Xalq ta‘limi tizimi va yangi. konuni asosida o‗quvchilarning bilim va iste‘dodlarining
vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Din va madaniyat
tarixi bo‗yicha maktab rejalariga yangi fanlar kiritildi.
10. Ta‘lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarining
ta‘siridan xoli bo‗lishi.
Yosh avlodga dunyoviy bilimlar berish tom ma‘noda hayotga va bilimga, turmushga
tayyorlash, yoshlarni chalg‗itmaslik, guruhbozlikka yo‗l qo‗ymaslik maqsadida ta‘lim-tarbiya
muassasalari siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlardan xoli deb topildi.
11. Tarbiyalanuvchilar va ta‘lim oluvchilarni hurmatlash.
Ta‘lim tizimida barcha pedagoglarga davlat talablari darajasida o‗qitish majburiy
hisoblangan fanlarni reja va o‗quv dasturlari asosida olib borish, tarbiyalanuvchi va ta‘lim
oluvchilarning insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilish mas‘uliyati yuklatildi.
12. Pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini xurmatlash.
Oldingi qabul qilingan qoidalardan farqli o‗laroq Yangi qonunda pedagog shaxsini, uning
ijtimoiy mavqeini hurmatlash lozimligi belgilab qo‗yildi.
O‗qituvchi-tarbiyachilar sha‘nini himoya qilish, ta‘lim shakli, usuli va vositalarini tanlash
tashabbuslariga keng yo‗l ochish pedagogik faoliyatda tanilgan o‗qituvchi, tarbiyachilarni
davlatimiz orden va medallari bilan mukofotlash, ularni kishloq va shaxar, tuman, viloyat va
respublika oliy organlariga daputatlikka saylash umumxalq vazifasi deb topildi. Shu bilan birga
ular zimmasiga axloq-odob qoidalariga rioya qilishga, o‗quvchi va talaba shaxsini xurmatlash
mas‘uliyati yuklatilgan.
13. Amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning teng huquqligi, ularning mustaqilligi,
ta‘lim muassasasi mustaqil yuridik shaxs bo‗lib, qonunlarda belgilangan tartibda barpo etiladi.
Davlat tasarrufida bo‗lmagan ta‘lim muassasasi davlat ruyxatidan utkazilgan vaqtdan boshlab
yuridik shaxs huquqini qo‗lga kiritadi. Ta‘lim muassasalariga muayyan maqom (gimnaziya,
litsey, dorilfunun, akademiya va shu kabilar makomi) berilishini ta‘limni boshqarishning tegishli
idoralari tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Ta‘lim muassasalari o‗zaro bitim to‗zishga, o‗quv-tarbiya komplekslari va o‗quv ilmiy
ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalari tarkibiga kirishga haqlidirlar.
Bunday kompleks va birlashmalar tarkibiga kiruvchi muassasalarning vazifalari,
huquqlari va majburiyatlari o‗z ustavlarida belgilangan.
O‗zbekiston Respublikasida ta‘limning yagona tizimiga amal qilinadi. Yagona tizim
kuyidagilarni o‗z ichiga oladi.
1. Maktabgacha tarbiya.
2. Umumiy ta‘lim.
3. Xunar-texnika ta‘limi.
4. O‗rta maxsus ta‘lim.
5. Oliy ta‘lim.
6. Ilmiy va ilmiy pedagogik xodimlar tayyorlash.
7. Kadrlarning kasb-kor malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
8. Oiladagi ta‘lim.
9. Mustaqil ta‘lim.
Ta‘lim tizimida. o‗quv rejalari va dasturlari muvofiqlashtiriladi. Ta‘lim bosqichlari va
shaqllarining standartlarga mos kelishi ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: