Xabardor
Lenta O‘zbekiston Qiziqarli Xorij Foydali Sport
Texno Sayohat
O
6
17:21 / 07.02.2020
5937
Bu haqiqiy tillami yoki soxta? Uy
sharoitida tillani farqlash usullari
Zargarlik buyumini sotib
olishdan avval uning sifatiga
ishonch komil qilish zarur. Firibgarlarning qaramog‘iga osongina
tushib qolmaslik uchun toza tillani soxtasidan ajrata olishni
bilishingiz
kerak.
Tekshirishning turli usullari
Tillaning soxta yoki haqiqiy ekanligini quyidagi oddiy usullar
yordamida aniqlab olish mumkin.
• Yod
y
(
Tilla buyumni yod bilan qayta ishlash uning sifatini
tekshirishning eng ishonchli usuli. Yodning bir tomchisi tilla
buyumga tomiziladi va uch daqiqa kutiladi, so‘ng artib
tashlanadi. Artish vatqida yod tomizilgan yer o‘z rangini
o‘zgartirmagan bo‘lsa, demak, buyum toza tilladan yasalgan.
• Sirka
Agar yoddan foydalanishning imkoni bo‘lmasa, sirkadan
foydalanishingiz mumkin. Toza idishga sirka quyiladi va unga
tilla buyum solinadi. Oradan yarim soat o‘tgach, buyum olib
tekshiriladi: agar rangi o‘zgargan bo‘lsa, demak, qo‘lingizdagi
tilla soxta.
• Tilla xlori
Bu suyuqlik tilla buyum yuziga surtib ko‘riladi. Haqiqiy tilla
buyum bu suyuqlik bilan reaksiyaga kirishmaydi, buyumda
o‘zgarishlar paydo bo‘lmaydi. Soxtasi esa, albatta, o‘z rangini va
ko‘rinishini o‘zgartirib oladi.
• Magnit
Agar tilla oddiy metall ustiga yurgizilgan bo‘lsa, buni magniy
bo‘lagi orqali aniqlab olish mumkin.
• Keramik plitka
Tilla buyum plitka yuzasiga ishqalanadi va undan qolgan izga
baho beriladi. Agar ishqalangan yerda kulrang yoki qoramtir iz
qolsa, bu oddiy metall. Haqiqiy tilla o‘zidan faqatgina tillarang iz
qoldiradi.
Yuqoridagi usullar tilla buyum ko‘rinishiga sezilarli ta’sir
ko‘ratishi mumkin. Shuning uchun ularni qo‘llashda ehtiyotkor
bo‘ling...
Xalqona usullardan foydalanib ko‘ramiz
Tilla sifatini aniqlashda quyida keltiriladigan usullardan ham
foydalanishingiz mumkin.
• Yaltiroqliligini aniqlash
Haqiqiy tilla quyosh nurida ham soya joyda ham birdek
yarqiraydi. Farqni aniq bilish uchun tilla buyumni avval soya
joyda, keyin quyosh nuri ostida tekshirib ko‘rish kerak.
• Qora non
Nonning yumshoq qismi ajratib olinib idishga solinadi. Unga
biroz suv quyib, bo‘tqa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. So‘ng
aralashmaga tilla buyum solib qo‘yilib, aralashma qotgunicha
kutiladi.
Non qotgach, tilla buyumni olib, uning izi ko‘zdan kechiriladi.
Tilla buyum haqiqiy bo‘lsa, undan hech qanday iz qolmaydi.
Aksi bo‘lsa, buyum o‘rnida oksidlanish izlari paydo bo‘ladi.
Teglar
# Qiziqarli
# Foydali
"O‘sha paytlarda davlat ishida 11
million so‘m oylik olish haqiqiy
"bum" edi...”
Odilbek Mirzayevning ta’kidlashicha, u
o‘z kasbi ortidan bir paytlar davlat
tashkilotida ishlab ham katta miqdordagi
oylik maoshli ishlarga takliflar olgan.
Uning boshqalarga aytib beradigan o‘z
“story”lari bor...
# Qiziqarli # Biznes
Nima uchun koronavirusni
boshdan kechirgan bemorlar
kasalliklarga moyil bo
ʻ
lib qolishadi?
Virusolog javob berdi
Shifokor ichak faoliyati va mikrobiotaning
buzilishi immunitetga ham salbiy taʼsir
ko
ʻ
rsatishini, bundan tashqari koronavirus
infeksiyasi immunologik xotirani
zararlashini taʼkidlagan.
# Salomatlik # Qiziqarli
© 2021 Xabardor
“XABARDOR.UZ” saytida eʼlon qilingan
materiallardan nusxa ko‘chirish, tarqatish va boshqa
shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi
bilan amalga oshirilishi mumkin.
Xabardor.uz internet nashri 2019-yilning 24-sentabrida
OAV sifatida 1040 raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan.
Sayt muassisi “High Networks” MChJ hisoblanadi.
Murojaat uchun telefon: (+998 90) 041-30-00
Elektron manzil: info@xabardor.uz
MA’LUMOTLAR
Biz haqimizda
Biz bilan aloqa
IJTIMOIY TARMOQLAR
O
4