Tashqi muhitning fotoelement batareyalar parametrlariga salbiy tasiri
Vazifasiga, yani generatsiyalangan quvvatiga qarab, fotoelement batareya tarkibiga turli
miqdorda quyosh elementlari kirib, ularning soni va kommutatsiyasi fotoelement
batareyaning chiqish quvvatini aniqlaydi. Fotoelement batareyaning chiqish quvvati
ekspulatatsiya sharoitiga ham bog‗liq: sutka vaqti, joylashuv o‗rni, (iqlimiy zonasi),
fotoelement batareyaning nur qabul qilish sirti xolati.
Oxirgi 5 – 10 yilda fotoelement batareyalarni respublikaning turli regionlarida qo‗llash
xususiyatlari
tekshirib
chiqildi.
Kombinatsiyalashgan
fotoissiqlikalmashtiruvchi
batareyalar yani konstruksiyalar ishlab chiqarildi, zamonaviy eva – plyonkalar asosida
lominatsiyalangan fotoelektr batareyalar ishlab chiqarish texnologiyasi rivojlantirildi.
Quduqlardan suvni ko‗tarishga mo‗ljallangan, rezerv va avtonom , jumladan 5000 W
gacha quvvatli mobil qurilmalar, turli quvvatli fotoelektrik qurilmalar tayyorlandi va
ishlab chiqarildi. Fotoelektrik qurilmalarni qo‗llash bo‗yicha barcha ishlarda quruq issiq
iqlim sharoitida xavoning changlanishi kabi atrof muxit parametrlariga kam e‘tibor
ajratiladi. Respublikaning janubiy va tog‗li hududlari uchun chiqish quvvatini
pasaytirishning asosiy sabablaridan biri yuqori temperatura ta‘siri bilan bir qatorda
fotoelement batareya sirtining ifloslanishi (chang, sement, bor va boshqalar bilan) ekanligi
topilgan. Ifloslanish darajasi tashqi muxitga bog‗liq.
Vazifasiga qarab fotoelement batareya tarkibiga turli miqdorda quyosh elementlari kirib,
ularning soni va kommutatsiya usuli fotoelement batareyaning chiqish quvvati bilan
aniqlanadi. Fotoelement batareyaning chiqish quvvati ekspluatatsiya sharoitiga ham
bog‗liq: sutka vaqti, fotoelement batareyaning joylashgan yeri (iqlimiy zonasi),
fotoelement batareyaning nur qabul qilish sirti xolati. Fotoelement batareyalar frontal
tomoniga atmosfera ta‘siridan ximoya sifatida qalinligi 4 – 6 mmli silliqlangan yoki
notekis shishadan foydalaniladi. Individual foydalanish fotoelektrik qurilmalar elektr
quvvati energiya istemoli quvvatiga bog‗liq bo‗lib, 300 dan 3000 W gachadir. Bunda
fotoelement batareyaning yuzasi 2 dan 20 m
2
ni tashkil etadi. fotoelement batareya sirtiga
chang zarrachasi ko‗rinishida ifloslanishining joylashuvi shisha sirtiga berilgan ishlovga,
shamol tezligi va yo‗nalishiga va atmosfera namligi kattaligiga bog‗liq. Sanab o‗tilgan
shartlar O‗zbekiston sharoitida katta farq qilishidan, changlanish darajasi va uning
fotoelement batareyalar parametrlariga ta‘siri xam turlicha bo‗ladi.
Dunyo bo‗yicha fotoelement sistemalarni qo‗llash tezlik bilan ortib bormoqda. Masalan
AQSH da fotoelement sistemalarni qo‗llash 2003 – yildan 2008 – yilgacha davrda 50 % ga
oshgan. Foydalanishning oshishi bilan fotoelement sistemalarning uzoq muddatli faoliyati
muammolari ham keskinlashdi. Olimlar fotoelement sistemalarni yil bo‗yicha o‗sishini 25
% dan kam bo‗lmagan quyoshenergiyasini qo‗llash bilan prognoz qilmoqdalar. Bu manba
atrof muxitni ifloslantirmaydigan va yerdagi yashovchilar kelajak avlodlariga xafv
tug‗dirmaydigan manba sifatida qaralmoqda. Xozirda AQSH, Ispaniya, Germaniya, Yaqin
sharq, Avstraliya va Hindistonda yirik fotoelement sistemalar faoliyat olib bormoqda.
Shuning bilan birga quyosh batareyalarini o‗rnatish qulay bo‗lgan iqlimiy zona doirasi
chegaralangan: bu quyoshga boy cho‗l zonalari bo‗lib, u yerda shamolning quruq ob –
xavosi tufayli chang xavoga ko‗tariladi va fotoelektrik batareya sirtiga o‗tiradi. Bir
detsimetrdagi 5 g li chang qatlami quyosh energiyasi konversiya darajasini 40 % ga
kamaytiradi. Changning o‗tirishining oylik normasi joylarda fotoelement sistemalarni
joylashtirish nuqtai nazaridan Arizonada, Yaqin sharq, Avstraliya va Hindistonda bu
bog‗liq. Ushbu muammoni bartaraf etish fotoelement batareya sirtini har hafta
artish bilan
amalga oshiriladi.
Qarshi shaxrida xususiy uyda o‗rnatilgan (20 noyabr 2011 yil) 140 W quvvatli
fotoelement batareya elektrofizik parametrlari tekshirildi va analiz qilindi. Olingan
ma‘lumotlar analizi kunning ikkinchi yarmida 12.05.2013 yil. (o‗tgan 18 oy davomida)
fotoelement batareya quvvati kamayib, 80,3 W bo‗lgani aniqlangan (bungacha 4 oy
muqaddam faoliyat ko‗rsatayotgan fotoelement batareya monitoringi natijalarining analizi
qilingan edi). Quvvatning kamayishi 88 % ni tashkil etdi. Sirtga ishlov berilib va
shisha
tozalangach quvvat 128,6 W ga oshishi kuzatildi. (AM 1 sharoitida qayta xisoblashda 139
W). Ximoya shishasi tuzilishida o‗zgarish kuzatilmadi (1.7 – rasm).
Eksperiment natijalari bo‗yicha fotoelement batareyaning ifloslanishi asosan yil fasllariga
va fotoelement batareyaning mamlakatimizning qaysi xududida joylashganiga bog‗liq deb
xulosa qilishimiz mumkin. Shuning uchun ulkan fotoelektrik stansiyalarni
loyixalashtirishda (quvvati 1 MW dan yuqori) fotoelement batareya
sirtining ifloslanishini
xisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: