Soliq hisobotini saqlash muddati. Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va
soliq to‗lovchida soliq majburiyati bo‗yicha da‘vo qilish muddati mobaynida
saqlanadi (5 yil).
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyati.
Soliqlar va boshqa majburiy to„lovlarni to„lash majburiyati deb-soliq to„lovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy to„lovni to„lash, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyati soliq to‗lovchining
hisobvarag‗ida etarlicha pul mablag‗lari bo‗lgan taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa
majburiy to‗lovni to‗lash uchun bankka to‗lov topshiriqnomasi taqdim etilgan
paytdan e‘tiboran, soliq yoki boshqa majburiy to‗lov naqd pul mablag‗lari bilan
to‗langanda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan
paytdan e‘tiboran bajarilgan deb hisoblanadi.
Soliq yoki boshqa majburiy to‗lov summasini o‗tkazish uchun to‗lov topshiriqnomasi
soliq to‗lovchi tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq to‗lovchiga
qaytarilgan taqdirda, shuningdek agar soliq to‗lovchi bankka to‗lov topshiriqnomasini
taqdim etgan paytda bu soliq to‗lovchining hisobvarag‗iga qo‗yilgan, qonun
hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim bo‗lgan, bajarilmagan
talablar mavjud bo‗lsa hamda soliq to‗lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun
hisobvaraqda etarlicha pul mablag‗lariga ega bo‗lmasa, soliq yoki boshqa majburiy
to‗lov to‗langan deb hisoblanmaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash milliy valyutada, qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Soliq majburiyatining soliq to‗lovchi tomonidan bajarilmaganligi unga nisbatan soliq
majburiyatining bajarilishini ta‘minlash choralarini qo‗llash uchun asos bo‗ladi.
Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan
amalga oshirilgan hollarda soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyati
davlat soliq organining yozma talabnomasi olingan sanadan e‘tiboran yuzaga keladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar byudjetga
va davlat maqsadli jamg‗armalariga quyidagi tartibda o‗tkaziladi:
asosiy summa;
hisoblangan penya;
jarimalar.