Kasb-hunar kolleji - o‗quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‗nikmalarini
chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‗yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash
imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta‘lim standartlari doirasida o‗rta maxsus, kasb-
hunar ta‘limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta‘lim muassasasi.
Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o‗rnini to‗ldirish, tenglashtirish) - oliy nerv
faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan
funksiyalarining o‗rnini to‗ldirish yoki qayta qurish.
Korreksiya (yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik uslub va tadbirlardan iborat
maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini
qisman yoki to‗liq tuzatish.