Soliq va soliqqa tortish fanidan


 Soliq tizimi haqida tushuncha va uning mohiyati



Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/277
Sana01.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#305102
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   277
Bog'liq
Soliq va soliqqa tortish

3. Soliq tizimi haqida tushuncha va uning mohiyati . 
Prezident  I.A.  Karimov  tomonidan,  «avvalo  soliq  tizimi  o‗ziga  xos  vazifani-
fiskal,  qayta  taqsimlash  va  rag‗batlantirish  vazifasini  to‗la  darajada  bajarishi 
kerak»,
11
- degan fikr bildirilgan edi. 
Respublikamiz  mustaqilligining  dastlabki  yillarida  davlat  soliq  siyosatining 
asosiy  yo‗nalishi  bozor  munosabatlarini  qaror  toptirishga    qaratilgan  qator  ilmiy 
asoslangan  soliqlarni  joriy  etish  va  shu  orqali  mavjud  soliq  tizimini  tubdan  qayta 
tashkil  etishdan  iborat  bo‗ldi.  Soliq  siyosatining  keyingi  yo‗nalishi  esa  joriy  etilgan 
soliqlarning  samarali  amal  qilishini  ta‘minlash  maqsadida  soliq  munosabatlarini 
amalga  oshiruvchi  tegishli  muassasalarni  tashkil  etishga  qaratildi.  Xususan,  dastlab 
1992  yilda  Vazirlar  Mahkamasi  qoshida  Soliq  bosh  boshqarmasi  tashkil  etilgan 
bo‗lsa, 1994 yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq Qo‗mitasiga aylantirildi va uning 
hududiy bo‗linmalari tashkil etildi.DSK, DSBlar, DSIlar........ 
Bundan  ko‗rinadiki,  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tishning  birinchi  bosqichida  soliq 
siyosatida  asosan  tashkiliy  jihatlarga  e‘tibor  qaratildi,  ya‘ni  soliqlarni  joriy  etish  va 
soliq siyosatini bevosita amalga oshiruvchi tegishli muassasalar shakllantirildi.  
Mustaqillik  yillarida  soliq  tizimi  islohoti  rivojlanishini  yaqqol  ko‗rsatish  uchun 
shu davrni to‗rt bosqichga bo‗lib ko‗rsatish mumkin. 30-slaydga qarang: 
Birinchi  bosqich  1991-1994  yillar  - 
O„zbekistonning  o„z  soliq  tizimini 
tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.  
Soliq  islohotlarining  ikkinchi  bosqichi  soliqlarni  bozor  iqtisodi  talablariga 
moslashtirish  va  korxonalarning  ishlab  chiqarishni 
rag„batlantirishga  qaratish 
davridir. Bu davrga 1995 
—1997 yillar to„g„ri keladi. 
Bu  davrda  soliqlar  ishlab-chiqarish  samaradorligini  oshirishga 
ta‟sirini 
kuchaytirishga 
bag„ishlandi.  Ularga  soliqlardan  xilma-xil  imtiyozlar  berildi. 
Ayniqsa yuridik shaxslarning foydaga (daromad) 
solig„idan imtiyozlar ko„p edi, 
1995 yildan boshlab korxonalar har bir foiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini 
ko„paytirgani uchun 0,3 %dan foydaga soliq stavkasi kamaytirildi.  
Soliq  islohotining  uchinchi  bosqichi  1998  yildan  2007  yilning  oxirigacha 
davom  etdi.  Bu  bosqichni  soliq  tizimida  soliqlarni  ixchamlashtirish 
konsepsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin. 
Bu  bosqichda  soliq 
to„lovchi  yuridik  shaxslarga  imkoni  boricha 
soddalashgan,  ixchamlashgan  soliq  tizimi  joriy  etilib,  ularning  soliq  hisoblari, 
hisobotlarini, soliq 
to„lash muddatlari ixchamlashtirildi. 
                                                           
11
 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари.  –Т.: Ўзбекистон, 1998. 358-б.  


36 
 
Ixchamlashtirilgan  soliq 
to„lashga  o„tishning  huquqiy  asoslari  qishloq 
xo„jalik  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  uchun  yagona  er  solig„i  O„zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining 
“qishloq  xo„jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilar 
uchun yagona er 
solig„ini joriy etish to„g„risida”gi 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-
2086-son Farmoni bilan 1999 yildan boshlab, kichik korxonalar uchun yagona 
soliq 
to„lash  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Kichik 
korxonalar  uchun  ixchamlashtirilgan  soliqqa  tortish  tizimiga 
o„tishni  qo„llash 
to„g„risida”gi  qarorga  asosan  (1998  yil  15  aprel  159—son)  1998  yildan 
boshlab  va 
O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Savdo  va 
ijtimoiy  ovqatlanish  korxonalarini  soliqqa  tortish  tizimini  takomillashtirish 
to„g„risida”gi Farmoni (1153 — son 10 aprel 1998 yil) bilan savdo va umumiy 
ovkatlanish korxonalari 1998 yildan boshlab yalpi daromaddan soliq va mulk 
solig„ini to„laydigan bo„ldi. 
Soliq  tizimini  ixchamlashtirish  soliq  hisoblovchi  xodimlar,  davlat  soliq 
idoralari va bank  xodimlarining minglab soat vaqtlarini iqtisod qilishga, ularni 
korxonalar foaliyati tahliliga 
bag„ishlashga imkoniyat yaratmoqda. 
Mustaqillik  yillarida  soliq  tizimini  rivojlantirish  asta-sekin 
o„z  natijasini 
berib  bormoqda.  Kichik  korxonalarning  mamlakat  ichki  mahsuloti  ishlab 
chiqarishdagi  salmogi  ortib  bormoqda.  Mustaqillik  yillarida 
O„zbekiston 
o„zining  mustaqil  soliq  tizimiga  ega  bo„ldi  va  uni  takomillashtirish  borasida 
yangi izlanishlar davom etmoqda. 
 SHuni 
ta‟kidlab  o„tish  joizki,  respublika  iqtisodiyotida  soliqlarning  tutgan 
muhim 
o„rni  borligini  nazarga  olgan  holda  Respublikada  olib  borilayotgan 
soliq  islohotlariga  katta 
e‟tibor  berish  lozim.  Toki  bu  islohotlar  respublikamiz 
iqtisodiyoti  ravnaq  topishiga,  aholi  turmush  darajasini 
ko„tarishga  doimo 
xizmat qilsin.  
1997  yil  24  aprelida 
O„zbekiston  Respublikasi  Soliq  Kodeksining 
tasdiqlanishi  soliq  tizimini  isloh  qilishning  uchinchi  bosqichining  boshlanishi 
deb ifodalash mumkin.. 
Soliq  kodeksi  amalga  kiritilishi  bilan  soliqqa  tortishning  barcha  asos 
bo„luvchi  me‟yorlarini  yagona  hujjatga  jamlash;  soliq  imtiyozlarini 
tizimlashtirish;  foyda,  mol-mulk, 
qo„shilgan qiymatni hisobga olish va soliqqa 
tortishning xalqaro tizimini joriy etishga imkon yaratildi. 
Uchinchi  bosqichda  yuridik  shaxslarga,  birinchi  navbatda  kichik  va 
o„rta 
korxonalar 
uchun 
soliqqa 
tortish, 
hisobga 
olish 
va 
hisobotning 
soddalashtirilgan  tizimi  barpo  etildi.  Kichik  tadbirkorlik 
sub‟ektlari  ixtiyoriy 
asosda  umumdavlat  va  mahalliy  soliqlar  hamda 
yig„imlar jamlanmasi o„rniga 
yagona soliq 
to„lay boshladilar. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 
159-son 
qarori  bilan 
kichik 
korxonalar 
uchun 
soliqqa  tortishning 
soddalashtirilgan tizimini 
qo„llash tartibi tasdiqlandi. 
To„rtinchi  bosqich  2008  yil  01  yanvardan  yani  O„zbekiston 
Respublikasining  Soliq  kodeksini  amalda  kuchga kiritilishi  bilan  boshlandi  va 
xozirgi kungacha davom etib kelmoqda.  


37 
 
Bu  bosqichda  soliq 
to„lovchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  imkoni 
boricha  soddalashgan,  ixchamlashgan  soliq  tizimi  joriy  etilib,  ularning  soliq 
hisoblari,  hisobotlarini,  soliq 
to„lash  muddatlari  ixchamlashtirilmokda  va  soliq 
yuki muntazam ravishda yildan yilga kamaytirilmokda. 

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish