Qabul qilish-topshirish nazorati
mahsulot tayyor bo’lib, tayyor mahsulotlar
omboriga chiqarishdan oldin amalga oshiriladi. Bu nazorat turida mahsulotni
belgilanishiga ko’ra uning tashqi ko’rinishi, texnik hujjatlar va ishchi
chizmalarda keltirilgan mahsulotning forma va o’lchamlari bo’yicha ruxsat
etilgan chetlashishlarni mos kelishi, temirbeton konstruktsiyalarda himoya
qatlam qalinligi va armaturlashni to’g’ri bajarilganligi hamda materialni
mustahkamligini standart va nostandart usullar yoki konstruktsiyalarni naturaviy
sinovlari yordamida aniqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |