Qaysi tilda o‗qitish ota-onalarning istagiga bog‗liqligi tamoyili.
O‗z farzandini qaysi
tilda o‗qitish erkinligi davlatimizning baynalmilallik, insonparvarlik siyosatining yorqin
namunasidir. O‗zbekistonda yashayotgan har bir millat a‘zosi xohlagan tilda bolalarini o‗qitish
huquqiga ega. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida Respublikada davlat
tili o‗zbek tili deb belgilangan. Lekin shunta qaramay, Respublika xududida yashayotgan boshqa
xalqlarga hurmat bilan qarash, shu tillarni rivojlanishiga shart-sharoit yaratib berish ko‗zda
tutilgan. Buning yorqin misoli bo‗lib, O‗zbekiston maktablarida o‗quv yetti tilda olib
borilayotganligini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |