K arim a q osim ova


  So'zlarni  belgilariga  ko'ra  guruhlash  usuli



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/522
Sana01.01.2022
Hajmi7,78 Mb.
#304570
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   522
Bog'liq
Ona tili o'qitish metodikasi K Qopsimova, S Matchonov va b

3.  So'zlarni  belgilariga  ko'ra  guruhlash  usuli.
 
Guruhlash  aqliy 
faoliyat  usuli  bo'lib,  u  ona  tili  mashg'ulotlarida  o'quvchilaming  so'z 
boyligini  oshirishda  muhimdir.  Bu  usul  so'zlaming  anglatayotgan 
m a’nosi,  turkumi,  yasalishi,  imlosi,  uyasi  kabilarga  ajratish  imkonini 
beradi.  Guruhlash  kuzatish  va  taqqoslash  usuli  bilan  bog'liq.  So'zlarni
www.ziyouz.com kutubxonasi


guruhlash  uchun  awalo  ular  kuzatiladi,  so‘ng  taqqoslanadi.  Bu  jara­
yonda ularning o'xshash va farqli tomonlari  ajratiladi:  Masalan,  qavm- 
qarindoshlik  bo'yicha guruhlash  quyidagicha  bo'lishi  mumkin:
1.  Ota  urug'i: 
ota,  amaki,  amma,  clada,  buvi,  buva.
2.  Ona  urug'i: 
ona,  xola,  tog‘a,  buvi,  buva.
Sifatlarda  xususiyat  bildiruvchi  sifatlar 
(sho‘x,  og'ir,  bosiq,  aqlli,
 
aqlsiz,  hissiz,  andishali,  dangasa,  tanbal,  ishchan,  mehnatsevar  va
 
hokazo.),
  ta ’m  bildiruvchi  sifatlar  (shirin,  achchiq,  nordon,  taxir, 
sho'r,  mazali,  bemaza,  chuchmal va  hokazo.) va shu  kabilar guruhlash 
musobaqasi  tarzida  uyushtirilishi  mumkin.
Ma’lum  bir guruhdagi  so'zlar  ro'yxatini  tuzish  ishini  alifbo  asosida 
yozdirish  ham  mumkin.  Bu jarayonda  guruhlash  uchun  quyidagi  top- 
shiriqlardan  foydalanish  mumkin:
1.  Bolalar  o'yinlari  nomining  lug'atini  tuzing.
2.  O'zingiz  bilgan  shoir  nomlari  ro'yxatini  tuzing.
3.  Ertak  nomlari  ro'yxatini  tuzing.
4.  Joy  nomlari  ro'yxatini  tuzing.
5.  Ma’nodosh  so'zlar  ro'yxatini  tuzing  va  boshq.
Bular o'rganilayotgan  mavzularga,  mashq  matnlariga bog'liq holda 
tashkil  etiladi.  So'zlaming  izohli  lug'atini  sinf yoki  maktab  miqyosida 
tuzib,  osib  qo'yilib,  umumiste’molga  kiritish  mumkin.  Bunda 
„O'quv­
chilar pochtasi“
 tashkil  etilishi  ham  mumkin.  O'quvchilar  qaysi  so'z­
ning  ma’nosini  bilib  olishda  qiynalsalar,  shu  so'zni  yozib  yashikka 
tashlaydilar.  Hafta  oxiridagi  darsda  shu  so'zlar  ma’nosi,  imlosi,  izohi 
ustida  ishlanadi.
ONA  TILIDAN  B ILIM ,  KO‘NIKMA  VA 
MALAKALARNI  NAZORAT  QILISH
Bilimlarni  o'zlashtirishda  didaktik  talablardan  biri  bilimlarni 
o'quvchilar  qanday  o'zlashtirganini  muntazam  tekshirib  va  baholab 
borish  hisoblanadi.
Tekshirish  o'quvchilaming  bilim  sifatlarini,  shakllantirilgan  mala- 
kalardan  qanchalik  foydalanishini  aniqlashni  ta ’minlaydi.  Bu,  o'z 
navbatida,  o'quvchilaming  yangi  materialni  o'rganishga  tayyorligini 
aniqlash,  shuningdek,  qo'llanilgan  metod  va  usullaming  samarador- 
ligini baholashga,  ish  metodlariga ayrim o'zgartirishlar kiritishga imkon 
beradi.  Tekshirish  o'quvchilar  uchun,  birinchidan,  to'g'ri  shakllan-
www.ziyouz.com kutubxonasi


tirilgan  bilimlarni  mustahkamlashga  xizmat  qiladi,  ikkinchidan,  ish 
sifatini  yaxshilaydi,  o'z-o'zini  tekshirishni  o'stiradi.
Maktab  tajribasida  tekshirish  og‘zaki  va  yozma  shaklda  amalga 
oshiriladi;  bilimlarni  kundalik  mavzuga  oid  va  yakuniy  tekshirish  tat­
biq  etiladi.
Boshlang'ich  sinflarda  ona  tilidan  bilim,  ko'nikma,  malakalar 
og'zaki  va  yozma  shaklda  tekshirilsa-da,  bir  umumiy  baho  qo'yiladi. 
Bunda  o'quvchilaming  grammatik  aniqlik,  imlo  qoidalarini  bilishlari, 
so'zni  va  gapni  tahlil  qila  olishlari,  bilimni  yozma  nutqqa  (diktant, 
bayon,  inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi.  O'quvchilar yozma 
ishlarni qanday bajarganliklari  muntazam tekshirib boriladi.  O'qituvchi 
1-sinfda  o'quvchilaming  barcha  yozma  ishlari  (uy  va  sinf  ishlari)ni 
tekshiradi.  Boshqa  sinflarda  yangi  mavzu  o'rganilgan  davrdagi  yozma 
ishlarni  tekshiradi,  boshqa  vaqtda  tanlab  tekshiradi.
Ona  tilidan  yozma  tekshirish  uchun  asosan  diktant,  bayon,  insho, 
shuningdek,  grammatik,  so'z  yasashga  oid,  leksik  va  imloga  oid 
topshiriqlami  bajarish,  tekshiruv  ko'chirib  yozishdan  foydalaniladi. 
Yakunlovchi  tekshirish  uchun  har  bir  chorakda  bir  marta  tekshiruv 
ishi  o'tkaziladi.  Bulardan  tashqari,  o'quv  yili  davomida  bir  necha 
martadan  diktant,  grammatik  topshiriqli  yozma  ishlar,  test,  bayon  va 
insho  o'tkaziladi.  Tekshirish  ishlarining  hajmi  quyidagicha  bo'lishi 
mumkin:

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish