗n kunligi uchun;
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay — joriy oyning ikkinchi o‗n kunligi uchun;
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay — hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Import qilinadigan tovarlar bo‗yicha aksiz solig‗ini to‗lash bojxona to‗g‗risidagi
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi;
Aksiz markalari bilan tamg‗alanishi lozim bo‗lgan import qilinadigan aksiz
to‗lanadigan tovarlar bo‗yicha aksiz solig‗i aksiz markalari olinguniga qadar
to‗lanadi.
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗i
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗ini to‗lovchilar:
Soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‗lgan yuridik shaxslar mol-mulk solig‗i
to‗lovchilardir.
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗ining davri. Hisobot davri va soliq
stavkasi:
Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
Soliq stavkasi-3,5%.
YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗ini hisob-kitoblarini taqdim etish:
Joriy to‗lovlar summasi tegishli yil uchun yillik summasining o‗n ikkidan bir qismi
miqdorida belgilanadi. Soliq to‗lovchi ma‘lumotnomani joriy yilning 20
yanvarigacha taqdim etadi.
YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O‗zbekiston Respublikasining
norezidentlari tomonidan yilda bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15
fevralidan kechiktirmasdan to‗lanishi kerak.
Er qa‘ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus to‗lovlarni to‗laydilar:
er qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq;
qo‗shimcha foyda solig‗i;
bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).
Er qa‘ridan foydalanganlik uchun hisob-kitoblarni taqdim etish va to‗lash tartibi.
180
Er qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo‗yicha hisobga olish
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, keyingi yilning 1 fevralidan
kechiktirmay.
Er qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni to‗lash hisob-kitobni taqdim etish
muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lovchilar quyidagi shaxslardir:
yuridik shaxslar — O‗zbekiston Respublikasi rezidentlari;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‗zbekiston Respublikasi
norezidentlari;
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklari.
Hisobot davri quyidagilardir:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‗lanadigan solig‗ining umumiy summasi
yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‗pni tashkil etadigan
yuridik shaxslar (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) uchun — bir oy;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‗lanadigan solig‗ining umumiy summasi
yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan
yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar hamda yakka
tartibdagi tadbirkorlar uchun — yil choragi;
qishloq xo‗jaligi korxonalari va yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda
tuzilgan dehqon xo‗jaliklari uchun — kalendar yil.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lashni tartibi:
1) har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari
bo‗yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
2) yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan
muddatda.
Er solig‗i
Er solig‗ining to‗lovchilari:
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er
uchastkalariga ega bo‗lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‗zbekiston
Respublikasining norezidentlari er solig‗ini to‗lovchilaridir.
Er solig‗i hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi
Er solig‗i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo‗lgan holatga ko‗ra hisoblab
chiqariladi va er solig‗ining hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq
xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi.
Er solig‗ini to‗lash tartibi:
Yilning xar choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga
oshiriladi.
YAgona er solig‗i to‗lashga o‗tmagan qishloq xo‗jaligi korxonalari tomonidan er
solig‗ini to‗lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
181
hisobot yilining 1 iyuliga qadar — yillik soliq summasining 20 foizi;
hisobot yilining 1 sentyabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i to‗lovchilari:
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar — O‗zbekiston
Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
solig‗ini to‗lovchilardir.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliq hisob-kitoblarini
taqdim etish:
ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning
25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim
etiladigan muddatda.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqni to‗lash tartibi:
to‗lash soliq bo‗yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga
oshiriladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‗llanilishi:
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‗lovchilarning ayrim toifalari uchun
qo‗llaniladi va yagona soliq to‗lovini, yagona er solig‗ini hamda tadbirkorlik
faoliyatining ayrim turlari bo‗yicha qat‘iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish
hamda to‗lashning maxsus qoidalari qo‗llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar
bo‗yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi.
O‗zbekiston Respublikasidagi 2012 yilga mikrofirma va kichik korxonalar uchun
yagona soliq to‗lovini stavkalari:
Iqtisodiyotning barcha korxonalari -6%;
Sanoat ishlab chiqarish sohasining korxonalari -5%;
Kompyuter dasturlarni ishlab chiqib joriy etilishi jami realizatsiya (ish, xizmatlar)
hajmining 80 % dan ortiq bo‗lgan korxonalar-5%;
YUridik shahslar tomonidan bojhona xujjatlarini rasmiylashtirish (bojhona
brokerlari) xizmatlari -6%;
Lombardlar-30%.
YAgona soliq to‗lovini to‗lovchilar quyidagilardir:
1) mikrofirmalar va kichik korxonalar;
2) xodimlarning sonidan qat‘i nazar:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
lotereyalar tashkil qilish bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik
shaxslar.
YAgona soliq to‗lovini hisob- kitoblarini taqdim etish tartibi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot
davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik
moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
182
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan korxonalar tomonidan —
har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari
bo‗yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
YAgona soliq to‗lovini to‗lash tartibi:
YAgona soliq to‗lovini to‗lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay
amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |