Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ―Sharq tillarini o‗qitish metodikasi va pedagogika‖ kafedrasi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/308
Sana01.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#304529
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   308
Bog'liq
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq tillarini o qiti

 
Tayanch so‗z va iboralar: 
ta‘lim ko‗rsatkichlari,natijalar,ta‘lim usuli, mazmun,maqsad, 
pedagogik  jarayon,  ta‘lim  texnologiyasi,  ishlab  chiqarish  texnologiyasi,  o‗qitish  texnologiyasi, 
shakl, zamonaviy ta‘lim berish usullari, pinbord, ishbilarmonlik o‗yinlari, roli o‗yinlar, deduktiv, 
induktiv, reproduktiv metodlar. 
 
1.
 
Zamonaviy ta‘lim berish usullarining mohiyati va mazmuni. 
Pedagogik texnologiya oqimi AQSh da dunyoga kelgan bulib, XX asrning 70-80 yillarida 
deyarli  barcha  rivojlangan  mamlakatlarniqamrab  oldi  va  YuNESKO  tomonidan  ma‘qullandi. 
Ta‘limni  texnologiyalashtirishning  asosini,  ta‘lim  jarayonini,  uning  samaradorligini  oshirish  va 
ta‘lim  oluvchilarni,  berilgan  sharoitlarda  va  ajratilgan  vaqt  ichida  loyixalashtirilayotgan  o‗quv 
natijalarga  erishishlarini  kafolatlash  maqsadida  to‗liq  boshqarish  g‗oyasi  tashkil  etadi.  Bunday 
yondoshishning  moxiyati,  ta‘lim  jarayonini  tizimlashtirishdan  -  uni,  aniq  rasmiylashtirilgan  va 
detallari  bo‗yicha  aniq  elementlarga  bo‗lib  tashlash  yordamida  maksimal  shakllashtirishdan 


iborat.  
Pedagogik  texnologiyalarning  predmeti
  -  ta‘lim  tizimini  konseptual  asoslariga  dalil 
keltirishdan,  maqsadlarni  qo‗yishdan,  natijalarni  shakllantirishdan,  o‗quv  materialini  tanlash  va 
strukturalashtirishdan,  ta‘lim  modelini  tanlashdan,  to  ularni  amalga  oshirishgacha,  ularning 
optimallik va samaradorlik darajasini baxolashgacha loyixalashtirishdan tarkib topgan.  
Bizning  ta‘lim  nazariya  va  amaliyotimizda,  o‗quv  jarayoniga  texnologik  xarakterni 
kiritish  50  –  yillardan  boshlangan.  Ular,  an‘anaviy  o‗qitish  uchun  texnik  vositalar  majmuasini 
yaratishda o‗z ifodasini topgan. Xozirgi vaqtda, pedagogik texnologiyaga oddiygina «ûqitishning 
texnik  vositalaridan  yoki  kompyuterlardan  foydalanish  soxasidagi  tadqiqotlar  sifatida 
qaralmaydi: bu, o‗qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni taxlil qilish va qo‗llash yo‗li bilan 
xamda  qo‗llanilayotgan  usullarni  baxolash  vositasida  ta‘lim  jarayonining  tamoyillarini  aniqlash 
va optimallashtirish usullariniishlab chiqish maqsadida tadqiqotlardir». V. P. Bespalko bo‗yicha, 
barcha  ta‘lim  va  tarbiya  ishlarini  pedagogik  texnologiya  yo‗liga  o‗tkazish  –  o‗quv  amaliyotni, 
pedagogik  jarayonni  qurish  va  amalga  oshirishda  ixtiyoriylikdan,  uning  xar  bir  elementini  va 
bosqichini  tartibli  asoslashga,  ob‘ektiv  tashxis  qilinadigan  yakuniy  natijaga  intilishiga  keskin 
ravishda burilishiniifodalaydi. 
Ta‘lim  berish,  xar  bir  mavzuning  mag‗zini  talabalar  ongiga  yetkazish  maxorati 
o‗qituvchidan ko‗p izlanishni, ko‗p mutolaa qilishni talab qiladi. Bilim ummoniga boy bo‗lgan 
ustozgina  mavzuni  mag‗zini  talabalar  ongiga  moxirona  yetkaza  oladi.  Mavzuning  maqsadiga 
qarab, ta‘lim usullarini tanlay biladi.  
Ta‘lim  usullaridan  oqilona  foydalanib,  ilmiy  dars  o‗tish,  o‗quvchilarni  xayotda  o‗z 
o‗rnini  topishga,  ongining  shakllanishiga  katta  asos  bo‗lib  xizmat  qiladi.  O‗qituvchilarning 
ma‘lum fan ilmini o‗quvchilar ongiga yetkaza olish maxorati, shu o‗quvchilarni bo‗lg‗usi xayot 
yo‗llarini  tanlashda  muxim  axamiyatga  ega.  Oldin  bayon  qilganimizdek,  ta‘limning 
moxiyatiinson  kamolotini  shakllanishiga  xizmat  qiladi.  Ta‘lim  usulini  tanlash  ta‘limning 
maqsadi  va  vazifalariga  bog‗liqdir.  Usullar  o‗quvchilarning  yoshiga,  ta‘limning  mazmuniga  va 
funksiyasiga  qarab  tanlanadi.  O‗qituvchi  o‗zining  shaxsiy  sifatlari:  komilligi  bilan  talabalarga 
o‗rnak  bo‗lishi,  ta‘limiy  maqsad  bilan  tarbiyaviy  maqsad  mutanosibligi,  fan  asoslari  va 
g‗oyalarni chuqur bilishi bilan talabalarga o‗rnak bo‗lishi talab qilinadi.  
Bunday  o‗qituvchilardan  bilim  olayotgan  talabalar  nimani  bilishi  kerak  ekanliginiidrok 
qilib  beradilar.  Nazariy  bilimlar  amaliyotga  ko‗chirilganda,  uni  aniq  xis  qilib,  tasavvur  qilib 
o‗zlari amalda bajaradilar, masalalar  yechadilar, so‗ngra bilimlari moxiyatini tushunib oladilar. 
Shu  mavzu  bo‗yicha  aniq  ko‗nikmaga  ega  bo‗ladilar.  Shu  asnoda  boshqa  fanlardan  xam  bilim 
olish va amaliy mashg‗ulotlar bajarish evaziga ularda ko‗nikmalari boyib boradi. 
Talabalar  o‗zlashtirib  olgan  bilimlariniimkoniyatlariga  qarab  sekin-asta  amaliyotga 
qo‗llay  boshlaydilar.  Talabalar  bilan  bo‗lgan  muloqotda,  ularga  bilim  berish  jarayonida 
o‗qituvchi  ta‘lim-tarbiya  jarayonini  samarali  boshqarishi  lozim.  Ta‘lim  tarbiya  jarayoni  uzviy 
jarayondir.  Ta‘lim  berish  jarayonida  tarbiyalayotganligimizni  unutmasligimiz  lozim. 
Suxandonlik,  kinoyasiz  so‗zlash,  o‗qituvchiga  xos  kiyinish  etikasi,  fikrni  erkin  bayon  qilish  va 
uni  tamasiz  yetkaza  olish  xususiyatlari  o‗quvchilar  uchun  amaliy  ko‗rgazma  ekanligini 
unutmaslik kerak. Ta‘lim berishda o‗qitish usullari asosiy o‗rinni egallaydi. 
Pedagogik  fan  va  amaliyotda,  «Pedagogik  texnologiya»,  «Ta‘lim  texnologiyasi», 
«O‗qitish  texnologiyasi»  kabi  atamalar  kengg  foydalaniladi.  Shu  bilan  birga,  ularni  tushunish 
paytida  aloxidaa  farqlar  mavjud.  Avvalambor,  «Texnik  texnologiya»  va  «Pedagogik 
texnologiya» tushunchalarining nisbatini aniqlaylik.  

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish