Фуркат indd



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana01.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#304403
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Furqat. Ishqingda kuyib jono (2021)

SAYDING QO‘YABER, SAYYOD
Sayding qo‘yaber, sayyod, sayyora  ekan
mendek,
Ol domini bo‘ynidin, bechora  ekan mendek,
O‘z yorini topmasdin ovora  ekan mendek,
Iqboli nigun, baxti ham qora  ekan mendek,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora  ekan mendek,
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora  ekan mendek.
Kes rishtanikim: qilsun chafaklar otib jasta,
Hajrida  alam tortib, bo‘ldi jigari xasta.
Tog‘larga  chiqib bo‘lsun yori bila  payvasta,
Kel, qo‘yma  balo domi birla  oni pobasta,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora  ekan mendek,
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora  ekan mendek.
Besh kun seni davringda  bechora  xirom etsun,
Ohular ila  o‘ynab, ayshini mudom etsun,
Yomg‘ur suvi to‘lganda, tog‘ lolani jom etsun,
Haqqingg‘a  duo aylab, umrini tamom etsun,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora  ekan mendek,
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora  ekan mendek.
Sargashta  bu  vodiyda  bir boshig‘a  rahm etkil,
Yo‘q toqati bandingga, bardoshig‘a  rahm
etkil,
Yig‘lab senga  termulur, ko‘z yoshig‘a  rahm etkil,
www.ziyouz.com kutubxonasi


ISHQINGDA KUYUB, JONO...
113
Rahm etmasang o‘ziga, yo‘ldoshig‘a  rahm etkil,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora  ekan mendek,
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora  ekan mendek.
Tog‘da  ochilib lola, yer sabza  bahor o‘lsa,
Oxir bu  nechuk bedod, olam anga  tor o‘lsa?
Chiqmay desa  joyidin, uzlatda  figor ulsa,
Gar chiqsa  banogohi domig‘a  duchor o‘lsa,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora  ekan mendek,
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora  ekan mendek.
Bechorani zulm aylab, qo‘l, bo‘ynini bog‘labsan,
Har sori chekib-sudrab, o‘ldurgali chog‘labsan,
Ko‘ksini jafo birla  lola  kabi dog‘labsan,
Sot  menga, agar qasding olg‘uchi so‘rog‘labsan,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora  ekan mendek,
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora  ekan mendek.
Yo‘q hushi, pari tekkan devonaga  o‘xshaydur,
Ko‘z yoshi yana  to‘lgan paymonaga  
o‘xshaydur,
G‘am seli bilan ko‘ngli vayronaga  o‘xshaydur,
Furqatda  bu  Sa’dullo hayronaga  o‘xshaydur.
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora  ekan mendek,
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora  ekan mendek.
www.ziyouz.com kutubxonasi


*  *  *
Uch xarobotiy erurmiz sokini mayxonamiz,
Xum boshidin charx urub, monandi bir
parvonamiz,
Mast o‘lubmiz jo‘shishi maydin ajab
devonamiz,
Holimiz dunyo g‘amidin, forig‘i koshonamiz,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur
armonimiz.
Uch alamkashmiz, hamisha  tolibi jononamiz,
Ko‘yig‘a  bormoqdin ammo el aro afsonamiz,
Nash’ae paydo qilibmiz, aqldin begonamiz,
Na  harosi domdurmiz, na  asiri donamiz,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
Uch qalandarmiz, qalandarxonada  hamxonamiz,
Hasrat aylarmiz negokim rondai har xonamiz,
Qayda  qoldi, vo darig‘o, sog‘ar-u  paymonamiz,
Dayr pirini(ng) huzuridin ajab jurmonamiz,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
Uch birodarmiz, keling, bir dam farog‘at  aylaluk,
Yo qalandarvash bo‘lub, olam sayohat  aylaluk,
Dayr pirig‘a  borib yokim itoat  aylaluk,
Harna  zulm etsa  agar sabr-u  qanoat  aylaluk,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ISHQINGDA KUYUB, JONO...
115
Uch musofirmiz, keling bir-bir hikoyat  aylaluk,
Ul raqibi ro‘siyahlardin shikoyat  aylaluk,
Xonaqah kunjig‘a  borib yoki toat  aylaluk,
Yo borib mug‘ dayri ichra  istiqomat  aylaluk,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
Uch adoyimiz, kelinglar nola  og‘oz aylaluk,
Qayda  kulfat  ahli bo‘lsa, o‘zga  damsoz
aylaluk,
Boqmaluk dunyo yuzig‘a, to ango noz aylaluk,
Emdi bulbuldek o‘shal sorig‘a  parvoz
aylaluk,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur
armonimiz.
Uch navoiymiz, kelinglar, azmi gulshan aylali,
Andalibga  qo‘shulub ul yerni maskan aylali,
Kuydurub gul shox-u  yafrog‘ini gulxan aylali,
Chihl tanni na  etarmiz, o‘zni chor tan aylali,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
Uch g‘aribiymiz, keling, sayri guliston aylali,
Nola  aylab, andalibni(ng) bag‘rini qon aylali,
Shikva  aylab, sarv-u  sunbulni parishon aylali,
Qumrilarni mubtaloyi dog‘i hijron aylali,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Zokirjon Furqat
116
Uch vafoiymiz, kelinglar, azmi gulzor aylali,
Borg‘ali yor oldig‘a  o‘zni sabukbor aylali,
Yorni(ng) uyqusidin bir lahza  bedor aylali,
Xoh bexud bo‘loli, xoh o‘zni hushyor aylali,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
Uch balokashmiz, ko‘ngul ul mahvashi
xushxo‘dadur,
Kecha-kunduz hushimiz ul sho‘xi
shiringo‘dadur,
Boribon ko‘rdukki, bistar ustida  uyqudadur,
Boshig‘a  kelmish tabib-u  yor boshi
zonudadur,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur
armonimiz.
Uch mukaddar ko‘yig‘a  borduk raqiblar 
to‘rdadur,
Yo pusib jinsi farangdin ul pari uyqudadur(?)
Kokuli yuzg‘a  parishon, mushki anbar
sudadur,
 Yuzlari g‘arqi araq, barcha  abir oludadur,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur
armonimiz.
Uch xarobotiy borib ko‘rdukki, yor uyqudadur,
Ranjishi chashmi bila  ko‘b hasrat-u  qayg‘udadur,
www.ziyouz.com kutubxonasi


ISHQINGDA KUYUB, JONO...
117
Bistari za’f uzra  yotibdur tani farsudadur,
Voykim, ahboblar, borg‘onimiz behudadur,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
Na  uchun kelding harimig‘a, ayo nodon tabib?
Bizlara  ag‘yordursan, bedarak, afg‘on tabib,
Boshidin turg‘il nari behudasan, yolg‘on tabib,
Oh tortarmiz, bo‘larsan yer bila  yakson, tabib,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
Na  sababdin o‘lturursan yor boshig‘a, tabib?
Bir zamon ko‘shish etib andog‘ maoshig‘a, tabib,
Qo‘shma  bul dorularingni yorim oshig‘a, tabib,
Oh birla  kuydururmiz kelma  qoshig‘a, tabib,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
Na  sababdin bu  kecha  munda  kelibsan, ey 
tabib?
Har tarafdin so‘z qilursan ham chunon da’viy, 
tabib,
Boshidin turg‘il nari, behuda, bema’ni tabib,
Furqatiydin qil hazar, albatta, ey jo‘giy, tabib,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizi jononimiz,
Ushbu  davron birla  o‘tsak yo‘q erur armonimiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Zokirjon Furqat
118

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish